Get Mystery Box with random crypto!

MOTIVATSIYAUZB

Telegram kanalining logotibi motivatsiya45 — MOTIVATSIYAUZB M
Telegram kanalining logotibi motivatsiya45 — MOTIVATSIYAUZB
Kanal manzili: @motivatsiya45
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 34

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 7

2022-09-22 16:28:26
Mashhur yozuvchi Deyl Karnegi'dan eng yaxshi maslahatlar ketma-ketligi.

— O'zingizni boshqa odam o'rniga qo'yib ko'rish orqali sizga undan nima kerakligini emas, uni sizdan nima istashini bilib olishni o'rganing. Buni uddalay olgan inson dunyolarni zabt etadi.

— Agar odam sizdan o'z maqsadlari yo'lida foydalanayotganini sezsangiz, uni tanishlaringiz ro'yxatidan o'chirib tashlang.

— Agar taqdir sizga limonni ravo ko'rgan bo'lsa, undan limonad tayyorlang.

— Band bo'ling. Bu g'amga qarshi dunyodagi eng arzon va samarali dori.

— O'zingizni baxtga erishib bo'lganday tuting va chindan ham baxtga erishasiz.

Kanal https://t.me/motivatsiya45
43 views13:28
Ochish/sharhlash
2022-09-22 16:28:26
Pulim bor, uni yanada ko'paytirmoqchiman, nima qilay?

Pulni qanday qilib ko'paytirish mumkin degan savol ko'pchilikni qiynaydi. Aslida bu juda oson. Shunchaki uni sarflang, tamom :)
Siz o'zingiz pulga muxtoj bo'lib turgan paytingizda, sizdanda muxtojligi bor insonlarga Alloh yo'lida sadaqa qilsangiz, bergan pulingizdan bir necha yuz barobarida qaytib keladi. Har oyda oyligingizdan 10%ini sadaqot uchun ajrating. Hech qachon o'zingizni aldamang! Agar bir marta qo'ymasam hech narsa bo'lmas deb o'ylab pul ajratmasangiz, o'zingizni bir kun 10 barobar bo'lib qaytadigan pulingizni yeyayotgan bo'lasiz.

Ali roziyallohu anhu aytadilar: "Biz Islomdan oldin pulni ko'paytirish uchun uni asrash kerak deb o'ylardik, keyin bilsak uni sarflash kerak ekan".


Kanal https://t.me/motivatsiya45
38 views13:28
Ochish/sharhlash
2022-09-19 18:44:56
​​Xato va qiyinchiliklardan qo'rqish kerakmi?

Muvaffaqiyat katta qiyinchiliklarsiz va xatolarsiz bo'lmagan. Butun hayot urinishlardan, xatolardan va qiyinchiliklardan iboratdir. Biz qanchalik qo'rqib va xatolardan qochsak, shuncha tez-tez ular sodir bo'ladi.
-
Nima uchun to'sqinliklar va xatolar bo'ladi? Balkim ular bizni to'g'ri oqimga yo'naltirish uchundir? Chunki har bir xato bir nima haqida so'zlashni istaydi. Noto'g'ri yo'lda bo'lsak, ogohlantiradi, yo'lni o'zgartirish kerakligini ko'rsatadi. Butun hayotga, ishga, atrofdagilarga va o'zimizga nazar solishga chaqiradi. Takroran o'ylab ko'rishga va to'g'irlashga chorlaydi.
-
Hozirda qanday muammolar sizga to'sqinlik qilmoqda? Balkim to'xtab, yana bir bor o'ylab ko'rish kerakdir? Xato va qiyinchiliklardan qo'rqish kerakmi? Yo'q aslo faqat olg'a harakat qilish kerak.


Kanal https://t.me/motivatsiya45
47 views15:44
Ochish/sharhlash
2022-09-19 18:44:56
Biznesda tavakkal qanchalik kerak?

Tavakkal qilish biznesning asoslaridan biri hisoblanadi. Ya'ni biznesmenlarning oddiy odamlardan ajralib turuvchi yagona xususiyati ham aynan ko'p tavakkal qilishligidadir.

O'zi tavakkal nima degani?
Tavakkal – men tijoratim uchun qo'limdan kelgan barcha ishni qilaman, natijasi esa Allohdandir deb, ishonishlik. Ya'ni siz qancha harakat qilmay u sizning taqdiringizga bitgan bo'lsa uni ko'rasiz va shukr qilasiz, agar nasib qilmagan bo'lsa rozi bo'lasiz va sabr qilasiz. Ishoning, agar bir biznesingiz omadli kelib qolgan bo'lsa bu sizni Alloh yaxshi ko'radi degani emas, agar bir biznesingiz o'xshamay qolsa, bu sizni Alloh yomon ko'radi degani emas.

