Get Mystery Box with random crypto!

Mr PsixologTv

Telegram kanalining logotibi mr_psixologtv — Mr PsixologTv M
Telegram kanalining logotibi mr_psixologtv — Mr PsixologTv
Kanal manzili: @mr_psixologtv
Toifalar: Psixologiya
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 726
Kanalning ta’rifi

Kanal sizga ozgina nafi yetsa biz maqsadimizga erishgan bo'lamiz.
• Islom psixologiyasi
• Nevropsixologiya
• Oila psixologiyasi
• Raxbar psixologiyasi

Ratings & Reviews

2.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2022-08-26 19:59:11 Soliha ayoling bo‘lsa...

Hasan Al Basriydan (rohimahulloh) rivoyat qiladilar:

Haj mavsumi Makkaning do‘konlaridan biriga mato olish uchun kirdim. Sotuvchi mahsulotlarini maqtagandan maqtab, tinimsiz qasam ichaverardi. Shu sabab, do‘konidan chiqib, boshqa do‘kondan mato oldim.

Oradan ikki yil o‘tib hajda o‘sha sotuvchining ixlos bilan ibodat qilayotganini ko‘rdim. Do‘koniga kirsam, savdoni ham qasamlarsiz, mahsulotining kamchiligini aytib sotayotgandi. Undan so‘radim:

- Ikki yil oldingi qasamxo‘r sizmidingiz? Nima o‘zgardi?

U javob berdi: - Ha, men o‘shanday edim. Bir xotinim bor edi. Nuqul topganim kamligidan shikoyat qilar, ko‘proq pul topsangiz bo‘lmaydimi?! - deb malomat qilaverardi. Alloh taolo meni undan xalos qildi. Keyin boshqa uylandim. Bu ayolim har safar uydan chiqarkanman:

- Allohdan qo‘rqing! Bizga harom luqma yedirmang! - deydi. Shunday qilib o‘zgardim.

Imomdan rivoyat qilingan hikoya shu yerda tugaydi. Bunga o‘xshash hollarni bizning zamonamizda ham ko‘p ko‘rganmiz. Darhaqiqat, soliha ayol dinning yarmidir!

| Mahmud Usmon

FAQAT ENG YAQINLARGA ULASHING

@Mr_PsixologTv
385 views16:59
Ochish/sharhlash
2022-08-26 09:22:09 #Baxtiyor_Oila

Abu Hurayra (r.a)dan rivoyat qilinadi:

"Nabiy (s.a.v): O'zaro hadya beringlar,chunki hadya ko'ngildagi g'ashlikni ketkazadi,"dedilar.

Buxoriy va Termiziy rivoyat qilgan.

Darhaqiqat,hadya oldi-berdisi kishilar orasidagi ko'ngil g'ashlikni ko'taradi.

Xulosa: Kishilar turmush qurishdan avval va turmushdan keyin ham bir-birlariga turli hadyalar in'om etmog'i lozim.

Ayniqsa erkak kishi ayolini ko'nglini yaxshiroq zabt etishi uchun,unga turli tuman sovg'alar berib turgani afzal.
Ayollarga e'tibor oilaning mustahkamligini ta'minlaydi.

@Kamolbek_Zarpullayev - Psixologiya va Hayot falsafasi haqidagi kanal
402 views06:22
Ochish/sharhlash
2022-08-25 18:55:29 Hayotingizni yaxshilashning 10ta yo'li:

1. O'zingizni boshqalar bilan solishtirmang;
2. Mag‘lubiyatga imkoniyat sifatida qarang;
3. Kelajakdagi o'zingizga xat yozing;
4. Ishlarni ertangiga qoldirishni to'xtating;
5. Yaxshi yangi odatlar orttiring;
6. To'g'ri ovqatlaning;
7. G'iybat qilmang;
8. Ibodatda bo'ling;
9. Mukammal emasligingizni qabul qiling;
10. Muhim narsalarga ko'proq vaqt ajrating.

FAQAT ENG YAQINLARGA ULASHING

@Mr_PsixologTv
437 views15:55
Ochish/sharhlash
2022-08-25 10:38:38 #Iymon

Hazrati Umar ibn Xattob r.a. davrlarida yosh bolalar to‘planishar, ulardan biri. «Xohlaysizlarmi, Umarni yig‘lataman!» der edi. So‘ng u zotga borib. «Ey Umar, Allohdan qo‘rqqin» desa, u zot yig‘lab yuborardilar.

Mana iymon, mana taqvo!

FAQAT ENG YAQINLARGA ULASHING

@Mr_PsixologTv
436 views07:38
Ochish/sharhlash
2022-08-25 10:36:04 Hayotingizdagi eng yomon qarorlar:

1. Barchaga birday yoqishga intilish;
2. Sizni xurmat qilishlari uchun jismoniy va ruhiy salomatligingizni qurbon qilish;
3. Boshqalarning maqsadlari bilan yashash;
4. Qulay vaziyatni kutish;
5. O'zingizni emas, boshqalarni tanqid qilish.

