Get Mystery Box with random crypto!

MOTIVATSIYAUZB

Telegram kanalining logotibi motivatsiya45 — MOTIVATSIYAUZB M
Telegram kanalining logotibi motivatsiya45 — MOTIVATSIYAUZB
Kanal manzili: @motivatsiya45
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 34

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 3

2022-11-22 19:12:13
Uzundan uzun orzu qilishni bas qiling!

Uzundan uzun orzu qilavermang, aksincha kichik maqsad qo'ysangiz ham uni tezroq bajarishga kirishing. Men kelajakda "Malibu" olaman, 4 qavatli uy quraman deb hayol qilib yurganingizdan ko'ra biror yerda ishlab pul topib ana shu maqsadingizga harakat qilganingiz afzal. Dunyoni ko'p orzu qilaverish ham oxiratni esdan chiqaradi.

"Mo'min kishi hech qachon dunyosini deb oxiratni, oxiratini deb dunyosini unutib qo'ymaydi".

Imom Suyutiy


Kanal https://t.me/motivatsiya45
7 views16:12
Ochish/sharhlash
2022-11-20 16:18:47
Pul kapalak kabidir...

• Eslang, yoshligimizda bog'da kapalak tutish uchun qancha harakat qilsak ham, biror marta tutolgan emasmiz. Qancha yugurardik, yurardik, poylardik ammo kapalak tutqich bermas edi.

• Agar vaholanki, bir bog' qilib qo'ysangiz va yoki biror gul ekib qo'ygudek bo'lsangiz, hamma kapalaklar o'zi sizni yoningizga kelardi.

Pul ham xuddi shunday:

– Uni tutaman deb qancha yugursangiz ham yetolmaysiz, mabodo yetgudek bo'lsangiz ham bu yerda ancha-muncha narsalarni boy berib qo'yasiz. Masalan, oila, ota-ona va hokazo.

– Agarda pulni ketidan yugurmay, shunchaki uni kelib turishi uchun bir "bog'" qilib qo'ysangiz, uni tutib yurishni hech qanday hojati qolmaydi, o'zi sizni quvlab keladi...

Kanal https://t.me/motivatsiya45
14 views13:18
Ochish/sharhlash
2022-11-20 16:18:47
IT bilan bog`liq eng mashhur 12 kasb.

1. Dastur muhandisi (Software Engineer)
2. Dasturlarni sinash bo'yicha mutaxassis (Tester)
3. Biznes tahlilchisi (Business Analyst)
4. Dasturiy ta'minot sifatini ta'minlash mutaxassisi (QA Engineer)
5. Ma'lumotlar bo'yicha mutaxassis (Data Scientist)
6. Ma'lumotlar tahlilchisi (Data Analyst)
7. SEO mutaxassisi (SEO specialist)
8. Texnik yozuvchi (Technical Writer)
9. Veb-dizayner (Web Designer)
10. 3D dizayner (3D designer)
11. UXUI dizayneri (UXUI designer)
12. Game dizayneri (Game Designer)

Kanal https://t.me/motivatsiya45
11 views13:18
Ochish/sharhlash
2022-11-16 20:45:53
O'zingizni bu dunyoda hech qachon, hech kimsa bilan taqqoslamang...agar shunday qilsangiz, o'zingizni haqorat qilgan bo'lasiz! O'zingizni avvalgi ahvolingiz bilan solishtiring, mana shu sizni haqiqiy o'lchov mezoningiz!

Bill Gates

P.s. Demak, siz o'zingizni qo'shningiz Sobir akani o'g'li yo o'qishdagi Teshavoylar bilan emas, balki avvalgi holatingiz bilan solishtirishingiz va avvalgi holatingiz bilan raqobat bog'lashingiz kerak)

Kanal https://t.me/motivatsiya45
13 viewsedited  17:45
Ochish/sharhlash
2022-11-16 20:45:52
Har qanday sohada birinchi bo'lish uchun beradigan tavsiyalarim

1. Fokusni bir yerga qarating. Agar ikkita sohada bir vaqtda faoliyat olib borsangiz kuch va vaqtingiz ham ikkiga bo'linadi. Bir sohada yuqori darajaga chiqmaguncha boshqa sohaga o'tmaslik kerak.

2. Atrofingizda o'zingizdan kuchli insonlarni to'plashingiz zarur. Atrofingizdagi sizdan kuchli va o'z sohasida birinchi o'rinda bo'lgan insonlar borligi, o'sishingizda katta ahamiyat kasb etadi.

3. Ko'proq ilm oling. O'z sohangizga tegishli bo'lgan har qanday ma'lumotni, har qanday kitobni o'qib chiqing va amaliyotda qo'llab ko'ring.

4. Harakatdan to'xtamay faqat oldinga intiling. Tinimsiz harakat va mehnat sizni o'z sohangizda birinchi darajaga olib chiqadi.

Kanal https://t.me/motivatsiya45
13 viewsedited  17:45
Ochish/sharhlash
2022-11-11 20:54:57
O'yin o'ynab pul topish mumkinmi?

— Albatta, har bir ishning ilojisi bor va o'yin o'ynab ham pul topish mumkin. Bu ko'pchilik uchun hayoliy tushuncha. Lekin ko'pchilik shu orqali katta pul topadi.

