Inson ruhida ham qiyomatlar bor. Ogʻir sinovlar bor, sinoatlar | BEG‘UBOR QALB🕊
Inson ruhida ham qiyomatlar bor. Ogʻir sinovlar bor, sinoatlar bor. Muhabbat sal chalgʻib turgan mahalda. Sezilmasdan oʻtgan xiyonatlar bor.
Mehr berolmasang qiynoqqa koʻndim. Diydor berolmasang firoqqa koʻndim. Sen meni boshqaga berma iltimos Boshqaning qoʻlida kelmaydi oʻlgim. Ularda boshqacha itoatlar bor.
Menga oʻxshamasin mehribonlaring. Oʻrnimni bosmasin qadrdonlaring. Chiqib ketamanku unda yodingdan. Mensiz oʻtaverar ming bir oylaring. Menda gʻalat-gʻalat shikoyatlar bor.
Men shirin sogʻinchni Xudoga aytdim. Sendan boshladimda senda tugatdim. Koʻnglini kul bosgan kimsalargamas. Bogʻdan yelib kelgan saboga aytdim. Xudoga aytdim men, Xudoga aytdim. Shu sabab duoda ijobatlar bor.