Get Mystery Box with random crypto!

Insonni o'zgartirish orqali jamiyatni o'zgartiramiz!

Telegram kanalining logotibi mt_toshkent — Insonni o'zgartirish orqali jamiyatni o'zgartiramiz! I
Telegram kanalining logotibi mt_toshkent — Insonni o'zgartirish orqali jamiyatni o'zgartiramiz!
Kanal manzili: @mt_toshkent
Toifalar: Siyosat
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 391

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

2

1 stars

0


Oxirgi xabar 11

2023-03-24 15:30:45
139 views12:30
Ochish/sharhlash
2023-03-24 14:20:26
#Live

Targ‘ibot rejasi belgilab olindi

Plenumda partiya faollari, barcha darajadagi deputatlar joylarda aholi bilan uchrashuvlar o‘tkazib, Konstitutsiyaviy qonun loyihasi hamda 30-aprelga mo‘ljallangan Referendum mazmun-mohiyati haqida batafsil maʼlumotlar berishlari lozimligi taʼkidlandi.

Markaziy kengash xodimlari, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda mahalliy Kengash deputatlaridan iborat targ‘ibot guruhlari tashkil etilib, hududlarda amalga oshiriladigan ishlar belgilab olindi.

MTDP | Telegram
39 views11:20
Ochish/sharhlash
2023-03-24 13:37:43
#Live

Konstitutsiyaviy islohotlarning o‘ziga xosligi nimada?

Loyihani ishlab chiqishda “Inson manfaati har narsadan ustun” degan mezon asos qilib olingan. Shu jihatdan Bosh Qomusimiz tom maʼnoda xalq Konstitutsiyasi bo‘lmoqda.

Dunyo tajribasidan maʼlumki, Referendumga chiqariladigan mavzu har doim ham Referendumgacha xalq bilan muhokama qilinmaydi. O‘zbekistondagi konstitutsiyaviy islohotlarning o‘ziga xosligi ham shunda: yangi Konstitutsiya loyihasi xalqimiz bilan uzoq vaqt muhokama qilinganidan keyin Referendumga qo‘yilyapti.

MTDP | Telegram
38 views10:37
Ochish/sharhlash
2023-03-21 06:28:49 #Yanabahorkeldi_olamga
#Qadriyat_boyligimiz

"Milliy tiklanish" DP Toshkent shahar Kengashi raisi o'rinbosari Zulayxo Kamalxodjayeva.

Hammamiz orziqib va sog‘inib kutadigan yangilanish va yasharish ayyomi – Navro‘zi olam barchamizga muborak bo‘lsin!

Buyuk Alisher Navoiy bobomiz aytganlaridek, har kunimiz Navro‘z bo‘lsin!

Ko‘klam nafasi yurtimiz uzra kezayotgan mana shunday tarovatli kunlarga sog‘-omon yetkazgani uchun Yaratganga cheksiz shukronalar aytish biz uchun ham qarz, ham farzdir. Navro‘z – inson va tabiatni asrab-avaylashga, tinchlik, do‘stu birodarlik va hamkorlik kabi umumbashariy qadriyatlarni e’zozlashga chorlaydigan ulug‘ bayramdir. Ana shunday beqiyos fazilatlari tufayli Navro‘z nafaqat mamlakatimiz, balki butun Sharq olamida zamonlar osha bezavol yashab kelmoqda. Shuning uchun ham Navro‘z yurtimizda istiqomat qilayotgan 130 dan ziyod millat va elat vakillarini bir oiladek birlashtiradigan go‘zal bayramga aylandi. Vatanimiz yanada obod, xalqimiz hayoti hamisha farovon bo‘lsin!

Azizlarim, Navro‘zi olam barchamizga, butun xalqimizga qutlug‘ va muborak bo‘lsin!

