Get Mystery Box with random crypto!

MOTIVATSIYAUZB

Telegram kanalining logotibi motivatsiya45 — MOTIVATSIYAUZB M
Telegram kanalining logotibi motivatsiya45 — MOTIVATSIYAUZB
Kanal manzili: @motivatsiya45
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 34

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2022-12-05 16:53:32
Qachongacha reja qilib yurasan? Qachongacha oʻzing orzu qilgan hayotda yashashni oʻylab yurasan?

Qachon boshlaysan? Sen hozirgi sen emassan. Faqat shuning uchungina bu yerdamassan.

Bilasanmi, sen koʻprogʻiga qodirsan, koʻprogʻiga arziysan, yaxshirogʻiga loyiqsan. Maskani yechish vaqti keldi.

Xullas bosish kerak

Kanal https://t.me/motivatsiya45
23 views13:53
Ochish/sharhlash
2022-12-02 16:47:54
Muvaffaqiyatga erishishda sizdan talab qilinadigan 7 element

1. Qattiq mehnat
2. Qurbonlik
3. Qiyinchilik
4. Ishonch
5. Sabr
6. Ishtiyoq
7. Eng asosiysi, Allohga ibodatni unutib qo‘ymaslik.

Kanal https://t.me/motivatsiya45
31 views13:47
Ochish/sharhlash
2022-11-29 17:24:51
Xatolardan saboq oling va muvaffaqiyatga erishing.

– Bu juda oson ish, buning uchun siz xatolaringiz sonini ikki marotaba oshirishingiz lozim! Qanday qilib va nima sababdan deysizmi? Siz xato qilishni muvaffaqiyatsizlikdan deb bilasiz, aslida esa unday emas! Siz qilgan xatolaringiz orqali katta motivatsiya hamda qaysidir ishni qilish to'g'ri yoki noto'g'ri ekanligi tog'risida dars olasiz! Shunday ekan, marhamat xato qilavering! – deydi Thomas Watson

Kanal https://t.me/motivatsiya45
57 views14:24
Ochish/sharhlash
2022-11-29 17:24:51
Kitob oʻqishning 7 foydali tomoni

Kitob oʻqish – atrof muhitni, dunyoni va oʻzingizni anglashga yordamlashadi.

Kitob oʻqish – yodda saqlash va oʻylash qobiliyatini rivojlantiradi. Yaʼni, koʻp kitob oʻqigan odamning yodda tutish darajasi yaxshi, tez oʻylab, tez xulosa chiqaradigan boʻladi.

Kitob oʻqish – talqin qilish, analiz yasashga va shaxsiy fikrning shakllanishiga yoʻnaltiradi.

Kitob oʻqish – koʻpgina yutuq va muvaffaqiyatlarga asos boʻladi.

Kitob oʻqish – odamlar bilan toʻgʻri muomala qilishga oʻrgatib, toʻgʻri gapirishni shakllantiradi.

Kitob oʻqish – soʻz boyligini va savodxonlik darajasini oshiradi.

Kitob oʻqish – odamdagi yashirinib yotgan ijodiy qobiliyatni yuzaga chiqaradi.

Kanal https://t.me/motivatsiya45
49 views14:24
Ochish/sharhlash
2022-11-27 18:54:36
Muvaffaqiyat

Kunlarning birida qurbaqalarning toʼdasidan ikki qurbaqa chuqurlikka tushib ketibdi. Barcha qurbaqalar chuqurlik tepasida jamlanib olib - «Boʼldi endi, shu yerda oʼlib ketasizlar.. hadib sakrayverishdan foyda yoʼq" der edilar. Uzoqqa bormay, ikki qurbaqaning biri qoʼrquv va qattiq tushkunlik oqibatida nobud boʼldi. Ikkinchi qurbaqa esa, tinmay sakrashda davom etar edi. Har safar sakraganda, ilgargisidan balandroq sakrar edi. Аmmo, yuqoridagi qurbaqalar hamon : "Boʼldi qil endi.! Foydasi yoʼq" deyaverar edilar. Koʼp oʼtmay, boyagi qurbaqa chuqurdan chiqishga muvaffaq boʼldi. Tepadagi qurbaqalar qattiq taajjubda edilar. Soʼng undan soʼrashdi: "Qanday buni uddalay olding ?!" U jim turardi. Keyin bilsalar, uning quloqlari eshitmas ekan. Har safar uni sakrashdan qaytarganlarida, qoʼllab-quvvatlamoqdalar deb oʼylab, bu mushkul ishni uddasidan chiqqan ekan.

«Balki, eng zoʼri boʼlishingizga insonlarning Siz haqingizdagi gaplari toʼsqinlik qilayotgandir?»

Kanal https://t.me/motivatsiya45
71 views15:54
Ochish/sharhlash
2022-11-25 18:35:52
Nega biror sohani pul uchun o'rganilsa, unda rivojlanish bo'lmaydi?

Maqsad — ko'p pul topish. Lekin maqsad xato qo'yildi, nega — chunki siz bir nuqtada qolib ketasiz.

