Get Mystery Box with random crypto!

Bir necha kun oldin Toshkentga borib to’laqonli ITga ixtisosla | Muhammad Amin Naziraliyev

Bir necha kun oldin Toshkentga borib to’laqonli ITga ixtisoslashgan xususiy “PDP University”ning ochilish marosimiga qatnashdik. Ajoyib muhit bilan bo'ldi.

Xulosa olgan tarafim doim izlanish va harakatdan to'xtamaslik ekan. Kamina PDP da Android yo'nalishida o'qiganman. Biz o'qigan paytda 3-4 xonada dars berilar va juda katta bo'lmagan joy edi. Lekin hozirda ko'rib turganimiz akademiya binosi va universitet ko'lami.

O'quv rejalari va universitetda o'qigan bola nimalarga erishishi haqida eshitib hursand bo'ldim. Bu kabi katta ishlarga kuchli jamoa bilan erishishdi deb o'ylayman.

Ayniqsa biz qatnashuvchilarga yaxshi bo'lgani ko'p tanishlarimiz bilan suhbatlar qildik va qo'shimcha yangi tanishlar topdik.

Alloh taolodan Odilbek aka va jamoalariga rivoj tilab qolaman. Bundanda katta marralarga erishinglar. Omin.

@mnshuz