Get Mystery Box with random crypto!

​​ Zamzamning har bir kristali KA’BA shakliga o‘xshashi ma’lu | Qur'on Mo'jizalari 🔍

​​ Zamzamning har bir kristali KA’BA shakliga o‘xshashi ma’lum bo‘ldi !

Zamzam suvi kristallarining shakli sizni ham hayratga soladi. Zamzam suvi cherkovlarda chalinadigan "qo‘ng‘iroq" ovozidan qorayadi, azon aytilganda yoki Qur’oni karim o‘qilganda esa tiniqlashadi. Cho‘lning o‘rtasida to‘rt ming yildirki, buzilmay, ifloslanmay, ichida begona o‘tlar o‘smasdan oqayotgan bu muqaddas suv har yili umra va hajga kelgan millionlab musulmonni to‘ydirmoqda. Jannatdan oqib kelgan deb e’tiqod qilinadigan Zamzam suvi haqida TRT telekanali hujjatli film tayyorladi.

Ushbu filmni suratga olish mobaynida Zamzam va uning kristallari haqida tadqiqot o‘tkazgan g‘ayrimusulmon olimlar bu buloqning sirlaridan voqif bo‘ldilar.

Germaniyalik doktor Knut Pfayffer (Dr. Knut Pfeiffer) ana shunday olimlardan biridir. Reyn daryosi suvidan ichgan kishining kuch-quvvati kamayganini hujjatlar bilan tasdiqlagan doktor Pfayffer Zamzam suvini tadqiq etish natijasida bu suvdan ichgan kishining rohatlanishini isbotladi.

Zamzam suvining bir piyolasi bir chelak suvni tozalaydi. Tadqiqotlarini chuqurlashtirgan nemis doktori o‘zini ham qattiq ajablantirgan bir holni kashf etdi. Pfayffer buni shunday izohlaydi: «Zamzam suvi har qanday sharoitda asl holatini o‘zgartirmaydi, ammo boshqa narsalarni o‘zgartiradi». Nemis olimi quyidagilarni ta’kidlaydi: «Juda ajoyib tajriba qildim. Bir tomchi Zamzam suviga yuz tomchi oddiy suvdan aralashtirdim. Qarasam, bu suv butunlay Zamzam suviga aylanibdi. Keyin bir tomchi Zamzam suviga ming tomchi oddiy suvdan aralashtirdim. Bunda ham oddiy suvning hammasi Zamzam suviga aylanganini ko‘rdim.

Ovozlar Zamzam suvini o‘zgartiradi. Tadqiqotlarga ko‘ra, Zamzamning ilk otilib chiqqan yerdagi issiqligi 37° C darajadir.

Qaysi niyat bilan ichilsa, o‘sha dardga shifo bo‘ladigan va 66 nomga ega bo‘lgan Zamzam suvi ovozlarga ko‘ra o‘zgarib turadi. Buni Yapon olimi Doktor Masura Emoto isbotlagan.

Zamzam suvi kristallarini ilk marta mikroskopda tadqiq etgan Doktor Emoto Zamzam suviga turli ovozlarning ta’sirini o‘rgangan. Zamzam suvining molekulyar (kristall) tartibining farqli ovozlarda o‘zgarib turishini o‘rgangan Yapon olimi bu suv rangining cherkovlarda chalinadigan qo‘ng‘iroq ovozidan qorayishini, azon va Qur’oni karim o‘qilganda esa tiniqlashishini tasdiqladi.

Tadqiqotlarda suvning har bir kristali Ka’ba shakliga o‘xshashi ham ma’lum bo‘ldi. Zamzam suvi haqida yozgan kitobi Yaponiyada eng ko‘p sotilgan kitoblar orasidan o‘rin olgan Doktor Emotoning fikricha, Zamzam suvi fizikaviy va kimyoviy xususiyatlari jihatidan dunyodagi butun suvlardan farqlidir.

Doktor Emotoning aytishicha, Zamzam suvi o‘zining atrofidagi butun jarayonlarni hofizasiga oladi. Uning tarkibi boshqa suvlardan juda ham farqlidir. Bu uning dunyodagi boshqa moddalardan ustunligiga dalolat qiladi. «Musulmonlar xasta odamni davolashda nega Qur’oni karimni o‘qib, suvga dam urishlarini endi yaxshiroq tushunmoqdaman», deydi olim.

Jahon Sog‘liqni saqlash tashkilotining xulosasi.

Bu xulosaga ko‘ra, Zamzam suvi ichishga yaroqli va sog‘liq uchun foydali suvdir. Amerikada o‘tkazilgan tadqiqotlarga ko‘ra, dunyodagi mikroorganizm va bakteriyalar bo‘lmagan yagona suv Zamzam suvidir. Ovro‘padagi laboratoriya tadqiqotlari esa yuqumli kasalliklarga qarshi ta’sirchan bo‘lgan Zamzam suvida uglevodorod va oltingugurt moddalarining boshqa suvlardagiga nisbatan kamroq miqdorda ekanligini va bu suvning to‘ydirish xususiyati juda katta ekanligini ko‘rsatgan.

“Qur'on va Sunnatdagi ilmiy mo'jizalar” kitobidan

Zam-zam suvi haqida batafsil ma'lumotlar

@miracles_of_quran