Get Mystery Box with random crypto!

MOTIVATSIYAUZB

Telegram kanalining logotibi motivatsiya45 — MOTIVATSIYAUZB M
Telegram kanalining logotibi motivatsiya45 — MOTIVATSIYAUZB
Kanal manzili: @motivatsiya45
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 34

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 6

2022-10-06 17:10:08
Har kuni oʻzingizga "Bu ish orqali vaqt va kuchimni eng toʻgʻri Yoʻlga sarfladimmi?" deb savol bering. Chunki vaqtning toʻgʻri taqsimoti hayotning unumli boʻlishiga sababchi boʻladi. Shuning uchun har bir oʻtayotgan daqiqa uchun eʼtiborli boʻling.

P.s. Vaqt juda qadrli, uni nimaga sarflash haqida yaxshilab o'ylab koʻring.

Kanal https://t.me/motivatsiya45
21 views14:10
Ochish/sharhlash
2022-10-06 17:10:07
Biznesda tavakkalchilik tushunchasini notoʻgʻri talqin qilmang!

— Tavakkalchilik — yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarga qaramay amalga oshiriladigan faoliyatdir. Shuning uchun, tavakkalchilik deganda bevosita u bilan bog‘liq bo‘lgan xavf-xatar ham tushuniladi. Tavakkalchilik tushunchasi murakkab va ko‘p qirralidir va uni bir so‘z bilan ifodalash qiyin.

— Fransiyalik milliarder Bernar Arnoning bu boradagi fikri: "Biznes rejangizda biznes tizim yurishib ketishiga 50% atrofida toʻsqinlik qilish ehtimoli boʻlgan holatlar uchun qoʻshimcha "B" reja bilan bemalol tavakkal qilavering".

Kanal https://t.me/motivatsiya45
21 views14:10
Ochish/sharhlash
2022-10-02 19:39:44
Hayotingizni o'zgartirishga kuchli xohish bo'lmasa, bahonalar topishni boshlaysiz.

Bahona topish shart emas, shunchaki hozirgi holatingizni boricha qabul qiling va qachon o'zgartirishga kattaroq muammo tug'ilsa keyin harakat qiling.
Chunki hozirgisiga chidasa bo'ladi
yoki hali joningizga tegmagan.

Mazza qilib qiyinchilikga to'yib oling undan keyin o'zgartirishga harakatni boshlaysiz.

Kanal https://t.me/motivatsiya45
52 viewsedited  16:39
Ochish/sharhlash
2022-10-02 19:39:44
Biznesning ikki turi haqida

Biznes odatda yaxlit ikki turga bo'linadi:
1. B2B (Bi tu bi o'qiladi) — Business to business, ya'ni biznesdan biznesga;
2. B2C (Bi tu si o'qiladi) — Business to consumers, ya'ni biznesdan yaxlit bir foydalanuvchilarga.

Keling uni misollar yordamida o'rganamiz.

• Masalan, siz Fermersiz va bu yili 10000 ta tarvuz yetishtirdingiz. Endi ularni sotishda sizga ikkita biznes rout ya'ni yo'l paydo bo'ladi. B2B yoki B2C.

• Masalan siz B2B ni tanladingiz. Unda siz avvalo bitta retailaer ya'ni ta'minlovchini topasiz, u o'z navbatida yirik biznes marketlarga, restoran, kafe va yana boshqa joylardagi buyurtmaga qarab taqsimlab beradi.

• Agar siz B2C yo'lini tanlasangiz, siz fermangizni o'zidan turib do'kon va yoki shunga o'xshash mijozlarni to'g'ridan to'g'ri qabul qiladigan joy ochib, tarvuzlaringizni sotasiz.

Kanal https://t.me/motivatsiya45
44 viewsedited  16:39
Ochish/sharhlash
2022-09-28 18:36:04
Nima uchun IT sohasi serdaromad?

1. IT da barchasini onlayn hal qilish mumkin.
IT sohasining eng qulay tarafi — onlayn ham ishlash mumkin. Onlayn bo'lgani kabi, u serdaromad ham. Chunki IT-mutaxassislar ayni damda kam va shu uchun unga talab yuqori. Konkurent kam bo'lgani sabab, narxlar yuqori va daromad ham yaxshi :)

2. Chet elliklar bilan ham ishlash mumkin.
Agar o'zimizdagi daromad sizni qoniqtirmasa, bemalol upwork, fiverr frilans-birjalari orqali chet elliklar bilan ishlash mumkin. Ular yaxshi to'lashadi, lekin ular uchun sifat muhim.

3. IT-kompaniyalar yuqori daromadni kafolatlaydi
Oddiy kompaniyadan ko'ra, IT-kompaniyalar tez ko'tariladi. Bu 1-bo'limda aytganimdek, IT-mutaxassis kam, konkurent deyarli yo'q. Shu uchun ham ushbu kompaniyalarga biznes tashkilotlarning ishi tushadi.

Kanal https://t.me/motivatsiya45
68 views15:36
Ochish/sharhlash
2022-09-28 18:36:04
BAHONA

1. Jek Ma (Alibaba) shunday degan: Biznesdagi muvaffaqiyat bilimga emas, donolikka bog'liq. Ilm olish uchun siz o'qishingiz kerak. Va donolik tajriba bilan birga keladi.

2. Shuning uchun ham biron bir ishni qilishni boshlashdan oldin o'rganishni istagan odamlar meni hayratda qoldiradilar. Aytishlaricha, Ilon Mask SpaceXni ishlab chiqish jarayonida tajribali raketa muhandisiga aylangan.

