Get Mystery Box with random crypto!

​​ Balchiq haqidagi haqiqatlar ! Balchiq deganda hammamizni | Qur'on Mo'jizalari 🔍

​​ Balchiq haqidagi haqiqatlar !

Balchiq deganda hammamizning ko‘z o‘ngimizga chivin bosgan, yuqumli kasalliklar uyasi bo‘lmish botqoqliklar keladi. «Balchiqdan eng go‘zal sopol ashyolar qilinadi», deguvchilar ham bor.

Holbuki, balchiq bo‘lmaganda, na elektronika ilmi dunyoga kelardi, na qit’alararo va sun’iy yo‘ldoshlararo aloqa bo‘lardi. Hatto XX asrning ulkan kashfiyoti bo‘lmish kompyuter ham ishlab chiqarilmagan bo‘lardi. Elektronik unsurlarning (diod, tranzistor, rezistor va hokazo) asosi bo‘lgan yarim o‘tkazgichlar balchiqdan boshqa narsa emasdir. O‘zaro simaloqalarda yangi yo‘l ochgan «super o‘tkazgichlar» ham balchiqning bir mevasidir.

Balchiq yaxshi bir katalizatordir. Neftni qayta ishlashda tezlashtiruvchi vazifasini bajaradi. Zaharni so‘rib oladi. Zaharli moddalarning zahrini yutib, ularni zararsizlantiradi. Yana bir muhim xususiyati – u kuchli bir radiaktiv so‘ruvchidir. Radiaktiv unsurlarning nurlarini so‘rib, atrof-muhitga yetkazishi mumkin bo‘lgan zararini kesadi.

Balchiqda hayot bor !

Doktor Leyl M.Koyne shunday deydi: «Sokin va turg‘un bo‘lib ko‘ringan balchiq aslida ichi harakatga to‘la, sirli bir dunyodir. Balchiqning bir bo‘lagiga bolg‘a bilan urdim. Laboratoriyada bir oy davomida ultraviol quvvat vujudga keltirganini kashf qildim. Balchiqning yuksak bir quvvat manbai ekanini ko‘rib, hayratga tushdim».

Balchiq kristall unsurlardan tashkil topgan. Kristall molekulalari lavha yoxud yaproq shaklida tizmalar hosil qilgan. Ularda ion tizmasi kuzatiladi. «Kimyoviy reaksiyani boshlovchi» degan nom berilgan bu ionlar balchiqning har bir jinsida o‘ziga xos dasturga ko‘ra harakat qiladi. Bu vazifasi bilan balchiq ho‘jayralardagi unsurlarni esga soladi. Chunki unsurlar ham xujayralarda kuchaytiruvchi vazifasini bajaradilar.

• Balchiq o‘zini yangilaydimi ? Tadqiqotlardan ma’lum bo‘ldiki, tashqi ta’sirdan balchiqning ion tizmalari buzilsa, sal vaqt o‘tib, kristall lavhalar yana qaytadan ion tizmalarini tiklar ekan.

Jeym Gleykning fikricha: «Balchiqning kristall lavhalari ustidagi ion tizmalarining harakati shaxmat taxtasidagi toshlarning mantiqli bir harakati kabidir».

Leyl M.Koyn esa quyidagilarni ta’kidlaydi: «Balchiqning kristall tuzilishi sobit emas. Molekula tizmasi sobit bo‘lgan kristallar oppoq qog‘oz singaridir. Atrofdan ta’sirlanish faqat ion zanjirlarining harakatiga, ya’ni elektrik oqimiga bog‘liq bir holatdir. Hayotning eng oddiy faoliyati ham atrofdan quvvat olish va undan foydalanishdan iborat. Keyingi bosqich esa o‘zini yangilashdir. Bu har ikki faoliyatning balchiqda borligi hayotning balchiqdan boshlangani haqidagi nazariyani yanada kuchaytiradi».

Doktor X. Xartman nazarda tutgan «Hayotga hayot bag‘ishlovchi» u narsa – oyat va hadislar bildirgan ruhdir. Ruh harakatining mohiyatini esa inson zoti tushunolmaydi.

Alloh taolo Isro surasida shunday marhamat qiladi:

«Va sendan ruh haqida so‘rarlar. Sen: «Ruh Robbimning ishidir. Sizga juda oz ilm berilgandir», deb ayt» (85-oyat).

Ruh, uning mohiyati va unga tegishli boshqa narsalar Allohning ishi, bandaning ishi emas. Banda qanchalik maqtanmasin, ilmi ozdir: «Sizga juda oz ilm berilgandir».

Bandaning o‘zidagi ana shu oz ilm bilan gerdayishi ham olamni buzadi. Aslida esa o‘z idroki yetadigan, o‘ziga foyda keltiradigan narsalarni bildirgan Alloh taologa shukr etib, qolganini U Zotga havola qilishi kerak edi. Insonning hamma narsasi cheklangandir. Jumladan, aqli, idroki ham mahduddir. U aqli, idroki doirasidagi ishlar ila shug‘ullanib, undan tashqaridagi narsalar xususida behuda bosh qotirmasligi kerak. Bular qatoriga ruh masalasi ham kiradi.

Hozirgacha insonning ruh haqida biror narsa bilish uchun qilgan barcha harakatlari behuda ketdi. Ruh haqida hech narsa bila olmadi. Inson ruh haqida bilgan birdan-bir narsa Alloh yuborgan vahiy, xolos.

“Qur'on va Sunnatdagi ilmiy mo'jizalar” kitobidan


@miracles_of_quran