Get Mystery Box with random crypto!

QANDAY HAYOTNI XOHLAYMAN? 1.Matt D'Avella.You tuber.Mening en | Nurbek Mirzausmonov

QANDAY HAYOTNI XOHLAYMAN?

1.Matt D'Avella.You tuber.Mening eng yoqtiradigan blogerim.U o'zi uchun doim "challenge"lar uyushtiradi.Foydali kontent yaratadi.Bugun yozmoqchi bo'lganlarim uning "Why my life is boring on purpose"(Nega mening maqsadli hayotim zerikarli) videosi haqida.Quyida uning so'zlarini keltiraman:

2."Men blogimni 2016-yil boshladim.Uni boshlashdan oldin o'zimga eng muhim bo'lgan savollardan birini berdim:《Agar men undan topadigan pulimdan qat'iy nazar,biron nimani qila olsam,bu nima bo'lgan bo'lardi?》"

3."Javobimdan hayron qoldim.Men kunimni plyajda kokteyl ho'plab o'tkazishni xohlamayman.Men ijod qilishni,yaratishni,boshqalar bilan aloqada bo'lishni xohlayman.
Albatta men istamaydigan narsalar ham bor:Mening millioner bo'lish istagim yo'q.Ammo ish haqiga(oylikka) yashashni ham xohlamayman.Shuningdek stress va xavotirni ham."

4."Har kuni jismoniy tarbiya bilan shug'ullandim,bir turdagi rejimli ovqat iste'mol qildim,kun tartibim bir xil va bir maromda ishladim.Ular menga uzoq muddatga barqarorlikni saqlab qolishga,kundan-kunga maqsadim sari kichik qadamlar tashlashimga yordam berdi,katta o'zgarishlar qildi.Men xursand bo'lish uchun aeroplandan sakrashim,g'ayrioddiy manzillarga sayohat qilishim,ekstremal sportda qatnashishim shart emas.Menga har-xillikning zaruriyati yo'q".

5.《Instead of wondering when your next vocation is,maybe you should set up a life you don't need to escape from》Seth Godin.
Ya'ni,"Keyingi ta'tilingiz qachonligiga qiziqqandan ko'ra,siz xalos bo'lishingiz zarur bo'lmagan hayot barpo etishingiz kerak".
Matt buni shunday izohlaydi:"Men shunday insonlarni bilamanki,ular dam olish kunlari,ta'tillar,yozni kutib yashashadi.Ammo,agar men,o'zim har kunidan rohatlanadigan hayot qursam nima bo'ladi? Har tongda budilnigim jiringlaganida vahima bilan emas,hayajon bilan uyg'onsam nima bo'ladi?"...

6."Men birgina savoldan keyin men xohlagan hayotni aniqlashtirdim,bu manzilga olib boruvchi maqsadli qadamlarni tashlay boshladim.Balki,siz uchun ham bu savolni o'zingizdan so'rash vaqti kelgandir?"

7."Men o'z kelajagim haqida o'ylasam,chet elda zo'r taomlarni yeyishimni emas,ijod qilish haqida bosh qotiraman.Bu aytganlarimga ko'ra,men umuman ta'til olmayman degani emas.Shubhasiz men ta'tilga chiqaman.Ammo hozir,men uchun odatiylikka qaytish vaqti." deya yakunlaydi.

8.Uning so'zlariga ko'ra,Matt oddiylikni xohlaydi.Unga o'zining ishi,hayot tarzi yoqadi.Uning xohishlari men va siz uchun mos kelmasligi mumkin.Ammo uning uchun bu eng zo'ri.Shunday ekan,biz ham qiziqishlarimizga ko'ra qanday hayot kechirishni tanlashimiz,o'zimizni isloh qilishimiz kerak.Chunki butun boshli umrni stress,siqilish bilan o'tkazishni hech birimiz xohlamaymiz.

9.Plyajda kokteyl ichib kun o'tkazish borasida esa,uni kim ham xohlamaydi.Ammo bu ta'til xolos.U qisqa bo'ladi,umrimizni asosiy qismi esa ish bilan o'tadi.Shu sabab hayotimizni yaxshi o'tkazmoqchi bo'lsak,Seth Godin aytganidek,"ish jarayonimizni isloh qilishimiz kerak".Buning uchun hozirgi ishdan voz kechish shart emas,qilayotgan ishingizga o'zgachalik qo'shsangiz bo'ldi.Qanday qo'shishda esa,balki Mattning videolari yordam berar. Har holda,stress ichida,zerikib,hayotidan nafratlanib,"hozir shunaqa yashayveray,ta'tilda rohatlanaman" deb o'ylash,hayotni xazon qilish xolos.

10.Post so'ngida esa,videoda menga eng yoqqan gapni keltirmoqchiman:《If you're bored with your life,it is not because you're doing the same thing every day,it's because you're doing the wrong thing every day》
"Agar hayotingiz zerikarli bo'lsa,buning sababi har kuni bir xil narsani qilishingiz emas,har kuni noto'g'ri narsani qilishingizdir".
Oxirigacha o'qiganlar uchun katta rahmat!

P.S. Ushbu videoni quyidagi havola orqali ko'rishingiz mumkin:




@mirzausmonov_nurbek