Get Mystery Box with random crypto!

BEG’UBOR QALB🕊

Telegram kanalining logotibi moychechak_ifori — BEG’UBOR QALB🕊 B
Telegram kanalining logotibi moychechak_ifori — BEG’UBOR QALB🕊
Kanal manzili: @moychechak_ifori
Toifalar: Iltimoslar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 12.45K
Kanalning ta’rifi

"Toza qalb, beg‘ubor yuraklar uchun qalb kechinmalari .."🌼🕊
Muallif: ✍️Oy_Nur🍀(Mohinur)
🤝 vp admin: @sahovatchi
Sizdan kelgan: @sizdan_dil_tilaklar

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 156

2021-05-12 05:38:18
Bir yilda bir marta boʻladi mehmon,
Kimlar tutib qoldi, kimgadir armon.
Qalblarni toʻldirib iymon nuriga,
Xayrlashib ketmoqda mohi “Ramazon”...

@moychechak_ifori
18.7K viewsedited  02:38
Ochish/sharhlash
2021-05-12 05:15:10
​​​​​​​​​​​​​​​​​​ ULUG' KUN MUBORAK!

Shayton kuygan kun bugun,
Moʻmin suygan kun bugun.
Oddiy kunlardan ustun,
ULUG' KUNLAR MUBORAK.

Qor-togʻning oq durrasi,
Aylanur yer qurrasi.
Buyukdir “FATX” surasi,
ULUG' KUNLAR MUBORAK.

Nasihatni qil hazm,
Ibodatga et jazm.
Oʻz xolingga sol razm,
ULUG' KUNLAR MUBORAK.

Yomgʻir yogʻsa shuni bil,
Yer yuzi aylar gʻusl.
Sen xam turib gʻusl qil,
ULUG' KUNLAR MUBORAK.

Bir kun yashab kapalak,
Tinmasdan joni halak.
Har yon toʻplanmish malak,
ULUG' KUNLAR MUBORAK.

Tushma mushrik koʻyiga,
Mast boʻl azon kuyiga.
Yur, Allohning uyiga,
ULUG' KUNLAR MUBORAK.


@moychechak_ifori
20.7K viewsedited  02:15
Ochish/sharhlash
2021-05-12 05:14:51
Hayit ayyomingiz muborak qadrdonim!

@moychechak_ifori
15.5K viewsedited  02:14
Ochish/sharhlash
2021-05-11 16:52:27
Biz vayron bo'lmadik, sinmadik, shunchaki muzladik:
ba'zi so'zlardan....
yolg'on munosabatlar...
soxta qalblardan....

@moychechak_ifori
15.6K viewsedited  13:52
Ochish/sharhlash
2021-05-11 05:51:54

Biz shunday zamonda yashayapmizki, hurmatga sazovor insonning muhtaram emasligini isbotlash uchun xato qilishini kutamiz.

Baʼzi insonlar qalbaki atirga oʻxshaydilar. Hidi shirin. Lekin, bir pasda ifori ketadi.

Baʼzi insonlar Vatanga oʻxshaydilar. Firoqlari - gʻurbat.

Baʼzi insonlar ruhlar misoli. Firoqlari - oʻlim.

Baʼzi insonlar kasallik kabilar. Firoqlari - rohatli hayot.

Apelsinni har qancha siqmang, undan faqat sharbati chiqadi! Yaxshi odam har qancha qiynalmasin, sabri oshadi.

Bagʻrikeng insonlar koʻp narsani sezmaslikka oladilar. Koʻp aziyatlarni kechiradilar, lekin ketsalar qaytib kelmaydilar.

Sizni bir marta chaqqan chayondan ehtiyot boʻling! Vaqt oʻtsa ham, u oppoq kabutarga aylanib qolmaydi.

Kecha - ibrat. Bugun - tajriba. Erta - xatolarni toʻgʻirlashga imkoniyat demak.

Bu dunyo shunday! Yashaymiz oʻrganamiz!

Qalbi beg'uborim, siz toza qalbingizni asrang! Qalbingizga ezguliklar hamroh bo'lsin!

@moychechak_ifori
17.3K viewsedited  02:51
Ochish/sharhlash
2021-05-11 05:50:34
#kayfiyat

Kuchuklarni qorni ochsa nima qilishadi???

@moychechak_ifori
14.5K views02:50
Ochish/sharhlash
2021-05-11 05:41:25
Siz kulsangiz ham, yigʻlasangiz ham, baribir, hayot oʻtaveradi. Toʻxtab qolmaydi.

Shunday ekan, barcha dardlaringizni ustingizga yuklab olmasdan, ulardan xalos boʻling, ularni unuting va tabassum qiling!..

Ehtimol vazifangiz ortga surilayotgandir. Ehtimol uylanishingiz yoki turmushga chiqishingiz, kasallikdan tuzalishingiz ortga surilib turgandir.

Lekin ajringiz, savobingiz hech qachon kechikmaydi. Sizga sabr qilganingiz miqdoricha shodlik keladi.

@moychechak_ifori
14.4K views02:41
Ochish/sharhlash
2021-05-10 19:26:36
Dunyodagi hayotimiz ba’zida shirin, yoqimlidir.
Ba’zida esa tashvishlar bilan to‘la, yoqimsizdir!
Aqlingni yig‘ginda, doimo yoqimli hayot mulkini senga bag‘ishlagan Zotga ko‘nglingni ber. Foniy dunyoga emas, senga abadiy hayot lutf etganga oshiq bo‘l!
Butun umrimizning kechasi qorong‘ulik, kunduzi esa yorug‘lik bilan o‘tadi.
Sen, ilohiy nur ila doimo oydin bo‘lgan bir Umrni izla!

- Rumiy

@moychechak_ifori
16.3K views16:26
Ochish/sharhlash
2021-05-10 16:09:16

Hech qachon hech kimni muhokama qilmang! Bilmaysiz, ehtimol uning Alloh oldidagi mavqeyi siznikidan yaxshiroqdir....

@moychechak_ifori
16.2K views13:09
Ochish/sharhlash
2021-05-10 12:21:46
Janoza kabiman.
Kulsam uyat, yigʻlasam isyon...

@moychechak_ifori
16.6K views09:21
Ochish/sharhlash