Get Mystery Box with random crypto!

​​ Buyuk Musavvirning yaratgani ! Quyidagi rasm inson hujay | Qur'on Mo'jizalari 🔍

​​ Buyuk Musavvirning yaratgani !

Quyidagi rasm inson hujayrasining hozirgacha olingan eng so‘nggi tasviri.

Rasmda bitta hujayraning ichki tuzilishi aks etgan. Xuddi ichida turli dizayndagi "korxona" "xiyobon" "rang-barang daraxtlari" bor shaharga o‘xshaydi.

Bizning hujayralar hech qachon shakllanishdan to‘xtamaydi. Hujayralar tananing qurilish bloklaridir. Har soniyada inson tanasi 25 million yangi hujayra ishlab chiqaradi. Taqqoslash uchun, tanamiz har 13 soniyada Amerika Qo‘shma Shtatlar aholisi sonidan ko‘proq hujayra ishlab chiqaradi.

Voyaga yetgan inson tanasida taxminan 40 trilliondan ortiq hujayra bor.

Mikroskopsiz ko‘rib bo‘lmaydigan darajadagi hujayraning ichiga bizga ma’lum va noma’lum narsalarni joylab, har biriga vazifasini yuklagan Alloh taolo buyuk, pok zotdir!

Alloh taolo Qur’oni Karimda shunday deb marhamat qilgan: «Ularga ham ufqlardagi, ham o‘zlaridagi oyat(belgi)larimizni yaqinda ko‘rsatamiz. Toki, ularga uning haqligi ravshan bo‘lsin. Robbing har bir narsaga shohid ekani kifoya qilmasmi?!» (Fussilat surasi, 53-oyat).

Alloh taolo bu oyatda bizni o‘rab turgan borliqda va tanamizda O'zining borligiga va birligiga dalolat qiladigan dalillar, ishoralarni kelajakda namoyon qilishini bayon etyapti. Ushbu dalillar, ishoralarni o‘rgangan va ular haqida tafakkur qilganlarga Qur'oni Karimning ilohiyligi va Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning haq payg‘ambarliklari oydinlashadi.

Hujayraning asosi bo‘lgan sitoplazmaning 80 foizi, ko‘plab organizmlar 50-90 foiz suvdan tarkib topgani ma’lum bo‘ldi. Tanamizning taxminan 70 foizi, miyamiz, ko‘zimizning asosiy qismi suvdan iborat.

Alloh taolo Qur’oni Karimda shunday deb marhamat qilgan: «Kufr keltirganlar osmonlaru yer bitishgan bo‘lganini, bas, ularni ochganimizni va suvdan har bir tirik narsani qilganimizni bilmaydilarmi? Iymon keltirmaydilarmi?» (Anbiyo surasi, 30-oyat).

Suvdan yaratilgan barcha jonzotlar, o‘simliklar yashashi uchun suvga ehtiyoj sezishini barchamiz bilamiz. Demak, yaratilishimiz ham suvdan, yashashimiz uchun ham suvga ehtiyojimiz bor.

Alloh taolo barchamizni O‘zining hidoyatidan ayirmasin va xotimamizni chiroyli qilsin!

www.islom.uz | www.quran.ksu.edu.sa
(Internet ma'lumotlari asosida Nozimjon Hoshimjon tayyorladi.)


@miracles_of_quran