Get Mystery Box with random crypto!

Toshkent moliya instituti

Telegram kanalining logotibi moliyauz_official — Toshkent moliya instituti T
Telegram kanalining logotibi moliyauz_official — Toshkent moliya instituti
Kanal manzili: @moliyauz_official
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 13.61K
Kanalning ta’rifi

Toshkent moliya institutining rasmiy telegram kanali.
Официальный телеграм канал ТФИ
Official channel of TIF
Instagram: @moliyauz_official
Facebook: @moliyaofficial
Axborot xizmati bilan bog'lanish: @pressman_tfi

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 13

2023-04-11 15:58:55
#mahorat_darsi

“Uzoq muddatli aktivlar hisobini xalqaro standartlar talabi boʻyicha tashkil etish” mavzusida mahorat darsi

Batafsil saytda

Toshkent moliya instituti rasmiy telegram kanali: @moliyauz_official
2.6K views12:58
Ochish/sharhlash
2023-04-11 14:53:27
Yoshlarni ishga qabul qilish tizimi tubdan qayta koʻrib chiqiladi.

Oʻtgan yili 11 ta davlat oliygohining 11 mingdan ziyod bitiruvchilaridan 6,5 ming nafari ishga joylashmagan. Yoki grantda oʻqigan 3 ming talaba ham ishga kirmagan. Professional taʼlimda ham, oʻtgan yili kollej va texnikumlarni 143 ming nafar yoshlar bitirgan boʻlsa, shundan 30 ming nafari ish topa olmagan.

Shu munosabat bilan bundan buyon har bir vazir tarmogʻidagi kasblarga malaka talabini oʻzi belgilashi, bunda 70 foiz kasblarga oʻrta maxsus, 30 foiziga oliy maʼlumot talab etiladigan tizim boʻlishi taʼkidlandi.

Shuningdek, vazirliklar oliygoh va kollej-texnikumlarga buyurtma berish bilan birga ularning oʻquv dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etadi.

Har bir vazir va viloyat hokimi yil boshida oʻzining Yoshlar bandligi dasturlarini ishlab chiqib, aholiga eʼlon qilishi va yil yakunida natijalari boʻyicha jamoatchilikka hisobot berishi belgilandi.

Telegram | Instagram | Facebook|You Tube
2.7K views11:53
Ochish/sharhlash
2023-04-11 14:53:17
Ayni paytda Prezident raisligida yoshlar bilan ishlashning yangicha tizimini joriy etish borasidagi dolzarb vazifalar yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda.

Yig‘ilishda qayd etilganidek, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ham sezilarli ishlar amalga oshirildi. Jumladan:

- 130 ming nafar talaba-yoshga 1,7 trillion so‘m ta’lim krediti berildi, xotin-qizlarning magistraturada o‘qishi bepul bo‘ldi;

- 53 ming nafar ehtiyojmand talabalarga o‘qish uchun kontrakt pullari to‘landi;

- 81 ming talabaga uy-joy ijara to‘lovi ajratildi, 15,5 ming yoshlarga harbiy xizmat uchun mablag‘ to‘lab berildi;

- 13 ming nafar yoshga chet tillari bo‘yicha sertifikat olish xarajati to‘lab berildi;

- “Yoshlar daftari” orqali 300 ming nafar yoshga qariyb 600 milliard so‘mlik yordam ko‘rsatildi.

Shuncha sharoit yaratilganiga qaramasdan, ayrim hokimlar va vazirlar yoshlar masalalari bilan jiddiy shug‘ullanmayotgani, ayniqsa Termiz shahri, Chiroqchi, Kasbi, Urgut, Sherobod, Angor, Uzun, Muzrabot, Amudaryo, Dehqonobod, Oltinsoy, Sharof Rashidov, Asaka, Qamashi, Taxiatosh va Peshku tumanlarida yoshlarning bandligini ta’minlash oqsayotgani tanqid qilindi.

Telegram | Instagram | Facebook|You Tube
2.5K views11:53
Ochish/sharhlash
2023-04-11 10:38:30OTM yetakchilariga qanday imkoniyatlar yaratilmoqda? (2-qism)

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan oliy ta’lim muassasalaridagi boshlang‘ich tashkilotlar faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shma qaror qabul qilingan.

