Get Mystery Box with random crypto!

HAMMASI O'YLAGANIMDEK BO'LMASA-CHI? Yaqinda qiziq bir ma'lu | Nurbek Mirzausmonov

HAMMASI O'YLAGANIMDEK BO'LMASA-CHI?

Yaqinda qiziq bir ma'lumotni o'qib qoldim,qutb tadqiqotchilarida shunday bir qoida bor - qutb tomon ketishayotganda yo'lning ma'lum bir qismini bosib o'tishgach,har ehtimolga qarshi, "agar biror kor hol yuz beradigan bo'lsa,kerak bo'lib qoladi" deya, maxsus joylarga oziq-ovqat qoldirib ketishadi.

Yoki yana bir oddiy misol,o'z xavfsizligini o'ylagan inson mashinaga o'tirgandan so'ng,xavfsizlik kamarini taqib oladi.

Bundan maqsad:

Agar voqealar biz o'ylaganimizdek yaxshi,ideal bo'lmasa,omon qolish.

Ya'ni "A" rejaning o'zi yetarli emas:

Mashina avtohalokatga uchrashi,

Kema cho'kishi,

Imtihondan o'tolmasligingiz,

Kutayotgan mashinangiz o'z vaqtida yetib kelmasligi mumkin.

Har holda,bular uchun hech kim kafolat bermaydi-ku.

Agar "A" reja ish bermasa,hammasi barbod bo'lmasligi uchun "B" va "C" planlar bo'lishi kerak.

Ya'ni,ehtiyotkorlik faqat qutb tadqiqotchilariga emas,barcha uchun muhim.

Xalqimiz ham bekorga

" Aqlli inson tinchlik payti urushga tayyorlanadi" degan emas.

Biror ishga kirishishdan oldin,bo'lishi mumkin bo'lgan holatlarni o'ylash,ularga oldindan tayyor bo'lish - eng xavfsiz va to'g'ri yo'l.

@mirzausmonov_nurbek