Get Mystery Box with random crypto!

​​ “Ziyo” va “Nur” orasidagi farq ! • Qur’oni Karim nozil | Qur'on Mo'jizalari 🔍

​​ “Ziyo” va “Nur” orasidagi farq !

• Qur’oni Karim nozil bo‘lgan paytda odamlar Oyning nuri bilan Quyoshning nurini ajrata olmas edilar. Yorug‘lik va issiqlikni Quyosh taratishini, Oy esa Quyoshning ziyosini aks ettiradigan sovuq jism ekanligini anglamasdilar.

• Qur'oni karim Oyni “nur” deb, Quyoshni “ziyo” deb vasf qildi. Darhaqiqat, bugungi zamonaviy ilmning aytishicha, Quyosh lovullab turgan "yadro pechkasi" bo‘lib, uning ichida birikish reaksiyalari sodir bo‘lib, vodorod moddasi geliyga aylanadi, buning natijasida har soniyada fazoga hayratlanarli darajada ko‘p miqdorda energiya tarqatar, Yerga esa bu energiyaning ozgina miqdori yetib kelar, ushbu yetib kelgan oz miqdordagi energiya Yerdagi hayotning davom etishi uchun yetarli hisoblanar ekan.

• Ushbu Quyosh energiyasi Oyga ham yetib boradi. Ana shu paytda Oy Yerda nurli bo‘lib ko‘rinadi. Nur – haroratsiz yorug‘lik bo‘lib, bizga Oy sirtidan yetib keladi. Aslida esa o‘sha nur Oyning o‘ziniki bo‘lmay, balki, Quyoshdan kelgan energiyaning Oy orqali Yerga aks etishidir. Bunda Oy faqat ko‘zgu vazifasini o‘tab beradi.

Qur’oni karim bundan o‘n to‘rt asr oldin bu haqida ochiq-oydin gapirgan:

“U quyoshni ziyo va oyni nur qilgan hamda sizlar yillarning adadini va hisobini bilishingiz uchun uning manzillarini o‘lchovli qilgan zotdir. Alloh o‘shani faqat haq ila yaratdi. U biladigan qavmlar uchun oyatlarini batafsil bayon qiladi”. (Inson hayoti davomida doimiy his etib turadigan mavjudotlardan biri quyosh, yana bittasi oydir. Lekin inson ularning mavjudiyatiga o‘rganib qolganidan ko‘p ham e’tibor bermaydi) (Yunus surasi, 5-oyat).

• Insoniyat ilm va texnologiya orqali yaqin yillar ichida o‘rgangan haqiqatlarning bundan o‘n to‘rt asr oldin, bu haqiqatlar haqida o‘ylash bashariyatning xayoliga kelmagan bir paytda Qur’onda baralla aytilishi – Qur’on Allohning Kalomi, Muhammad sollallohu alayhi vasallam Uning oxirgi Rasuli ekanliklariga dalolat qiladi !

Nozimjon Hoshimjon


@miracles_of_quran