Get Mystery Box with random crypto!

#Yanabahorkeldi_olamga #Qadriyat_boyligimiz NAVRO‘ZINGIZ MUBO | Insonni o'zgartirish orqali jamiyatni o'zgartiramiz!

#Yanabahorkeldi_olamga
#Qadriyat_boyligimiz

NAVRO‘ZINGIZ MUBORAK BO‘LSIN!

Xalqimiz asrlar davomida odamlarni maʼnan birlashtiruvchi, qalblarda ezgu fazilatlarni yanada mus­tahkamlovchi, insoniylik, mehr-muruvvat g‘oyalarini o‘zida mujassam etgan Navro‘zni qut-baraka va to‘kinchilik bayrami sifatida nishonlab kelmoqda. Chor atrofdan uyg‘onish, yasharish, yangilanish ayyomi – Navro‘zi olam nafasi ufurib turibdi. Xalqimiz ushbu qutlug‘ shodiyonani har yili o‘zgacha shukuh va kayfiyat bilan qarshi oladi.

Bu yilgi Navro‘z o‘zgacha shijoat, shiddatkor, qut baraka yomg‘irlari bilan kirib keldi.
Sharq xalqlarida azaldan Navro‘z yangi yilning boshlanishi hisoblanadi.
Ushbu bahor ayyomi har bir oilaga tinchlik-xotirjamlik, bitmas-tuganmas kuch-quvvat va farovonlik olib kelsin. Ulug‘ ayyom – sharqona yangi yil bilan barcha yurtdoshlarimizni qadrli partiyadoshlarimizni chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.

Yurtimiz ravnaqi va xalqimizning farovonligi yo‘lida amalga oshirayotgan ezgu ishlaringizda omad yor bo‘lsin! Navro‘z bayramingiz muborak bo‘lsin!

Otabek Jiyanbayev,
MTDP Toshkent shahar kengashi rais
i