Get Mystery Box with random crypto!

Rey Bredberining 'Farengeyt bo‘yicha 451°' kitobidan olgan xul | Muhammad Amin Naziraliyev

Rey Bredberining "Farengeyt bo‘yicha 451°" kitobidan olgan xulosalarim

To'g'risi ajoyib asar ekan. Aslida kam kitob o'qiganimdanmi bilmadim bu kitob kamina xodimingiz uchun o'zgacha bo'ldi. Muallif asar orqali umuman boshqa narsalarni ifodalab berdi deb ham o'ylanib qoldim. Bir-ikki kitobga yozilgan xulosalarni ham o'qib ko'rdim. Hozirgi kunlarda kitobxonlarga bo'layotgan holatlarni ham ifodalab ketgan deb o'ylayman. Ayniqsa oxirida ayni vaqtda qo'lyozma bo'lib qolayotgan asarlarni qaysi kutubxonalarda qolayotgani va uni tahqiq qilib qayta nashr etmayotganini ajoyib tarzda ifodalagan muallif.

Aslida bu asarda kitoblarni taqiqlaydigan jamiyat tilga olingan bo'lsada hozirgi vaqtda huddi shu holat bo'lmoqda. Faqat majburlash orqali emas balki o'zimiz texnologiyalarga berilishimiz va vaqtimizni bekorchi narsalarga isrof qilayotganimizdan. Yana bir qadam tashlasak asardagi fuqarolarga o'xshaymiz qolamiz.

Romanni ingliz tilidan ajoyib tarzda tarjima qilgan Bobur Yo'ldoshev ga rahmat. Xullas vaqtni ketkazib o'qishga arzigulik asar ekan. O'zimni qisman mana shu asarda ko'rdim deb o'ylayman.

Bu loyihaga asoschilari Asaxiy books ga minnatdorligimni bildiraman. Salomat bo'linglar.

Muhammad Amin Naziraliyev

@mnshuz