Qaror bilan oliy ta’lim muassasalaridagi yoshlar yetakchilari uchun ko‘plab imkoniyatlar yaratilmoqda. Xususan:

Mulkchilik shaklidan qat’i nazar barcha oliy ta’lim muassasalarida Yoshlar ittifoqining boshlang‘ich tashkilotlari tashkil qilinadi;

Barcha oliy ta’lim muassasalarida fakultet koordinatorlari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi;

Yo‘nalish va fakultet koordinatorlari Yoshlar yetakchisi tavsiyasi asosida har oyda bazaviy stipendiyaning uch baravari miqdorida moddiy rag‘batlantirib boriladi;

Har yili O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining tavsiyasi bilan faol yetakchilar “O‘zbekiston belgisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlanadi;

Oliy ta’lim muassasalaridagi Boshlang‘ich tashkilotlarning moddiy texnik bazalari yaxshilanadi. Xususan, ularga xizmat xonalari va boshqa zaruriy texnikalar ajratiladi.

Qarorning to‘liq matni bilan quyidagi havola orqali tanishib chiqishingiz mumkin:

Batafsil:
http://bit.ly/QarorMatni

Toshkent moliya instituti rasmiy telegram kanali: @moliyauz_official
3.1K views07:38
Ochish/sharhlash
2023-04-11 07:31:07
#kuniqtibosi

“Muvaffaqiyatli odamlar boshqalar behuda sarflayotgan vaqtdan foydalanib, oldinga intiladi”


Genri Ford, ”Ford Motor Company” asoschisi.

Muvaffaqiyatli odamlar ko‘p mehnat qiladigan va bir soniyani ham behuda o‘tkazmaydiganlardir.

@moliyauz_official
3.4K viewsedited  04:31
Ochish/sharhlash
2023-04-10 15:30:27
#befarqemasman

Toshkent moliya instituti Buxgalteriya hisobi va audit fakulteti va O’zbekiston Liberal demokratik partiyasi hamkorligida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritilayotgan asosiy oʻzgarishlarning mazmun-mohiyatini talabalarga yetkazish maqsadida tadbir oʻtkazildi.

Batafsil saytda

TMI axborot xizmati

Toshkent moliya instituti rasmiy telegram kanali:
@moliyauz_official
2.5K views12:30
Ochish/sharhlash
2023-04-10 13:37:24
#befarqemasman

Yangilanayotgan Konstitutsiyada
ijtimoiy hamda siyosiy eng muhim 5 ta
yangilik

Toshkent moliya instituti rasmiy telegram kanali: @moliyauz_official
2.9K viewsedited  10:37
Ochish/sharhlash
2023-04-10 13:09:36
#Tadbir

Tadbirda O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan jurnalist, O’zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti dotsenti Ashurali Jo’rayev, Moliya fakulteti dekani F.Muxamedov, kafedra professor-o’qituvchilari va iqtidorli talabalar ishtirok etdilar.

Batafsil saytda

TMI axborot xizmati

Toshkent moliya instituti rasmiy telegram kanali:
@moliyauz_official
2.9K views10:09
Ochish/sharhlash
2023-04-10 11:11:58
#Tadbir

Toshkent moliya instituti Budjet hisobi va g‘aznachilik fakulteti va Xalq Demokratik partiyasi hamkorligida konstitutsiyaviy qonun loyihasi mazmun-mohiyatiga bagʻishlangan targʻibot tadbiri boʻlib oʻtdi

Unda Xalq Demokratik partiyasi Markaziy Kengashi a
'zolari, Toshkent shahar Xalq deputatlari Kengashi deputatlari, Budjet hisobi va g‘aznachilik fakulteti dekan va dekan muovinlari, institut professor-oʻqituvchilari hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Mazkur targ'ibot tadbirida talabalarga konstitutsiyaviy yangilanishlarda yoshlarga oid oʻzgarishlar haqida maʼlumotlar berib oʻtildi. Talabalarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berildi.

Toshkent moliya instituti rasmiy telegram kanali: @moliyauz_official
3.3K viewsedited  08:11
Ochish/sharhlash
2023-04-10 07:34:51
#bilasizmi
 
Bugun 10-aprel - haftaning dushanba kuni. Ushbu sanadagi voqealar bilan tanishing:
 
10-aprel - Abdulla Qodiriy tug'ilgan kun

"New York Tribune" gazetasining birinchi soni chop etildi
 
Sautgempton portidan "Titanik" layneri birinchi va so'nggi bor yo'lga chiqdi
 
Bakteriologik qurollarni taqiqlash to'g'risida xalqaro Konvensiya imzolandi
 
10 yillik qurilishdan so'ng Yaponiyadagi Xonsyu va Sikoku orollarini bog'lovchi 9 kilometrlik Seto ko'prigi ochildi

Xalqaro qarshilik ko'rsatish kuni
 
Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
3.2K views04:34
Ochish/sharhlash