3. Va siz avval buni o'rganishim kerak degan bahona bilan siz hali nimani boshlamadingiz?

Kanal https://t.me/motivatsiya45
52 views15:36
Ochish/sharhlash
2022-09-25 16:24:32 Pulni qanday taqsimlash kerak?

Pulni boshqarish ilmi bu - ilmlarning eng muhimlaridan biridir. Pul ilmi haqida gapirganda, "6 Kuvshin" usuli eng qulay va soddalaridan biri hisoblanadi. Ushbu usulga ko'ra siz o'z daromadlaringizni quyidagi tartibda taqsimlaysiz:

1. 55% - zaruriy ehtiyojlar uchun, ya'ni ro'zg'or harajatlariga.

2. 10% - qimmatbaho harajatlar. Ushbu pulni siz uzoq vaqt ishlatiladigan mahsulotlar, masalan avtomobil xarid qilish uchun yig'ishingiz mumkin.

3. 10% - ta'limga. Ushbu pulni eng avvalo o'zingizga sarflang. Kitob olib o'qing yoki seminar va treninglarda qatnashing.

4. 10% - investitsiya. Bu summani siz ikkinchi yoki uchinchi daromad manbalarini yaratish uchun investitsiya qiling.

5. 10% - jamg'arma. Bu pulni siz "qora kun"ga olib qo'ying. Inson qanchalik optimist bo'lmasin, ertangi kun qanaqa bo'lishini bilib ololmaydi. Shu sababli mablag'ingizning ma'lum qismini "qora kun"ga asrab qo'yganingiz ma'qul.

6. 5% - xayru ehson. Ushbu kuvshinga ajratgan pulingizni siz xayru ehsonga, yoki qarindoshlar va oila a'zolaringizga hadyalar xarid qilishga sarflashingiz mumkin.

Ishoning, daromadlaringizni ushbu uslubga ko'ra taqsimlash va qoidaga qat'iy rioya qilish sizni yaqin bir necha yil ichida moliyaviy mustaqil bo'lishingizni ta'minlab beradi!


Kanal https://t.me/motivatsiya45
65 views13:24
Ochish/sharhlash
2022-09-25 16:24:31
Telegram kanal orqali qanday pul ishlasa boʻladi?

Oʻzbekistonda telegram kanal orqali pul ishlaydigan insonlar juda ham koʻp. 100 $ dan 3 000 $ gacha topishadi.
Oʻzingiz uddalay oladigan mavzuni tanlang va kanalni foydali va qiziqarli maʼlumotlar bilan toʻldiring. Obunachilaringizni pul evaziga boshqa telegram kanallar orqali koʻpaytiring. Obunachilaringiz koʻpaysa reklama beruvchilarning oʻzi Sizga murojaat qilishadi.

Mening maslahatlarim:

1. Telegram kanalingiz mavzusida professional boʻling.
2. Yolgʻon maʼlumotlar bilan kanallarda reklama qilmang.
3. Kanal mavzusidan chetka chiqmaslikka harakat qiling.
4. Obunachilarni yoʻqotmaslik uchun saviyali mavzular boʻlsin.
5. Kanalingizda saviyasiz kanallarni reklama qilmang.
6. Turli tuman stikerlar aralashtirib maqola qoʻymang.

Kanal https://t.me/motivatsiya45
46 views13:24
Ochish/sharhlash
2022-09-24 17:29:58
Muvaffaqiyatli insonlarning sirlari

1. O'ziga ishonch. Agar inson o'ziga ishonmasa, birov unga ishonishi dargumon. Boshlangan ishni oxiriga yetkazishga ishonish yarim muvaffaqiyat degani.

2. Pozitiv kayfiyat. Agar siz pozitiv kayfiyatda bo'lsangiz, atrofingizga ham magnit kabi pozitiv odamlarni to'playsiz.

3. Boshqacha ish qilish. Agar siz boshqalar erishgan marralarni zabt etmoqchi bo'lsangiz ulardek ishlang. Agar siz umuman boshqalar erisha olmagan marralarni zabt etmoqchi bo'lsangiz, hech kim qilmagan ishlarni qiling.

4. Vaqtni to'g'ri sarflang. Taym-menejmentga e'tibor qarating. Hayotida muvaffaqiyatga erishgan insonlar vaqtini to'g'ri taqsimlay oladi. Vaqt hayotingizdagi qimmatli resurs.

Kanal https://t.me/motivatsiya45
41 views14:29
Ochish/sharhlash
2022-09-24 17:29:58
Biznesda muvaffaqiyatga erishish uchun nima qilish kerak?

Avvalambor, biznesni boshlash kerak! Googledan yoki YouTube orqali "Muvaffaqiyatga qanday erishish mumkin" deb qidiravermasdan, o'rindan turib harakatni boshlash kerak. To'g'ri ba'zi bir videolar foydali bo'lishi mumkin, ammo dunyoda hech bir inson yoki video sizga o'z qilgan xatoyingizchalik dars bera olmaydi! Onalarimiz bizga "ha, bola degan yiqilib, yiqilib katta bo'ladi-da" deyishardi, biznesda ham shunday. Dunyoda hech bir biznesmen xatosiz biznes qurmagan. Katta biznesmenlar katta-katta xatolar qilishgan va ular shu xatolarini boshqa takrorlamasliklari tufayli kuchli biznesmen bo'lib ketishgan!

Kanal https://t.me/motivatsiya45
39 views14:29
Ochish/sharhlash