"Axir men nima qilay, qo'limni qaysi tijoratga urmay, u oltinga aylansa" (Ko'chma ma'noda kelgan‐oltin)

Abdurrohman ibn Avf

Kanal https://t.me/motivatsiya45
38 views15:44
Ochish/sharhlash
2022-09-18 17:29:59
Oldingga hayotiy maqsadni qo'y. Uni qog'ozga yoz. Uni xotirangga mustahkamla. Barcha hayollaring va bor kuch-quvvatingni uni amalga oshirishga yo'naltir. Mayda-chuyda omadsizlikar seni yo'ldan qoldirishga yo'l qo'yma, ularni oxir-oqibatda tog'ri yo'nalishni topishga ko'maklashadigan o'ziga xos maslahat deb hisobla. Yodda tut: Muvaffaqiyatga erishishni ko'zlagan odam vaqtni behuda o'tqazmaydi. Buning uchun barcha mavjud mablag'larini sarflaydi va barcha yo'llarini topadi. Muvaffaqiyatga eltuvchi yo'lingni ayni paytda qo'lingda mavjud bo'lgan imkoniyatlardan foydalangan holda harakatni hoziroq boshla

Kanal https://t.me/motivatsiya45
50 views14:29
Ochish/sharhlash
2022-09-18 17:29:58
Tomas Edison mingdan ortiq omadsiz tajribalardan keyingina lampochkani ixtiro qildi. Lekin hech qachon uddalay olmasamchi demagan.

Bunday insonlardan o'rganadigan eng katta dars: Hech qachon muvaffaqiyatsizlik qo'rquvi bizni to'xtata olmasligi kerak.

P.s. Hayotim davomida shuni angladimki, ijobiy fikrlar va kelajakka umid bilan qarash — bu muvaffaqiyatli bo'lish va istagan narsangizni yaratishning eng yaxshi usuli))

Kanal https://t.me/motivatsiya45
40 views14:29
Ochish/sharhlash
2022-09-14 19:09:17
Hech kimga o'xshamang.

• Hech kimga o'xshmasligingiz uchun sabablar:
- Ular ham kimgadir o'xshmoqchi bo'lgan, natijada o'ziga xos bo'la olmagan.
- Hamma inson o'z doirasida shakllanishi kerak.
- Hech kim birovga hech qachon 100% o'xshay olmagan va olmaydi ham.
- Ularni nuqsonlarini ko'rmasdan, ularga havas qilish, xuddi yozuvi yozilmagan kitob sotib olgandek gap.

Kanal https://t.me/motivatsiya45
66 views16:09
Ochish/sharhlash
2022-09-14 19:09:17
Taniqli milliarder Uorren Baffet bo'sh vaqtini o'qishga bag'ishlashga harakat qiladi, chunki u har qanday vaziyatda yangi bilimlar ustun kelishiga ishonadi.

Baffet har kuni bo'sh vaqtining 80 foizini kitob o'qib, kuniga taxminan 500 sahifani o'qish bilan o'tkazadi, bu esa har doim vaqt bilan hamnafas bo'lishga va to'g'ri qaror qabul qilishga imkon beradi.
Chunki bilim - bu kuch.

Kanal https://t.me/motivatsiya45
65 views16:09
Ochish/sharhlash
2022-09-12 19:54:19
«Faqat o'zimgina o'zimning hayotimni o'zgartira olaman. Men uchun hech kim hech qachon buni qilmaydi.»

Barcha omadsizliklar ham vaqtincha.

Chekinmang!

FIKRINGIZNI QIYINCHILIKLARGA EMAS, ULARNING NATIJALARIGA QARATING.

Agar yangi yo'ldan ketishni xohlasang,
sen o'zing uni qurishing kerak!
Bilishni o'zi yetarli emas, uni amalda qo'llashimiz kerak. Xohishning o'zi yetarli emas, uni bajarishimiz kerak.

Kanal https://t.me/motivatsiya45
Reaksiya qoldiring
90 viewsedited  16:54
Ochish/sharhlash
2022-09-12 19:54:19
Muvafaqqiyat siri nimada?

— Boshqalar uxlayotganda, siz o‘qing!

— Boshqalar o‘ylanayotganda, siz rozi bo‘ling!

— Boshqalar orzu qilayotganda, siz amalga oshiring!

— Boshqalar kechiktirayotganda, siz boshlang!

— Boshqalar o‘yin-kulgu qilayotganda, siz ishlang!

— Boshqalar sarflayotganda, siz saqlang!

— Boshqalar qovog‘ini solganda, siz kuling!

— Boshqalar mag‘lub bo‘lganda, siz sabr qiling!

Kanal https://t.me/motivatsiya45
Reaksiya qoldiring
73 viewsedited  16:54
Ochish/sharhlash