Get Mystery Box with random crypto!

Mirsaid Mirsoliyev

Telegram kanalining logotibi mirsaid_mirsoliyev — Mirsaid Mirsoliyev M
Telegram kanalining logotibi mirsaid_mirsoliyev — Mirsaid Mirsoliyev
Kanal manzili: @mirsaid_mirsoliyev
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 89

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 11

2022-06-15 19:11:31
Ilm boylikdan ustun turadi

Ey ilm talabida yurgan Aziz Inson!

Yodingizda bo'lsin, aql-u farosat bilan boylikni topsa bo'ladi. Lekin boylik orqali aql, farosat topish mushkul. Qadringizni biling, va himmatingizni baland tuting.

Hozir ilmga sarflayotgan sarmoyangiz kun kelib eng yuqori foizlarda daromad keltiradi.

@Muhammadali_Eshonqulov
139 views16:11
Ochish/sharhlash
2022-06-07 16:33:26 Bugungi kunda inson bir kunda qabul qiladigan axborotlar(data) soni 15-asrda yashagan inson butun umri davomida qabul qiladigan axborot miqdoriga teng.

Siz ayni damda qabul qilayotgan axborot siz o'ylaganingizdan ko'ra tezroq eskiradi.

Yevropada o'tkazilgan tadqiqot natijalariga ko'ra, har uch nafar insonning biri biror savolga javob topishda o'z bilimiga tayanmasdan, darhol internetdan javob topishga harakat qiladi( Z va alfa avlodda bu ko'rsatkich bundan ham ancha yuqori).

Inson miyasi yangi axborot qabul qilmayotgan vaqtda avvalgi ma'lumotlar qayta ishlanadi va miyadagi neyronlar kengayishi hisobiga bu ma'lumotlar uzoq muddatli xotirada saqlanadi. Navbatda turish, avtobus yoki kimningdir kelishini kutish kabi bo'sh vaqtlarda ham telefondan foydalanish, ijtimoiy tarmoqqa kirish kabi holatlar esa bu bo'sh vaqtdan foydalanish imkoniyatini yo'q qiladi. Sodda qilib aytganda, me'yordan ortiqcha ovqatlanish zararli bo'lgani kabi keragidan ortiq ma'lumotlarni uzluksiz qabul qilish ham salbiy oqibatlarga olib keladi.

@Mirsaid_Mirsoliyev
181 views13:33
Ochish/sharhlash
2022-06-07 11:13:14 Suzishni nima uchun o'rganasiz? Albatta, suzish uchun.
Guvohnomani nega olasiz? Albatta, mashina haydash uchun.
Ilmni nima uchun olasiz? Albatta, amal uchun, amal!
Mehmet Yildiz

@Mirsaid_Mirsoliyev
140 views08:13
Ochish/sharhlash
2022-05-27 12:02:25
Maqsadga erishishning eng tez va qulay yo'li katta maqsadlar qo'yib, ularga birdan erishishga harakat qilish yoki ularni amalga oshirish uchun qulay fursat kelishini kutish emas, balki oz-ozdan bo'lsa-da, muntazam ravishda harakat qilishdir.

Yangi til o'rganmoqchimisiz, uni 3 oyda mukammal o'rganishni mo'ljallab, ko'p o'tmay harakat qilishni to'xtatgandan yoki bo'sh vaqtingiz bo'lganda kuchli tayyorgarlik ko'rishni reja qilgandan ko'ra, bugunoq 20 ta yangi so'z o'rganishni, shu tilda 10 bet kitob o'qishni boshlang. Qarabsizki, 1 yil o'tmasdan 7000 dan ortiq lug'at boyligiga ega bo'lasiz, taxminan 20 ga yaqin chet tilidagi kitoblarni o'qib tugatasiz.

Har kuni 8 soat vaqtingizni uyquga sarflayabsiz va kamroq uxlashni xohlaysizmi, ertadan boshlab 4 soatdan uxlashni boshlab, 1 haftada avvalgi holatingizga qaytmaslik uchun, uyqu vaqtingizni har kuni 2 daqiqaga kamaytirib boring va natijada har oy 1 soat ko'proq vaqtga ega bo'lasiz.

