Get Mystery Box with random crypto!

Soliha ayoling bo‘lsa... Hasan Al Basriydan (rohimahulloh) r | Mr PsixologTv

Soliha ayoling bo‘lsa...

Hasan Al Basriydan (rohimahulloh) rivoyat qiladilar:

Haj mavsumi Makkaning do‘konlaridan biriga mato olish uchun kirdim. Sotuvchi mahsulotlarini maqtagandan maqtab, tinimsiz qasam ichaverardi. Shu sabab, do‘konidan chiqib, boshqa do‘kondan mato oldim.

Oradan ikki yil o‘tib hajda o‘sha sotuvchining ixlos bilan ibodat qilayotganini ko‘rdim. Do‘koniga kirsam, savdoni ham qasamlarsiz, mahsulotining kamchiligini aytib sotayotgandi. Undan so‘radim:

- Ikki yil oldingi qasamxo‘r sizmidingiz? Nima o‘zgardi?

U javob berdi: - Ha, men o‘shanday edim. Bir xotinim bor edi. Nuqul topganim kamligidan shikoyat qilar, ko‘proq pul topsangiz bo‘lmaydimi?! - deb malomat qilaverardi. Alloh taolo meni undan xalos qildi. Keyin boshqa uylandim. Bu ayolim har safar uydan chiqarkanman:

- Allohdan qo‘rqing! Bizga harom luqma yedirmang! - deydi. Shunday qilib o‘zgardim.

Imomdan rivoyat qilingan hikoya shu yerda tugaydi. Bunga o‘xshash hollarni bizning zamonamizda ham ko‘p ko‘rganmiz. Darhaqiqat, soliha ayol dinning yarmidir!

| Mahmud Usmon

FAQAT ENG YAQINLARGA ULASHING

@Mr_PsixologTv