Get Mystery Box with random crypto!

Mirsaid Mirsoliyev

Telegram kanalining logotibi mirsaid_mirsoliyev — Mirsaid Mirsoliyev M
Telegram kanalining logotibi mirsaid_mirsoliyev — Mirsaid Mirsoliyev
Kanal manzili: @mirsaid_mirsoliyev
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 89

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 3

2023-03-08 05:09:22 #Tafakkur

Yo'llarni tartibga soluvchi chiroq vaqtinchalik ishlamay qoldi.
Chorrahada turib ichimdan o'tgan gaplar:

-Qara Muhammadali, shu chiroq ishlamasa, ongli ravishda harakatlanadigan, aqlli insonlar boshqaradigan mashinalar 1 daqiqaga bormasdan tirbandlik hosil qiladi. Xaos boshlanadi. Tartibsizlik tufayli harakat to'xtab qoladi.

Yer quyosh atrofida har 365 kunda bir marta to'liq aylanib, yana o'sha nuqtaga keladi. Oy yer atrofida 1 oyda bir to'liq aylanadi. Yer o'z o'qi atrofida 1 sutkada to'liq aylanadi. Hatto bir soatga bo'lsa-da adashmaydi, kechikmaydi.

Boshqa sayyoralar, atroflaridagi yo'ldoshlar, meteoritlar - barchasi tartib bilan harakatlanadi.

Koinotda millionlab gallaktikalar, milliardlab yulduzlar ma'lum qonuniyat va tartibga bo'ysunib harakatlanishadi.

Albatta bu tartibni o'rnatgan, nazorat qiladigan va uni mukammal boshqaradigan ZOT mavjud.
Bandaligingni bo'yningga ol...

Muhammadali Eshonqulov
90 views02:09
Ochish/sharhlash
2023-03-03 09:10:59 Bugun ingliz tilini oʻrganayotgan va IELTS sferasi bilan tanish boʻlganlar uchun kutilmagan(va aslida kutilgan) yangilik e'lon qilindi, ya'ni O'zbekistonda ilk marta overall IELTS 9.0 natijaga erishildi. Bundan quyidagilarni xulosa qilish mumkin:

Aniq maqsad sari qilingan qat'iy va muntazam harakatlar albatta kutilgan natijaga yetaklaydi.

Ilk urinishda kutilgan natijaga erishmasligingiz sizni toʻxtatib qoʻymasin, chunki u siz loyiq boʻlgan va sizga eng xayrli vaqtda erishiladi.

Biror sohada professional boʻlish hali boshqa insonlardan koʻra afzalroq degani boʻlmasa-da(chunki bu insonga qiymat beradigan jihatlardan faqatgina bittasi), bu ayni damda mustahkam iroda kuchi va qat'iy intizomga ega boʻlishni yaqqol ko'rsatadi.

Hamisha oʻz sohasida yetakchi boʻlishga intilish zarur. Bu sizga koʻplab imkoniyatlar berishi bilan bir qatorda qolganlarni ham ruhlantirish va ularga oʻrnak boʻlishingizga sabab boʻladi.

@Mirsaid_Mirsoliyev
74 views06:10
Ochish/sharhlash
2023-03-02 11:58:03
Rasmda Dubaydagi kitob doʻkonlaridan biri tasvirlangan. Siz koʻrib turgan kitoblar esa ChatGPT(sun'iy intellekt) tomonidan oʻzi haqida yozilgan.

Endilikda raqobat faqatgina insonlar orasida emas, inson va sun'iy intellekt oʻrtasida boʻladigan davrda turibmiz.

Demak, yo sun'iy intellekt imkoniyatlarini oʻrganib, ulardan kerakli o'rinlarda foydalanasiz yoki sun'iy intellekt sizning o'rningizni egallaydi, ya'ni siz bajaradigan ishlarni sizdan-da yaxshiroq bajarishni boshlaydi.

@Mirsaid_Mirsoliyev
84 views08:58
Ochish/sharhlash
2023-02-28 18:51:52 #repost

Ilmdan mahrum boʻlish olti sababdan boʻladi:

-Birinchisi, savol soʻramaslik, bilmaganni soʻrab oʻrganmaslik;

-Ikkinchisi, jim turishning yomon koʻrinishda ekani, berilib tinglashning, quloq tutishning yoʻqligi;

-Uchinchisi, yaxshi tushunmaslik, fahmlamaslik;

-Toʻrtinchisi, xotiraning sustligi, yodlab qolishning boʻshligi;

-Beshinchisi, ilmni tarqatmaslik, uni taʼlim bermaslik. Kimki ilmni jamlasa-yu, uni tarqatmasa, Alloh taolo u ilmni unuttirib qoʻyish bilan muvofiq jazolab qoʻyadi.

-Oltinchisi, u ilmiga amal qilmaslik, chunki bilgan ilmiga amal qilish, eslash, zikr qilish, tadabbur qilish, rioya qilishni talab etadi, vojib qiladi. Oʻylab qaralsa, ilmga amal qilishga beparvolik qilinsa, u unutiladi.

@Mirsaid_Mirsoliyev
53 viewsedited  15:51
Ochish/sharhlash
2023-02-26 09:24:42 Balki sen Allohdan gul yaprog'ini istayotgandirsan, aslida Alloh sen uchun gulzorlarni tayyorlab qo'ygandir.

"Izlash", Mehmet Yildiz

@Mirsaid_Mirsoliyev
84 views06:24
Ochish/sharhlash
2023-02-26 09:19:12 Alloh bandadan yuz o'girganining alomati uni manfaatsiz narsaga mashg'ul qilib qo'yishidir.

"Ulamolar nazdida vaqtning qadri", Abdulfattoh Abu G'udda

@Mirsaid_Mirsoliyev
68 viewsedited  06:19
Ochish/sharhlash
2023-02-21 06:33:42 #480

Xalil ibn Ahmad: «Insonlar toʻrtga boʻlinadi: "Birinchisi biladi, bilishini ham sezadi. Bu olimdir. Unga ergashing. Ikkinchisi biladi, lekin bilishidan xabari yoʻq. Bu uyqudadirki, uni uygʻoting. Uchinchisi bilmaydi, lekin bilmasligini anglaydi, farqlaydi. Bu irshodga muhtoj. Uni irshod qiling. Toʻrtinchisi bilmaydi, bilmasligidan ham bexabar. Oʻzini olim hisoblaydi. Bu johil boʻlib, undan qoching", - deganlar.

*Irshod - toʻgʻri yoʻlga boshlash.

Imom Gʻazzoliyning "Mukoshafatul qulub" kitobidan
49 views03:33
Ochish/sharhlash
2023-02-17 03:01:18
Jumaning xayri va barokati sizga bo'lsin, aziz dindoshim!

Payg'ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamga salovot aytishni unutmang:
ALLOHUMMA solli aʼla sayyidina Muhammad

@Mirsaid_Mirsoliyev
68 views00:01
Ochish/sharhlash
2023-02-14 22:01:30 Alloh uchun qilgan ishingizning oxiri xayrdir.
Nafs uchun qilganingiz esa halokatdir.
"Men"(Bas qil, ey nafs)

P.s: Endi navbat "Sir"ga

@Mirsaid_Mirsoliyev
42 views19:01
Ochish/sharhlash
2023-02-13 09:29:45
Sen bilan munozara qilgan har bir kishi bilan munozaraga borishing, aytishgan har bir kishi bilan aytishishing - ilmga nisbatan xiyonatdir.

Imom Shofe'iy rohimahulloh.
78 viewsedited  06:29
Ochish/sharhlash