— Bu ish sizning qo'lingizdan ham keladi. Buning uchun sizga arzon (Humans) internet va boshlanishiga telefon kerak. Siz o'zingiz qiziqadigan o'yin o'ynang. Iloji bo'lsa, boshlanishiga internetsiz o'yin o'ynasangiz ham bo'laveradi.

— O'zbek You Tube Gaming o'yinchilari o'rtacha oyiga 300$ dan 800$ gacha You Tube prosmotr orqali, reklama orqali ham bir necha yuz dollar topadilar.

— Chet elda esa juda katta. Aniqrog'i kuniga 100$ - 3000$ va ba'zi o'yinchilar undan ham ko'p topadi. Faqat shu darajaga yetguncha sabr, mehnat va tirishqoqlik talab etiladi.

P.s: Bu summalarni ko'pchilik eshitib, bo'lishi mumkin emas deydi. Lekin, «Siz erisholmagan natijalarga — boshqalar erishgan bo'lsa, bu yolg'on degani emas»

Kanal https://t.me/motivatsiya45
7 viewsedited  17:54
Ochish/sharhlash
2022-11-09 19:33:35
Hayotda hamisha oʻz maqsadlaringizni qoʻyishingiz va buni aniq koʻra olishingiz zarur.

– Chunki busiz siz hech qayerga borolmaysiz. Faqatgina oʻz oldingizga aniq maqsad qoʻyibgina, unga 100% natija bilan erishishingiz mumkin. Mening bugungi kundagi maqsadim shaxsiy restoranlar tarmogʻini kengaytirish. Men ularning sonini 5-10 taga emas 100-200 taga yetkazishni xohlayman.

– Koʻpchilik mendan bunga qanday erishmoqchiligim haqida soʻrashadi. Toʻgʻrisi bunga aniq javob bera olmayman, ammo mening aniq qoʻyilgan maqsadim bor va qaysi nuqtaga yetib borishim kerakligini aniq bilaman. Bunga qachondir erishishimga ishonaman.

Kanal https://t.me/motivatsiya45
10 views16:33
Ochish/sharhlash
2022-11-09 10:28:01
Inson qancha rivojlansa, shuncha ozod bo‘ladi

Agar boshidan boshlasak: bola yoshligida egosi kuchli bo‘ladi va dunyoni bitta rakursda ko‘radi. Yodingizdami bola sizga rasm ko‘rsatmoqchi bo‘lsa, u o‘ziga ko‘rinadigan qilib rasmni tutib turadi, sizga u ko‘rinyaptimi yo‘qmi ishi yo‘q.

Mashhur psixolog Jan Pyaje inson turli rakurslardan dunyoga qaray olsa, u rivojlangan bo‘ladi degandi. Undan insonning dunyoqarashi juda keng bo‘ladi.

Abstrakt o‘ylar, mantiqan o‘ylash, ramkadan tashqariga chiqish, ko‘rgan narsani tushunish — hammasi insonning rivojlanayotganidan darak.

Bir so‘z bilan aytganda biz qancha rivojlansak, bizni boshqarish shuncha qiyin bo‘ladi. Biz ozod va qarorlarni o‘zimiz qabul qiladigan inson bo‘lamiz.

Kanal https://t.me/motivatsiya45
12 views07:28
Ochish/sharhlash
2022-11-07 21:34:53
Resurslarni qayerga yo‘qotamiz?

Vazifalar va topshiriqlar ko‘paygan vaqtda bizning kamchiligimiz nimada ekanligini payqaganmisiz?

Hammada bir xil — o‘zini esdan chiqarib qo‘yadi. Uxlashdan avval hamma narsani esdan chiqarmaydi, sevimli musiqani tinglamay qo‘yadi, faqatgina ertangi hisobot haqida bosh qotiradi.

Inson ishlarga ko‘milib, yashashni unutib qo‘yadi. Barcha ishlarni tashlab yarim soatga tabiat qo‘yniga chiqing. Atrofga nazar soling. Hayot qaynayotganini ko‘rasiz, yashash lozimligini ko‘rasiz. Faqatgina ishdan iborat emas hayot!

Kanal https://t.me/motivatsiya45
9 viewsedited  18:34
Ochish/sharhlash
2022-11-02 19:23:03
Hayolini bir joyga qo'yish usullari

– Ko'proq "звачка" chaynang, olimlarning fikriga ko'ra saqich iste'mol qilish e'tiborni bir joyga jamlashga katta yordam berar ekan.

– Ko'proq uxlang. Ha, ko'proq uxlash uyquni samarasini oshiradi. Samarali uyqu esa e'tiborni, hayolni bir joyga to'plashga yordam beradi.

– To'yib (juda ham emas) ovqatlanish paytida miyyangiz matematika imtihonida ishlagandan ko'ra tezroq ishlaydi. Shunday ekan to'yib ovqatlanib so'ng diqqatingizni bir joyga jamlang.

– Kamroq nurli narsalarga qarang. Masalan: Telefon, kompyuter va hokazolarga. Chunki nurli narsalarni ko'p ishlatish insonni miyya faoliyatiga jiddiy ta'sir ko'rsatadi.

P.s. Xullas shu tavsiyalarga amal qilib yursangiz, diqqatingizni jamlashingiz osonlashadi)

Kanal https://t.me/motivatsiya45
9 views16:23
Ochish/sharhlash