Get Mystery Box with random crypto!

​#DiqqatTanlov Estrada ijrochiligini yanada rivojlantirish, t | Toshkent moliya instituti

​#DiqqatTanlov

Estrada ijrochiligini yanada rivojlantirish, targ‘ib etish, estrada san’atiga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish hamda talaba-yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida institutda tahsil olayotgan talabalar o‘rtasida ko‘rik-tanlov e’lon qilamiz.

Talabalar o‘z qobiliyatlarini quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha sinab ko‘rishlari mumkin:

“Havaskor gitara ishqibozlari”;

“Havaskor pianino (elektr sintezator) ishqibozlari”.

Talabalar ushbu yo‘nalishlarda gitara va pianinoda (elektr sintezator) yakkaxon musiqa yoki shu cholg‘ular jo‘rligida an’anaviy va klassik hamda zamonaviy estrada qo‘shiqlarini ijro etishlari mumkin.

Ko‘rik-tanlov g‘oliblari institut rahbariyati tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.

Konkurs talablari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot uchun telefon:
97-440-81-61.

O‘tkaziladigan joy: A-bino 1-ma’ruzalar zali
O‘tkazish sanasi va vaqti: 2023-yil 5-may. Soat 14-00 da.

Toshkent moliya instituti rasmiy telegram kanali: @moliyauz_official