@Kamolbek_Zarpullayev - Psixologiya va Hayot falsafasi haqidagi kanal
418 views07:36
Ochish/sharhlash
2022-08-24 18:19:42 5 yildan so'ng kim bo'lishingiz quyidagilarga bog'liq:

1. Nimalarga qiziqayotganingizga;
2. Qanday odatlaringiz borligiga;
3. Har kungi o'y-hayollaringizga;
4. O'qiyotgan kitoblaringizga;
5. Tomosha qilayotgan filmlaringizga;
6. Atrofingizdagi odamlarga.

FAQAT ENG YAQINLARGA ULASHING

@Mr_PsixologTv
467 views15:19
Ochish/sharhlash
2022-08-24 11:09:30 #Baxtiyor_Oila

Munosib kuyov tanlash


Abu Hotim Muzaniy (r.a)dan rivoyat qilinadi:

"Nabiy (s.a.v):Qachon sizga o'zingiz dinidan va xulqidan rozi bo'lgan kishi kelsa, unga so'raganini nikohlab bering.Agar unday qilmasangiz yer yuzida fitna va fasod bo'lur"dedilar.
" Ey Allohning Rasuli agar unda faqirlik alomati bo'lsa ham-a?"deyishdi.
U zot: "Qachonki sizga o'zingiz dinidan va xulqidan rozi bo'lgan kishi kelsa,unga so'raanini bikohlab bering",deb uch marta aytdilar.


Termiziy rivoyat qilgan.

Bu hadisda dini va xulqi go'zal bo'lgan kuyov eng munosib ekanligi qattiq ta'kidlangan.

@Kamolbek_Zarpullayev - Psixologiya va Hayot falsafasi haqidagi kanal
467 views08:09
Ochish/sharhlash
2022-08-24 07:32:07 Assalomu alaykum!

      Barchamizga yangi tong, yangi kun muborak bo‘lsin!

       Salomatmisiz, azizlar?
Salomatlik - eng katta boylik.
Shu sababli o‘zingizni asrang!

        Xonadoningizni totuvlik, baraka va fayz aslo tark etmasin!

         Kuningiz xush kayfiyatda mazmunli o‘tsin!

   Bugungi kun hayotingizda eng omadli kun bo'lsin .
        


@Mr_PsixologTv
460 views04:32
Ochish/sharhlash
2022-08-22 21:54:46

Har kuni shularni takrorlang...!

Barcha kuch sening ichingda. Sen hammasini qila olasan.

Yulduz bo‘lish uchun, sen o‘z nuringni sochishing kerak. O‘z yo‘lingda bor va qorong‘ulik haqida tashvishlanma. U sabab yulduz yanada yorqinroq porlaydi.

Hech qachon boshingni egma. Uni baland tut. Dunyoga tik boq.

Qattiq ishla, mehribon bo‘l va ajoyib narsalar sodir bo‘ladi.

Agar sen kecha yiqilgan bo‘lsang, bugun yana o‘rningdan tur.

Har bir kuningni noyob qil.

Olloh bizni oddiy bo‘lishimiz uchun yerga qo‘yganiga ishongim kelmaydi.

Bu sening dunyodagi o‘rning. Bu sening hayoting. Bor va o‘zing istagan hayotingni qur.

Men shu yerda bo‘lganligim sababli, dunyo yanada yaxshiroq bo‘lishini xohlayman.

Hech qachon taslim bo‘lmaydigan insonni yengish qiyin.

Muvaffaqiyat bu– ishtiyoqni yo‘qotmasdan omadsizliklardan o‘tishdir.

Inson hayolida nimaiki o‘ylasa va ishonsa, u amalga oshadi.

Vaqting chegaralangan. Shunday ekan, uni birovning hayotida yashab behuda sarflama.



@Mr_PsixologTv
489 views18:54
Ochish/sharhlash
2022-08-22 19:42:48 Odamlar 3 turga bo'linadi

1. Bu maqsad qo'yib, unga erishadigan insonlar. Ularning soni atiga 3%.

2. 2-turdagi insonlar nimadir qilishdan oldin yaxshilab o'ylab ko'rishadi, fikrlashadi. Ular barcha odamlarning 5% ini tashkil etadi. 1 chi va 2 chi turdagi odamlardan zo'r sheriklar chiqadi.

3. Qolgan 92% odamlar teparoqda aytib o'tilgan turdagi odamlar qo'l ostida ishlashadi.

FAQAT ENG YAQINLARGA ULASHING

@Mr_PsixologTv
433 views16:42
Ochish/sharhlash