Men xudbinman, Istaklarim ham, Menikilar menga boʻlishsin! Men | BEG‘UBOR QALB🕊

Picture 1 from moychechak_ifori at 2023_01_12
Men xudbinman,
Istaklarim ham,
Menikilar menga boʻlishsin!
Meni demas menikimaslar,
Mendan nari oʻynab-kulishsin.

Men xudbinman,
Men sevgan inson,
Mensiz nafas ololmay qolsin.
Yoʻqligimdan qulasa osmon,
Borligimdan quvonchga toʻlsin.

Nigohiga sigʻmasin oʻzga,
Koʻnglin menga bersin bus-butun.
Shiringina jonidan kechsin,
Bittagina qarashim uchun.

Yuzlarimni tilasin oydan,
Soʻzlarimsiz tatimasin bol.
Mensiz bir kun yashay oldimi,
Ana eshik,
Ketsin,
Bemalol.

Xudbinmana?!
Bilaman,ammo,
Chorasizman,
Hayron turibman.
Shundayligim tufayli balki,
Qarang, hamon yolgʻiz yuribman...

@moychechak_ifori
BEG‘UBOR QALB🕊

BEG‘UBOR QALB🕊

@moychechak_ifori
5.79K Obunachilar
Iltimoslar Toifa
"Toza qalb, beg‘ubor yuraklar uchun qalb kechinmalari .."🌼🕊. . Bog‘lanish uchun: @sahovatchi. . Muallif: ✍️Oy_Nur🍀(Mohinur)...