@Mirsaid_Mirsoliyev
246 views09:02
Ochish/sharhlash
2022-05-27 10:40:02 So'nggi vaqtlarda turli qiziqarli faktlarni yoritib borituvchi kanallar ko'payib bormoqda. To'g'ri bular ham bilim,lekin hech qanday amaliy foydasi yo'q. Elon Muskning boyligi 200 milliard dollardan ko'pligi, telefonlarning yangi modellari narxlari yoki kolibri qushi soniyasiga necha marta qanot qoqishi haqidagi ma'lumotlarni o'qiyotganda o'zingizga shu savolni berib ko'ring :

Bularni bilish mening hayotimni ijobiy tomonga qanchalik o'zgartiradi?

Xo'sh bu faktlar hech qanday muammongizni hal qilmadimi,yaxshisi ulardan voz keching.
O'zi umrimiz qisqa, undan unumli foydalanish uchun o'rganadigan bilimlarimiz shularsiz ham yetarli.

@Mirsaid_Mirsoliyev
157 viewsedited  07:40
Ochish/sharhlash
2022-05-22 20:41:11 Finlandiya Butunjahon baxtlilik indeksi bo'yicha 2016-2021-yillarda 5 marotaba eng baxtli mamalakat deb e'lon qilingan va aniqki, bu tasodif emas.
"Oq nilufarlar yurtida" uzoq yillar mustamlakachilik davrini boshidan kechirgan, ulkan hududlar va tabiiy boyliklarga ega bo'lmagan fin xalqi qanday bu darajaga erishganini tasvirlab bergan ajoyib asar. Jamiyada ijobiy o'zgarishga sabab bo'lishni istagan barcha bu kitobni o'qishini tavsiya qilaman.

@Mirsaid_Mirsoliyev
180 views17:41
Ochish/sharhlash
2022-05-22 20:38:22
G.Petrov, "Oq nilufarlar yurtida"

@Mirsaid_Mirsoliyev
158 viewsedited  17:38
Ochish/sharhlash
2022-05-22 13:56:42
G.Petrov, "Oq nilufarlar yurtida"

@Mirsaid_Mirsoliyev
449 views10:56
Ochish/sharhlash
2022-05-22 11:49:58
Finlandiyaning xaqaro ta'lim sifati bo'yicha doimo birinchi o'rinni egallashining ba'zi sabablari:
✓ Maktabdan tashqari omillar muvaffaqiyatga katta ta'sir qiladi. Agar madaniyat, siyosat va odamlar kayfiyati yaxshi bo'lsa, muvaffaqiyat o'z-o'zidan keladi.
✓ Jamiyat bolalarni qanchalik ko'p qo'llab-quvvatlasa, ta'lim sifati shunchalik yuqori bo'ladi.
✓ Barchaga ta'lim olish imkoniyatlarini teng ravishda taqdim etish bilan birga, tizimda professional o'qituvchilar dars beradi.
✓ Har bir o'quvchiga xos bo'lgan moslashuvchan ta'lim modeli mavjud(standart ta'lim emas).
✓ O'quvchilarga uy vazifasi berilmaydi, chunki o'qish joyi faqat maktab deb hisoblanadi.
✓ Finlandiyada o'qituvchilarga madaniyatni mamlakatning har bir burchagiga olib boradigan odamlar sifatida qarashadi.

"Oq nilufarlar yurtida"

@Mirsaid_Mirsoliyev
148 views08:49
Ochish/sharhlash
2022-05-13 05:06:09
Jumaning barokati sizga mukammal yog'ilsin, aziz dindoshim!

Payg'ambarimiz Muhammad (s.a.v.)ga salovot aytishni unutmang:
ALLOHUMMA solli aʼla sayyidina Muhammad

@Mirsaid_Mirsoliyev
191 views02:06
Ochish/sharhlash