Get Mystery Box with random crypto!

Mirsaid Mirsoliyev

Telegram kanalining logotibi mirsaid_mirsoliyev — Mirsaid Mirsoliyev M
Telegram kanalining logotibi mirsaid_mirsoliyev — Mirsaid Mirsoliyev
Kanal manzili: @mirsaid_mirsoliyev
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 89

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2023-03-22 16:47:36 Vaqtingizning koʻp qismini olayotgan ishlar uchun pul toʻlashingiz kerak boʻlganda, ularni hozirgidek qilishda davom etarmidingiz?

Telegramda o'qiyotgan har bir postingiz yoki instagramda siz koʻrayotgan videoning har bir soniyasi pullik boʻlganda, sakkiz soatlik uyqungizning har bir daqiqasi uchun maʼlum bir toʻlov to'lansa, ularga hozirgidek vaqt sarflay olarmidingiz?

Biz uchun bepul koʻrinadigan ishlarga aslida eng muhim va qancha qolgani nomaʼlum boʻlgan resurs - vaqtimizni sarflaymiz.

Demak, behuda sarflangan vaqt va energiya tufayli biror xayrli ish qilish imkoniyatini boy beramiz.

Vaqtdan unumli foydalanish har doim muhim, lekin uning ahamiyati Ramazon oyida biz o'ylaganimizdan ham yuqori. Shunday ekan, uni eng goʻzal tarzda oʻtkazishga harakat qilaylik.

Alloh barchamizga ramazon oyini eng samarali va xayrli ishlarga boy tarzda o'tkazishni nasib qilsin.

@Mirsaid_Mirsoliyev
71 viewsedited  13:47
Ochish/sharhlash
2023-03-22 04:40:29 1 kun qoldi...
77 views01:40
Ochish/sharhlash
2023-03-21 15:54:49 Oz qoldi...

@Mirsaid_Mirsoliyev
80 views12:54
Ochish/sharhlash
2023-03-18 16:04:36
Bitiruvchilar o'zlari o'qigan maktabga yangi bino qurib berishdi

Farg'ona viloyati Uchkoʻprik tumanidagi 39-maktabning sobiq oʻquvchilari shu maktab uchun 220 oʻrinli yangi oʻquv binosini qurib, foydalanishga topshirishdi.

Ushbu xayrli ishga 3 milliard soʻmdan ortiq mablagʻ sarflangani aytiladi xabarda.


@xushnudbek
130 views13:04
Ochish/sharhlash
2023-03-18 06:46:59 Aksariyat odamlar ingliz, arab yoki boshqa biror chet tilini oʻrganish xohishlari borligini aytishadi-yu, oʻrganish uchun kuchli ustoz, kursda oʻqish uchun mablagʻ yoki dars tayyorlash uchun vaqtlari yoʻqligini bahona qilishadi. Ha, sabab emas, aynan bahona.

Sababi bugun shunday davrda yashayapmizki, biror tilni, va umuman istalgan sohadagi bilimni eng kamida boshlangʻich darajada bepul manbalar yordamida oʻrganish mumkin.

"Ibrat Farzandlari" shunday foydali loyihalardan biri. Hozirda oʻndan ortiq xorijiy tillarga oid videodarslar muntazam taqdim etib kelinyapti.

Sifatli kontent sodda uslubda berib borilishi tufayli yangi oʻrganilayotgan tildan umuman xabari yoʻq oʻquvchi ham mustaqil oʻrganib borishi mumkin.

Xullas, endi chet tilini oʻrganmasligingizga yagona sabab bu faqat oʻzingiz boʻlishingiz mumkin.

@Mirsaid_Mirsoliyev
118 views03:46
Ochish/sharhlash
2023-03-16 05:50:38 Insonlarni ularning qat'iyatiga koʻra uch toifaga ajratish mumkin.

Birinchisi, baribir oʻxshamaydi degan munosabatda urinib ham koʻrmaydiganlar va ular haq, chunki harakat qilmasdan natija kutishdan naf yoʻq.

Ikkinchisi, balki menda oʻxshar degan fikrda harakat qilib koʻradiganlar. Ularning muammosi shundaki, agar maqsadlariga ilk urinishlarda erisha olishmasa, voz kechishlari ehtimoli yuqori.

Uchinchisi, maqsadga erishguncha harakatdan to'xtamaydiganlar. Ular har bir urinishlarida yoʻl qoʻyilgan xatolarini toʻgʻrilashga va keyingi urinishi avvalgilaridan yaxshi boʻlishiga harakat qilishadi. Aksariyat hollarda aynan uchinchi toifadagilar yakunda maqsadlariga yetishishadi.

@Mirsaid_Mirsoliyev
115 views02:50
Ochish/sharhlash
2023-03-16 05:18:49 Ustozlar aytadilarki, taqdir bu Allohning ilmidir. Uning hukmi emas. Banda o'zi uchun berilgan tanlov masalasida ixtiyorlidir, majburlangan emas.

Ixtiyori berilgan masalada taqdirdan o'pkalash sog'lom aql ishi bo'lmaganidek, ixtiyordan tashqari ishlarda o'zini yoki boshqani ayblash ham noo'rin.

Inchunin, eng to'g'ri manhaj ixtiyori berilgan masalada o'z tanlovi uchun mas'uliyatni zimmasiga olish, ixtiyori berilmagan masalada Allohning irodasiga rozi bo'lish bilan bo'lsa ne ajab!

@javharuz
98 views02:18
Ochish/sharhlash
2023-03-15 05:31:41 Hech qachon faqat biror oliygohga kirish, chet tili yoki boshqa sohalardagi sertifikatni qoʻlga kiritish kabi maqsadlardagina ilm olmang. Maqsadingizga erishgach, harakatdan toʻxtab qolishingiz mumkin. Ilm olish uchun bundan ancha katta maqsadlar mavjud va qachonki harakatlaringiz susaysa, himmatingiz pasaysa, yoki boshqacha aytganda ilm olish uchun motivatsiya yetishmasa, eslang:

Abu Hurayra roziyallohu anhudan dan rivoyat qilingan hadisi sharifda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam “Kim ilm talab qilish yo‘liga tushsa, Alloh unga jannatning yo‘lini yengillashtiradi”, dedilar.

@Mirsaid_Mirsoliyev
46 views02:31
Ochish/sharhlash
2023-03-14 05:25:35 Siz bosayotgan har bir qadam manzilingizga qadar masofa oldida juda kichik tuyulishi, bugun erishayotgan natijalaringiz kutganingizdan kamroq boʻlishi mumkin. Lekin himmatingiz hamisha oliy boʻlishi zarur.

Doimo niyatingiz xolis, himmatingiz oliy, harakatlaringiz esa qat'iy boʻlsin, siz kutgan natija eng munosib vaqtda keladi, InshaAlloh

@Mirsaid_Mirsoliyev
65 views02:25
Ochish/sharhlash
2023-03-14 05:23:36 https://t.me/IkromSharif/3876
65 views02:23
Ochish/sharhlash