Get Mystery Box with random crypto!

BEG’UBOR QALB🕊

Telegram kanalining logotibi moychechak_ifori — BEG’UBOR QALB🕊 B
Telegram kanalining logotibi moychechak_ifori — BEG’UBOR QALB🕊
Kanal manzili: @moychechak_ifori
Toifalar: Iltimoslar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 12.45K
Kanalning ta’rifi

"Toza qalb, beg‘ubor yuraklar uchun qalb kechinmalari .."🌼🕊
Muallif: ✍️Oy_Nur🍀(Mohinur)
🤝 vp admin: @sahovatchi
Sizdan kelgan: @sizdan_dil_tilaklar

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 161

2021-02-14 07:42:02
Xayrli kun, azizlar!

Sogʻ-omonmisiz? Yangi kun muborak! Har bir kun oʻzgacha goʻzal, oʻzgacha tarovatga ega. Faqatgina bu goʻzallikni xis etish, undan bahra olish, uni baxsh etgan Yaratganga shukronalar aytish kerak.

Inson bagʻrikeng, oliyjanob, bu goʻzallikni ulashish uning qoʻlidan keladi. Faqatgina buni chin yurakdan xohlasa boʻlgani! Azizlar yaxshilik qiling, gʻanimat dunyoda savoblardan bebahra qolmang!

@moychechak_ifori
11.2K views04:42
Ochish/sharhlash
2021-02-13 18:57:53
Hozir unutishni istaganimiz, oldinlari bizni baxtdan o'ldirar edi...

@moychechak_ifori
12.2K views15:57
Ochish/sharhlash
2021-02-13 18:29:59
Begim, qaylardasiz, sizni sogʻinib,
Qon boʻldi yuragim, dilim ming pora.
Bu oʻtda ketmasin desangiz yonib,
Iltifot etsangiz bizga bir bora.

Begim, qaylardasiz, sizni sogʻinib,
Figʻonim falaklar bardoshin yengdi.
Qismatning mugʻombir makriga koʻnib,
Tunu-kun tinmayin yigʻlayman endi.

Begim qaylardasiz, sizni sogʻinib,
Bazoʻrga ilinib turibdi jonim.
Bagʻrimning qonidan ichdiyu qonib,
Soʻng duvdek toʻkildi shoda marjonim.

Begim,qaylardasiz, sizni sogʻinib,
Bu telba koʻngildan kechib boʻlmadi.
Axir nimalarga ketmadim koʻnib,
Dali devonadan farqim qolmadi.

Begim, qaylardasiz, sizni sogʻinib,
Qiynoqlar qahriga giriftor boʻldim.
Oʻsha zaxarlardan achchiq hijron deb,
Kunda ming tirilib, kunda ming oʻldim.

Begim,
Qaylardasiz...
Yana sogʻinib....

@moychechak_ifori
12.1K views15:29
Ochish/sharhlash
2021-02-13 17:30:11
Ota-onangiz uchun umra ziyoratiga yo‘llanma sovg‘a qiling

15-fevral
ham yaqinlashib qoldi. Siz esa hali ham «Interaktiv arab tili» kitobini xarid qilmadingiz. Axir, bu kuni Umra safari uchun bepul yo‘llanma qo‘lga kiritishingiz mumkin!

Qanday qilib deysizmi? «Smartbook» kompaniyasi tomonidan e’lon qilingan aksiyaning ikkinchi bosqichi doirasida 16 ta (8 juft) yo‘llanma o‘z egalariga topshiriladi.

Bunday imkoniyat sizda boshqa bo‘lmasligi mumkin. Hoziroq «Interaktiv arab tili» kitobiga buyurtma bering va aksiya ishtirokchisiga aylaning!

Aksiya ishtirokchisiga aylanish!

Batafsil ma’lumot uchun:
Tel1: +998(78)7773777
Tel2: +998(71)2000172
Sayt: www.smartbook.uz
Telegram: @smartbook_uz
9.1K views14:30
Ochish/sharhlash
2021-02-13 15:02:48
Umidingizni uzmang... Inshaalloh, yaqinda, "ijobat bo‘ladi" emas, "ijobat bo‘ldi" ham deysiz...!

@moychechak_ifori
11.6K views12:02
Ochish/sharhlash
2021-02-13 13:11:36
Qadr topmoq uchun oʻlmoq kerakmi.
Yoʻqolmoq kerakmi topilmoq uchun.
Anov yerda yotgan oʻsha yurakmi,
Uni tepkilaysiz odamlar nechun?

Sogʻinmoqlik uchun firoqmi lozim,
Koʻrishmoqlik uchun zarurmi sabab.
Inson degani bu baland lavozim,
Bir qoʻngʻiroq qiling hol-ahvol soʻrab.

Kira soʻraydimi sizdan iltifot,
Bitta shirin soʻzning bahosi qancha?
Axir qay muddatga berilar hayot,
Tura olamizmi dunyo turguncha?!

Davlatmi qadrli, jonmi omonat,
Gohi ot-ulovda, goh piyodamiz.
Iymonga qilmasak boʻldi xiyonat.
Shu nafas soʻngida qay dunyodamiz?!

@moychechak_ifori
13.3K viewsedited  10:11
Ochish/sharhlash
2021-02-13 09:38:30
ORZU QIL! Buni ko'rishingiz SHART! Kuchli o‘zbekcha MOTIVATSIYA!


@moychechak_ifori
13.7K views06:38
Ochish/sharhlash
2021-02-13 07:52:02
Dunyoda bir tiyinga qimmat narsalar juda koʻp. Sizni esa qiymatingiz yuqori, oʻzingizni bir tiyinga qimmatlar uchun qiynamang.

@moychechak_ifori
12.8K views04:52
Ochish/sharhlash
2021-02-13 06:15:46
Sovuqda, muzlab qolgan qalblar va nigohlar orasida mehrga toʻlib, gullab turgan azizlar, omonmisiz?
Bugun shu lolalar kabi ochilib turing! Osmoningizda hayrat, qoʻlingizda gʻayrat, shuuringizda shijoat, qalbingizda muhabbat boʻlsin!
Eshik ochib, kirib kelgan bu kun SIZ uchun ENG unutilmas sovgʻaning oʻzi boʻlsin!
Xayrli tong, azizim!

@moychechak_ifori
13.3K views03:15
Ochish/sharhlash
2021-02-12 20:19:41
#Haqiqat

Qiyinchilik paytlari “oyning oʻn beshi qorongʻu boʻlsa, oʻn beshi yorugʻ” degan iborani ishlatib, taskin topmoqchi boʻlamiz. Biroq ishimiz yurishib turganda shuning aksi boʻlib, yorugʻ kunlardan keyin qorongʻu tunlar kelishi mumkinligini eslab, hushyor tortmaymiz.

Har kundan soʻng tun, har tundan soʻng albatta kun keladi. Buni doim yodda tuting.

@moychechak_ifori
13.6K viewsedited  17:19
Ochish/sharhlash