Get Mystery Box with random crypto!

​​Odam farzandi tong ottirsa, unga Alloh 10 narsani farz qilad | Mr PsixologTv

​​Odam farzandi tong ottirsa, unga Alloh 10 narsani farz qiladi:

1. Uyg‘ongan vaqtida Allohni zikr qilish.

“...(Tongda uyqudan) turgan paytingizda, Rabbingizga hamd bilan tasbeh ayting!” (Tur, 48).

“Ey, imon keltirganlar, Allohni ko‘p zikr qilingiz” (Ahzob, 41).

2. Avratni berkitish.

“Ey, Odam avlodi! Har bir masjid (namoz) oldidan ziynatlaringiz (kiyimlaringiz)ni (kiyib) olingiz!..” (A’rof, 31). Ziynatning eng kam darajasi avratni berkitishdir.

3. Tahoratni vaqtida, mukammal qilish.

“Ey, imon keltirganlar! Namoz (o‘qish)ga turar ekansiz, albatta, yuzlaringizni, qo‘llaringizni tirsaklarigacha yuvingizlar, boshlaringizga mash tortingizlar va oyoqlaringizni to‘piqlarigacha (yuvingizlar)!..” (Moida, 6).

4. Namozlarni vaqtida mukammal ado etish.

“...Zero, namoz mo‘minlarga vaqti tayin etilgan va (farz etib) bitilgandir” (Niso, 103).

5. Rizq haqida Alloh bergan va’daga ishonish.

“Yerda o‘rmalovchi biror narsa (jonzot) yo‘qki, uning rizqi (ta’minoti) Allohning zimmasida bo‘lmasa!..” (Hud, 6).

6. Allohning taqsimotiga qanoat qilish.

“...Ularning dunyo hayotidagi tirikchiliklarini ham ularning o‘rtalarida Biz taqsimlaganmiz...” (Zuhruf, 32).

7. Alloh taologa tavakkul qilish.

“O‘lmaydigan Tirik zotga tavakkul qiling...” (Furqon, 58).

“...Agar mo‘min bo‘lsangiz, Allohga tavakkul qilingiz!” (Moida, 23).

8. Allohning amriga va taqdiriga sabr qilish.

“Bas, (ey, Muhammad,) Rabbingizning hukmiga sabr qiling...” (Qalam, 48).

“Ey, imon keltirganlar! Sabr qilingiz, bag‘rikeng bo‘lingiz va (Alloh yo‘liga) taxt bo‘lib turingiz va Allohdan qo‘rqingiz, zora (shunda) tole topsangizlar!” (Oli-Imron, 200).

9. Allohning ne’matiga shukr qilish.

“...agar Allohga ibodat etuvchi bo‘lsangizlar, Uning ne’matlariga shukr qilinglar!” (Nahl, 114). Allohning ne’matlari ko‘p: salomatlik, farzand, boylik... eng ulug‘i Islom ne’matidir.

10. Halol yeyish.

“...Sizlarga rizq sifatida berilgan pok narsalarni yenglar...” (Baqara, 57). Ya’ni, halol yenglar.

FAQAT ENG YAQINLARGA ULASHING

@Mr_PsixologTv