Sizning maqsadingiz pul emas, qiziqish bo'lishi kerak. Pul uchun o'rganilsa yaxshi o'rganib bo'lmaydi emas, pul sabab bir nuqtada qolib ketasiz.

Siz diqqatingizni ko'proq sohangiz bo'yicha bilim olishga, tajriba oshirishga qarating, sababi muhim bilim, qimmatli tajriba sohangizda juda kerak bo'ladi.

P.S. Iloji bori-cha xohlagan bir sohani o'zingizni mutaxassis deb xis qilgancha o'rganing. Eng muhimi sabrli bo'ling!

Kanal https://t.me/motivatsiya45
11 views15:35
Ochish/sharhlash
2022-11-25 18:35:52
ORZU BILAN UYQUGA YOT,
MAQSAD BILAN UYG'ON.


Katta narsalarni orzu qil.
Maqsadni belgilashda eng kichigidan boshla.
Dastlab oddiy va osonlaridan boshlab, asta qiyinroqlariga o‘t.

Maqsadga erishishdagi kunlik vazifalarni bajarishda esa aksincha eng qiyinidan boshla. Ya‘ni ertalab turganingda quvvating, shijoating to‘laligida qiyinroq-ko‘p g‘ayrat talab qiladiganlarini qilib ol.

Kanal https://t.me/motivatsiya45
10 views15:35
Ochish/sharhlash
2022-11-24 20:15:33
Ilmga qanday xarajat qilishim mumkin?

– Aytaylik, biror mutaxassislik bo'yicha kursda o'qiyotgan bo'lishingiz mumkin. Bu ham bir ilmga sarmoya qilishni yo'li, ammo....

• Ammo, kitob sotib olish esa, u xoh badiiy asar bo'ladimi, xoh u diniy-ma'rifiy va yoki boshqa mavzularga oid kitoblar bo'ladimi farqi yo'q, foydali ilm bersa, kitob sotib olaverish kerak.

Qanday kitoblar sotib olgan ma'qul?

– O'zi bu mavzu necha-necha yuzlab postlarga bo'linib ketishi mumkin, ammo imkon qadar qisqa bayonini e'lon qilamiz.

– Kim qaysi sohada ishlasa/o'qisa o'zini sohasini professional bilishi uchun albatta birinchi o'rinda mutaxassisligi bo'yicha TOP kitoblarni olib o'qishi lozim.

– Hamda albatta, ilm hosil bo'lishida va bizga oxiratda ham dunyoda ham foyda keltirishi uchun biz diniy-ma'rifiy kitoblarni o'qishimiz shartdir. Bunda siz-u bizga o'zbek tilida eng ko'p va foydali kitoblarni yozib qoldirgan Shayh Hazrat Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahullohni kitoblarini tavsiya qilamiz.

Kanal https://t.me/motivatsiya45
11 views17:15
Ochish/sharhlash
2022-11-24 20:15:33
Motivatsiya

Eng qiyini - xohlayotgan narsangni qilish emas, nima xohlayotganingni bilish.

Ko'pincha sen xohlayotgan narsa aslida seniki bo'lmaydi. Shunchaki jamiyat, do'stlar, ijtimoiy tarmoqlar, filmlar tomonidan singdirib borilgan bo'ladi.

Sen esa "men shu narsalarni xohlayman" deb o'ylaysan va harakatni boshlab yuborgach jarayon davomida doimo motivatsiya yetishmasligidan nolib yurasan.

Aslida motivatsiya hammada bor. "Hech narsa qilgim kelmaydi" deydigan odamlar ham, o'yin o'ynashga kelganda birdaniga motivatsiyaga to'la bo'lib ketishadi. Aslida motivatsiya nisbiy.
U doimo bo'lishi uchun sen o'zingga yoqadigan va rostdan ham o'zing xohlaydigan ishni topishing kerak.

Sen ham shu ishni qilishing kerak. Turli yo'llarda o'zingni sinab, holatingga baho berib, tanlab va tark etib ko'rishing kerak. Bu ishni sen uchun hech kim qilib bera olmaydi.
To'g'ri, qiynalasan, doimo yangi narsalar o'rganishga majbur bo'lasan, lekin ertami kechmi natijaga erishasan.

Kanal https://t.me/motivatsiya45
10 views17:15
Ochish/sharhlash
2022-11-22 19:12:13
Ba‘zida endi maqsadga erishay deganda huddiki u sizdan qochib ketayotganday tuyuladi va qandaydir sizga bog‘liq bo‘lmagan sabablar to‘sqinlik qiladi.

Shu holatda maqsaddan adashmay, niyatni holis qilib yo‘lingizda davom eting. Zero siz maqsadga erishasiz, qachonki ham ruhan, ma‘nan tayyor bo‘lganingizda. Aks holda, erishganingiz vaqtinchalik bo‘ladi.

P.s: Vaqti keladiki, dastlab qiyin tuyulgan yo‘l aslida siz uchun oson qilib qo‘yiladi.

Kanal
https://t.me/motivatsiya45
7 views16:12
Ochish/sharhlash