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Instagram| Facebook | Telegram
38 views03:28
Ochish/sharhlash
2023-03-21 06:28:35
35 views03:28
Ochish/sharhlash
2023-03-21 06:26:57
#Yanabahorkeldi_olamga
#Qadriyat_boyligimiz
#Sumalaksayli

"Milliy tiklanish" demokratik partiyasi Toshkent shahar Kengashi hamda Xalq deputatlari Yakkasaroy tuman Kengashi deputati Ravshan Alixodjayevlar tomonidan Yakkasaroy tumanidagi "Dilbuloq" mahalla fuqarolar yig'inida aholi uchun "Sumalak sayli" tashkil etildi. Saylda mahalla faollari, partiya vakillari ishtirok etdilar.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Instagram| Facebook | Telegram
64 views03:26
Ochish/sharhlash
2023-03-21 06:25:24 #Yanabahorkeldi_olamga
#Qadriyat_boyligimiz

NAVRO‘ZINGIZ MUBORAK BO‘LSIN!

Xalqimiz asrlar davomida odamlarni maʼnan birlashtiruvchi, qalblarda ezgu fazilatlarni yanada mus­tahkamlovchi, insoniylik, mehr-muruvvat g‘oyalarini o‘zida mujassam etgan Navro‘zni qut-baraka va to‘kinchilik bayrami sifatida nishonlab kelmoqda. Chor atrofdan uyg‘onish, yasharish, yangilanish ayyomi – Navro‘zi olam nafasi ufurib turibdi. Xalqimiz ushbu qutlug‘ shodiyonani har yili o‘zgacha shukuh va kayfiyat bilan qarshi oladi.

Bu yilgi Navro‘z o‘zgacha shijoat, shiddatkor, qut baraka yomg‘irlari bilan kirib keldi.
Sharq xalqlarida azaldan Navro‘z yangi yilning boshlanishi hisoblanadi.
Ushbu bahor ayyomi har bir oilaga tinchlik-xotirjamlik, bitmas-tuganmas kuch-quvvat va farovonlik olib kelsin. Ulug‘ ayyom – sharqona yangi yil bilan barcha yurtdoshlarimizni qadrli partiyadoshlarimizni chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.

Yurtimiz ravnaqi va xalqimizning farovonligi yo‘lida amalga oshirayotgan ezgu ishlaringizda omad yor bo‘lsin! Navro‘z bayramingiz muborak bo‘lsin!

Otabek Jiyanbayev,
MTDP Toshkent shahar kengashi rais
i
59 views03:25
Ochish/sharhlash
2023-03-21 06:25:15
53 views03:25
Ochish/sharhlash
2023-03-20 19:49:15
#Yanabahorkeldi_olamga
#Qadriyat_boyligimiz

HAR KUNING BO‘LSIN NAVRO‘Z, JONAJON O‘ZBEKISTONIM

Yunusobod tumani hokimligi, mahalla raislari, nuroniylari, xotin-qizlar faollari, xalq deputatlari Yunusobod tuman kengashi deputatlari Toshkent shahar hokimligi tomonidan "Har kuning bo‘lsin Navro‘z, jonajon O‘zbekistonim" g‘oyasi ostida o‘tkazilayotgan tadbirda faol ishtirok etdilar.

BATAFSIL

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Instagram| Facebook | Telegram
55 views16:49
Ochish/sharhlash
2023-03-20 19:29:57
#Yanabahorkeldi_olamga
#Qadriyat_boyligimiz

Qadriyatim Navro‘zim!

Eng sevimli, eng go‘zal bahor yurtimizda hukmron.

Milliy qadriyatlarimiz ko'zgusi bo'lgan "Navro'z" bayrami shukuhi yurtimiz bo'ylab keng yoyilgan. Yurtimizdagi barcha mahallalarda keksayu - yosh barcha fuqarolar milliy taomimiz sumalakni tayyorlab atrofida jam bo‘lishib, o‘yin-kulgu qilmoqdalar.

BATAFSIL

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Instagram| Facebook | Telegram
92 views16:29
Ochish/sharhlash