Get Mystery Box with random crypto!

​​ Chaqaloqning tanglayini ko'tarishning ilmiy dalillarga aso | Qur'on Mo'jizalari 🔍

​​ Chaqaloqning tanglayini ko'tarishning ilmiy dalillarga asoslangan foydasi.!

Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamning go‘zal bir sunnatlari g‘arb olimlarining ilmiy tadqiqotlarida o‘z tasdig‘ini topdi. Bu haqda Islam-Today sayti xabar berdi.

Fanda "tahnik", ya’ni chaqaloqning tanglayini ko‘tarish sunnatining foyda ekani ma’lum bo‘ldi. Musulmonlarda keng tarqalgan tahnik sunnati chaqaloqning og‘ziga biroz chaynalgan xurmo yoki boshqa mevani solib, tanglayiga surtish bilan ado etiladi.

Imom Muslim rivoyat qilgan hadisi sharifga ko‘ra, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga yangi tug‘ilgan chaqaloqni ko‘tarib kelishsa, u zot bolaning haqqiga duo qilib, xurmo chaynab, uning tanglayini ko‘tarib qo‘yardilar. 1/237

Ma’lumki, mo‘min-musulmonlar Islomdagi har bir hukm va ko‘rsatmani Alloh taoloning amri, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sunnatlari deb, ixlos bilan, savob umidida ado etadilar. Bundan boshqa hech qanday moddiy yoki boshqa manfaat kutmaydilar. Zero, Qur’onga va Sunnatga amal qilishning ajru savobi butun olamdagi har qanday manfaatdan ulug‘ va ustundir.

Ammo Parvardigorimizning cheksiz rahmati tufayli shariatimizning har bir ko‘rsatmasi zamirida olam-olam manfaatlar – axloqiy, ijtimoiy, iqtisodiy, tibbiy va boshqa ko‘plab foydalar yotadi.

— Zamonaviy ilm-fan rivojlanib borgan sari, shar’iy hukmlarning bu jihatlari tobora ko‘proq kashf qilinmoqda. Ana shunday sunnatlardan biri bu — tahnikdir. Bu sunnat amalini tibbiy foydalarini aniqlash sharafi bir guruh g‘arb olimlariga nasib etdi.

Buyuk Britaniyaning VVS korporasiya tomonidan efirga uzatilgan bir ko‘rsatuvda ekspertlar «chaqaloqning og‘ziga, lunjining ichkarisiga surilgan shakar eritmasi muddatidan erta tug‘ilib qolgan bolaning miyasini shikastlanishdan asraydi» degan fikrni ta’kidlab chiqishdi.

— Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, chala tug‘ilgan har o‘nta chaqaloqning birida gipoglikemiya, ya’ni qonda qand moddasi miqdorining juda kamligi kuzatilar ekan. Agar bu holat o‘nglanmasa, chaqaloqning miyasiga shikast yetar ekan.

Yangi Zelandiyalik shifokorlar yuqoridagi kabi lunjiga shakar eritmasi surilgan 242 nafar yangi tug‘ilgan chaqaloqning qonini tekshirib ko‘rib, ko‘zlariga ishonmay qolishdi. Natija misli ko‘rilmagan darajada edi!
Klinik tadqiqotlarning natijalari The Lancet nashrida chop etildi.

Tadqiqot guruhining rahbari, Oklend Universiteti professori Jeyn Xarding xonimning aytishicha, dekstroza (d-glyukoza) eritmasi bilan bajariladigan bu muolaja atigi 1 funt turadi va chaqaloqning tomiriga glyukoza yuborishdan ko‘ra anchagina oson va xavfsiz amalga oshiriladi. «Chala tug‘ilgan chaqaloqlarni tinimsiz ovqatlantirib turish gipoglikemiya xavfini to‘liq bartaraf qila olmaydi, shuning uchun ko‘pincha glyukoza tomir orqali yuboriladi», deydi u. Bundan tashqari, dekstroza eritmasi gipoglikemiyaga chalingan chaqaloqlarga kuchli ovqatlanishdan ham ko‘ra yaxshiroq samara beradi.

London Universiteti qoshidagi kollejning Ayollar salomatligi instituti xodimi Neyl Marlouning fikricha, mutlaqo arzonga tushadigan, samarasi tajribalarda o‘z isbotini topgan dekstroza eritmasi bilan davolash usuli shifokorlar tomonidan majburiy ravishda qo‘llanilishi lozim.

Ilmiy o‘rganishlar shuni ta’kidlaganki, tanglay ko‘tarishning quyidagi manfaatlari ham bor:

Og‘iz mushaklarini baquvvat qiladi;
Tilning tanglay, ikki jag‘ ila faol harakatiga sabab bo‘ladi;
Go‘dakni ko‘krakni og‘izga olishga tayyorlaydi;
Go‘dak sutni ichiga kuchli tarzda tortishiga yordamlashadi;
Hazm sistemasiga qon aylanish faolligini ta’minlaydi;
Yutish va emish a’zolarini tabiiy harakatga keltiradi;
Tanglay ko‘tarish asnosida go‘dak halqumining yuqori shifti presslanishining og‘izga tabiiy shakl berish hamda go‘dak gapirishni boshlayotganda harflarni o‘z o‘rnidan chiqarishi, to‘g‘ri talaffuz qilishga katta ijobiy ta’sir qiladi!

www.islom.uz


@miracles_of_quran