2022-12-26 13:43:52
Mirobod tumani "Furqat" bog‘ida 26 dekabrdan Yangi yil bayram tadbirlari boshlandi!
Hurmatli Mirobod tumani aholisi!
"Furqat" nomli madaniyat va istirohat bog‘ida bugun 26 dekabrdan Yangi yil bayram tadbirlari boshlandi!
Bunda Siz azizlar, konsert dasturlari va teatrlashtirilgan tomoshalardan bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Tadbirlar dasturi quyidagicha:
13.00-14.00 - Musiqiy ohanglar (Mirobod tumani Madaniyat bo‘limi ijodiy jamoasi)
14.00-15.00 “O‘zbek davlat sirki” davlat muassasasi chiqishlari
15.00-16.00 Yangi yilga bag‘ishlangan multfilmlar namoyishi (“O‘zbekkino” milliy agentligi)
16.00-17.00 Estrada yulduzlarining konsert dasturi (“O‘zbekkonsert” DM)
17.00-18.00 “Yangi yil sarguzashtlari” - “DIYDOR” yoshlar eksprimental teatr-studiyasi
18.00-19.00 O‘zbekiston davlat filarmoniyasi ijodiy jamoalarining konsert dasturi
Shuningdek, kun davomida: boshlovchilar chiqishi va harbiylar parad bo‘lib o‘tadi
Barchangizni Yangi yil sayliga taklif etib qolamiz!
| Facebook | Telegram | Youtube | Web-site|
1.1K views10:43