Get Mystery Box with random crypto!

EʼLON! Estrada ijrochiligini yana-da rivojlantirish, targ‘ib | Toshkent moliya instituti

EʼLON!

Estrada ijrochiligini yana-da rivojlantirish, targ‘ib etish, estrada sanʼatiga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish hamda talaba-yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida institutda tahsil olayotgan talabalar o‘rtasida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ko‘rik-tanlov eʼlon qilinadi:

“Havaskor gitara ishqibozlari”;

“Havaskor pianino (elektr sintezator) ishqibozlari”.

Talabalar ushbu yo‘nalishlarda gitara va pianinoda (elektr sintezator) yakkaxon musiqa yoki shu cholg‘ular jo‘rligida anʼanaviy va klassik hamda zamonaviy estrada qo‘shiqlarini ijro etishlari mumkin.

Ko‘rik-tanlov g‘oliblari institut rahbariyati tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.

Konkurs talablari bo‘yicha qo‘shimcha maʼlumot uchun telefon: 97-440-81-61.

TMI axborot xizmati

Toshkent moliya instituti rasmiy telegram kanali:
@moliyauz_official