Get Mystery Box with random crypto!

​​ Saraton kasalligi Allohning irodasidan boshqa narsa emas ! | Qur'on Mo'jizalari 🔍

​​ Saraton kasalligi Allohning irodasidan boshqa narsa emas !

AQSH olimlari saratonning aksar ko‘rinishlari chekishga o‘xshash odatlar tufayli emas, balki turli tasodiflar orqali kishida paydo bo‘lishi mumkin, degan xulosaga kelishdi. Amerikalik fiziologlar tomonidan aynan shu masala yuzasidan olib borilgan tadqiqotlar, nega odam organizmidagi ayrim hujayralar saratonga qarshi himoyalanmagan bo‘ladi, degan savolni tug‘dirdi.

«Science» jurnalida chop etilgan maqolada yozilishicha, saratonga chalinish holatlarining uchdan ikki qismi tasodifiy mutatsiya natijasida yuz berarkan.

Buyuk Britaniya fondi hisoblangan «Cancer Research UK» shuni ma’lum qildiki, nosog‘lom turmush tarzi saraton xavfini oshiruvchi eng asosiy omillardan biri hisoblanar ekan.

AQSHda 6,9 % aholi saratonning yengil ko‘rinishi bilan, 0,6 % miya saratoni bilan hamda 0,00072 % aholi esa ovoz yo‘llari saratoni bilan og‘rigan.

Chekish va o‘zida zaharli moddalarni mujassamlashtirgan tamaki tutuni o‘pka saratonini keltirib chiqargani ko‘p kuzatilgan. Bu vaziyatda miyaga qaraganda hazm qilish organlari turli zaharli moddalarga ko‘proq duch kelar ekan. Lekin shunday bo‘lsada, ichakdagi saraton shishlariga nisbatan miyadagi shishlar uch baravar ko‘p uchraydi.

Jon Xopkins nomidagi Universitetning tibbiyot fakulteti va Bloomberg jamiyat salomatligi instituti olimlari bu muammo aslida turli hujayralar almashinuviga bog‘liq ekanligini aniqlashdi. Xavfli jarayon inson organizmida yemirilgan va yaroqsiz holga kelgan hujayralar doimiy almashinib turadi. Mana shu almashinuv jarayoni sodir bo‘layotgan davrda saratonli mutatsiyaga uchrash xavfi kuchayadi.

Hujayralarning katta tezlikda rivojlanishi terining holatiga bog‘liq. Masalan, ichak terisinining hujayralari miyanikiga qaraganda bir necha barobar tez tiklanadi.

Bir guruh fiziolog olimlar 31 xil terini hamda insonning hayot davomida saraton shishlariga moyilligini o‘rganib chiqishdi. Tadqiqot natijasida, shunday xulosaga kelishdiki saraton xavfining uchdan ikki qismi hujayralar almashinuvi davriga to‘g‘ri kelar ekan. Hech qanday tashqi muhitga emas. Shuningdek, miyadagi va oshqozon osti bezidagi shishlar bir necha xil bo‘lar ekan.

Olib borilgan izlanish mualliflaridan biri onkologiya professori Kristian Tomasettining fikricha, "Yaxshi profilaktika ishlarini olib borish bilan saratonning oldini olish mumkin ekan."«Agar saraton shishlarining uchdan ikki qismi hujayralarning bo‘linishi va almashinuvi natijasida hosil bo‘lishini hisobga oladigan bo‘lsak, mutaxassislarga tekshirtirib, kasallikning oldini olsa bo‘ladi, deb hisoblayman», - deydi u.

Demak, saraton kasalligining uchdan ikki qismi yuqorida aytib o‘tilgan jarayon natijasida yuzaga keladigan bo‘lsa, qolgan bir qismi barchaga ma’lum sabablar tufayli paydo bo‘ladi:
— Ultrabinafsha nurlari natijasida hosil bo‘ladigan melanoma - teri saratoni;
— Chekish sababli yuzaga keladigan - o‘pka saratoni;
— Noto‘g‘ri ovqatlanish tufayli va bir qancha genetik omillar ta’sirida ovqat hazm qilish organlarida paydo bo‘ladigan yo‘g‘on ichak saratoni bunga misol bo‘la oladi.

«Cancer Research UK» xayriya jamg‘armasi o‘tkazgan mustaqil tekshiruvlar shuni ko‘rsatdiki 40 % saraton kasalligi tashqi muhitning ta’siri asosida paydo bo‘ladi.

Fondning ijtimoiy aloqalar vakili doktor Emma Smitning ta’kidlashicha, noto‘g‘ri ovqatlanish jarayonidagi semizlik, chekish va spirtli ichimliklar ichish insonda saratonning turli ko‘rinishlarini paydo bo‘lishiga olib keladi.

Sarvar Anvar o‘g‘li tarjimasi

Qo'shimcha ma'lumotlar:

- Saraton hujayralarining bo'linishi.
- Saraton hujayralarining hosil bo'lishi.
- Saraton kasalligini davolashning yangi usuli.
- Saraton bilan sinovga olgan Allohga hamd bo'lsin !


@miracles_of_quran