2023-01-09 10:37:10
Energetika vazirligi Matbuot shtabi is gazidan zaharlanish va gazdan foydalanishda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan baxtsiz hodisalardan ogohlantiradi
Hurmatli vatandoshlar, gaz jihozlaridan foydalanishda quyidagilarga rioya qilishingizni so‘raymiz:
isitish mavsumi boshlanishidan oldin binoning mo‘ri va havo almashish yo‘laklarini mutaxassislar tomonidan texnik ko‘rikdan o‘tkazilishini taʼminlang;
gaz jihozlarini o‘zboshimchalik bilan tarmoqqa ulamang va joyini o‘zgartirmang;
nosoz isitish qurilmalari va gaz jihozlaridan foydalanmang, mutaxassis ishtirokisiz gaz jiholarini taʼmirlashga yo‘l qo‘ymang;
gaz jihozlari va isitish qurilmalari joylashgan binolarda havo almashish kanallarining doimiy ochiq holatda bo‘lishini taʼminlang;
mo‘ri va havo almashish yo‘llarining texnik jihatdan soz bo‘lishini taʼminlang, gaz jihozlari va isitish qurilmalarini qarovsiz qoldirmang;
yosh bolalarning gaz jihozlaridan foydalanishiga yo‘l qo‘ymang;
gaz jihozlari joylashgan xonadan dam olish va uxlash maqsadida foydalanmang;
tabiiy gaz sizib chiqishi holatini aniqlash uchun ochiq olovdan foydalanmang;
gaz quvurlariga har xil so‘rg‘ichlar o‘rnatilishiga yo‘l qo‘ymang;
gaz plitasidan kiyimlarni quritish va boshqa maqsadlarda foydalanmang;
bino ichida gaz hidini sezsangiz elektr jihozlarini yoqib o‘chirmang, gugurt yoqmang, xonani zudlik bilan shamollating hamda tumangaz taʼminoti bo‘limiga (104) qo‘ng‘iroq qiling.
@minenergy_uz
424 views07:37