Get Mystery Box with random crypto!

​​ Aksirish ham bir ne’matdir ! Abu Hurayra roziyallohu a | Qur'on Mo'jizalari 🔍

​​ Aksirish ham bir ne’matdir !

Abu Hurayra roziyallohu anhu rivoyat qiladilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: “Alloh taolo aksirishni yaxshi ko‘radi, esnashni esa yomon ko‘radi. Qachonki, biror shaxs aksirsa va “Alhamdulillah” desa, uni eshitgan musulmon zimmasida, unga “Yarhamukalloh” deyishi haq (shart) bo‘ladi. Esnash esa shayton tarafidan bo‘ladi. Qachonki, biror kimsaga esnash kelsa, imkon boricha uni qaytarsin. Negaki, inson qachon esnasa, shayton kuladi, ya’ni xursand bo‘ladi. Shuning uchunki, esnash yalqovlik va g‘aflat belgisidir. Shayton esa bu kabi ishlarni yaxshi ko‘radi” (Imom Buxoriy rivoyati 5870).

Hind olimlaridan Professor Nasrulloh Xon aytadilar: “Bir Britaniyalik Doktor musulmonlarning Payg‘ambari sollallohu alayhi vasallamning: “Biror musulmon aksirsa va “Alhamdulillah” desa, uning yonida o‘tirgan musulmon “Yarhamukalloh” desin, aksirgan esa yana javobda, «Yahdikumulloh» desin degan xadisi shariflarini o‘qib, o‘ylab qoldi: «Bir oddiygina ish uchun shuncha duo o‘qishning sababi nima?»

U tadqiqot olib bordi va shu narsa ma’lum bo‘ldiki, shuncha duo o‘qish ortiqcha, behuda ish emas, balki, Alloh taologa shukrdir. Chunki, tadqiqotdan shu narsa yuzaga keldiki, ba’zan inson miyasining qon tomirida havo turib qoladi. Alloh taolo uni chiqarib yuborish uchun bir bosimni joriy qilgan.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, aksirish burun teshigi hamda nafas muskullarining tebranishli harakati bilan havoni bir onda og‘iz va burundan chiqarish hodisasi.

Aksirish bilan vujudimizda:

Oddiy nafas olish bilan chiqmagan o‘lik havo chiqib ketadi.
Yurak millisoniyalar ichida to‘xtab, yana ishga tushadi.
Vujuddagi ba’zi zararli toksinlar tashqariga chiqib ketadi.
Miya va yurak tomirlari kengayadi.
Ko‘zyoshi kanallari ochiladi.

Shunday qilib, aksirish bosimi orqali, o‘sha havo burun yo‘lidan tashqariga chiqib ketadi. Agar havo chiqmay, turib qolsa, inson falaj (shol) bo‘lib qolish xavfi bo‘ladi. Shuning uchun aksirgan inson «Alhamdulillah» deyishi, Alloh taologa bu ne’mat uchun shukr qilishi kerakdir.

“Bugungi saboq” kitobidan.
Abdulqayyum Komil tarjimasi

Qo'shimcha ma'lumotlar.

Nimaga aksirish paytida ko'zimizni yumamiz?
Aksirganda hamd aytish !
Aksirgandagi havo tezligi
Video lavha


@miracles_of_quran