Get Mystery Box with random crypto!

Bir vaqtlar she'riyatga qiziqib,Musulmon Namozning maqolasini | Nurbek Mirzausmonov

Bir vaqtlar she'riyatga qiziqib,Musulmon Namozning maqolasini o'qigandim.She'riyat o'zi aslida nima ekanligini tushungandek edim o'sha paytlar.

Menga Abduvali Qutbiddin satrlari yoqib qoldi.

Ayniqsa,"O,asal havoni to'yib sipqordim" degan misra o'zgacha tuyulardi,o'zgacha edi.

Keyin bir muddatga she'r o'qishdan uzoqlashib ketdim.Ammo ayrim satrlardan emas.Ulardan biri shubhasiz yuqoridagi misralar.

Ularni nafaqat mutolaa qildim,hatto hayotiy bir "method"ni o'z hayotimga tadbiq ham etdim:

Charchasam,hamma narsalar chalkashib,voqealar tezlashib ketganday,go'yo hech narsaga ulgura olmayotgandek bo'lsam,menga shunday tuyulsa,

Chuqur nafas olaman,to'yib nafas olaman.

Bu menga doim yordam beradi.

Xotirjamlik taqdim etadi.

Keyinroq bilsam,chuqur nafas olishning foydalari ilmiyotda ham isbotlangan ekan.

To'yib nafas olish.Juda oddiy.Ha,juda-juda oddiy.Lekin sizga savolim bor.Oxirigi marta qachon shunday qilganingizni eslolasizmi?

Faqat shoshilib yashaymermasdan,to'xtab,bir zumgagina hamma narsani unutib,tabiatdan rohat olish zarar qilmaydi...

Xullas,

Men ham shu joyida postni yakunlaymanda,telefonni o'chirib,toza havodan bahra olishga shoshilaman

@mirzausmonov_nurbek