Get Mystery Box with random crypto!

#Yanabahorkeldi_olamga #Qadriyat_boyligimiz 'Milliy tiklanish | Insonni o'zgartirish orqali jamiyatni o'zgartiramiz!

#Yanabahorkeldi_olamga
#Qadriyat_boyligimiz

"Milliy tiklanish" DP Toshkent shahar Kengashi raisi o'rinbosari Zulayxo Kamalxodjayeva.

Hammamiz orziqib va sog‘inib kutadigan yangilanish va yasharish ayyomi – Navro‘zi olam barchamizga muborak bo‘lsin!

Buyuk Alisher Navoiy bobomiz aytganlaridek, har kunimiz Navro‘z bo‘lsin!

Ko‘klam nafasi yurtimiz uzra kezayotgan mana shunday tarovatli kunlarga sog‘-omon yetkazgani uchun Yaratganga cheksiz shukronalar aytish biz uchun ham qarz, ham farzdir. Navro‘z – inson va tabiatni asrab-avaylashga, tinchlik, do‘stu birodarlik va hamkorlik kabi umumbashariy qadriyatlarni e’zozlashga chorlaydigan ulug‘ bayramdir. Ana shunday beqiyos fazilatlari tufayli Navro‘z nafaqat mamlakatimiz, balki butun Sharq olamida zamonlar osha bezavol yashab kelmoqda. Shuning uchun ham Navro‘z yurtimizda istiqomat qilayotgan 130 dan ziyod millat va elat vakillarini bir oiladek birlashtiradigan go‘zal bayramga aylandi. Vatanimiz yanada obod, xalqimiz hayoti hamisha farovon bo‘lsin!

Azizlarim, Navro‘zi olam barchamizga, butun xalqimizga qutlug‘ va muborak bo‘lsin!

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Instagram| Facebook | Telegram