Get Mystery Box with random crypto!

Daraxt bir joyda ko'karadi Maktabda o'qituvchim mening joyimn | Mr PsixologTv

Daraxt bir joyda ko'karadi

Maktabda o'qituvchim mening joyimni ko'p o'zgartirar edilar. Onamga esa bu narsa yoqmas edi.

"Joyingni o'zgartirma. Daraxt bir joyda ko'karadi" der edilar onam. Men bu so'zlarni hayot shiori qilib olgan edim. Ya'ni bir soha yoki ishni boshladingizmi? Undan ketmaslik kerak. Oxirigacha shu yerda qolish kerak.

Lekin keyin bir post o'qib qoldim. Unda " agar senga ishing yoqmasa, undan ket. Sen daraxt emassan" deyilgan edi.

Zamonaviy hayotda, o'zgarish - bu davr talabi. Dunyo jadal ravishda rivojlanmoqda. Unga moslashish kerak. O'zgarish rivojlanishga olib keladi.

Bundan tashqari, hayot yoqmaydigan ish bilan o'tkazishingiz uchun qisqalik qiladi.

FAQAT ENG YAQINLARGA ULASHING

@Mr_PsixologTv