Get Mystery Box with random crypto!

Amina Shenliko'g'lining 'Iskanja' kitobidan olgan xulosalarim | Muhammad Amin Naziraliyev

Amina Shenliko'g'lining "Iskanja" kitobidan olgan xulosalarim

Ushbu kitobni o'qib bo'lib ancha vaqt tafakkur qilib xulosalarni nimalarni yozishim kerak va atrofimdagi do'stlar mana shu kitobni o'qishi uchun nimalar yozishim kerak deb o'ylanib yurdim. Keyin ozgina vaqti jazm qila olmadim ham. Kuni kecha kitobning audio variantini topib olib e'tibor bilan eshitib chiqdim. Xulosa yozishga jazm etdim.

Muallifaning ko'p asarlari singari bu asar ham hayotiy voqealikka asoslanib yozilgan. Asarda Uyg'ur o'lkasida qurilgan kommunizm qurbonlari haqida hikoya qilindi. Bir yigitning butun yoshlik davri tasavvurga sig'maydigan qiynoqlar bilan qamoqda o'tgani va unga sabab o'zining akasi bo'lgani achinarli. 21 yil davomida yigit ko'rmagan qiynoqlari qolmagani va bundaylar atrofida juda ko'pligi undan tashqari Uyg'ur xalqining ziyoli qatlanimi qamoqlarga olganligi odamni juda mahzun qiladi.

Asarni o'qiyotganimda juda ko'p Allohga shukr qildim. Afsuski, hozirda ham huddi shu holatlar davom etayotgani achinarli hol. Bizni qiladigan yoki qila oladigan yagona ishimiz Allohga duo qilishlikdir.

Xullas ibrat va xulosa olmoqchi bo'lganlar hech bo'lmasa ovozli tasmasini eshitishni tavsiya qilaman.

Asardan iqtibos:

Chaqaloqning ovozi chiqmay qolgandi.
U esa, bor kuchi bilan mushtekkina chaqaloqning boshini tepkilardi. Bor ovozim bilan baqirdim.
- Xoinlaaar, ablaxlaaar, senlarni Allohning o'zi xor qilsin...

Kitobni o'qiganlar bormi?

Audio varianti: https://t.me/audiokitoblar_islom/337

Muhammad Amin Naziraliyev

@mnshuz