Get Mystery Box with random crypto!

QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI

Telegram kanalining logotibi minstroyuz — QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI Q
Telegram kanalining logotibi minstroyuz — QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
Kanal manzili: @minstroyuz
Toifalar: Avtomobillar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 10.24K
Kanalning ta’rifi

O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining rasmiy kanali

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 103

2022-09-06 18:19:40
Хитойнинг Сичуань музофотида кучли зилзила оқибатида кўплаб одам нобуд бўлгани ва оғир жароҳат олгани муносабати билан Ўзбекистон Президенти Шавкат Мирзиёев Хитой Халқ Республикаси Раиси Си Цзиньпинга ҳамдардлик йўллади.

Бутун Хитой халқига чуқур таъзия изҳор этиб, давлатимиз раҳбари ҳалок бўлганларнинг оила аъзолари ва яқинларига ҳамдардлик билдирди, жабрланганлар шифо топишини тилади.

Президент Узбекистана Шавкат Мирзиёев направил соболезнования Председателю Китайской Народной Республики Си Цзиньпину в связи сильным землетрясением в провинции Сычуань, в результате которого имеется много погибших и раненных.

Выразив глубокие соболезнования народу Китая, глава нашего государства попросил передать слова сочувствия и поддержки родным и близким погибших, пожелал выздоровления пострадавшим.

Facebook|Instagram|Twitter
858 views15:19
Ochish/sharhlash
2022-09-06 15:46:30
#Siz_buni_bilasizmi

Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi qurilish sohasidagi korxonalarga sotish va xarid qilish boʻyicha yangi platformani taqdim etadi. 
NEWCATALOG.MC.UZ - bu siz uchun eng maqbul tanlov boʻlishi mumkin.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
|Web | Instagram| Facebook |Telegram | Youtube|
1.6K viewsedited  12:46
Ochish/sharhlash
2022-09-06 14:51:32
#OAV_NIGOHIDA

Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida barpo etilayotgan "Yangi O‘zbekiston" massivlari

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
|Web | Instagram| Facebook |Telegram | Youtube|
2.0K viewsedited  11:51
Ochish/sharhlash
2022-09-06 13:45:22
Mustaqillik – eng ulugʻ va eng aziz neʼmat

Bugun Qurilish vazirligida yurtimiz mustaqilligining 31 yilligiga bagʻishlab “Mustaqillik – eng ulugʻ va eng aziz neʼmat” mavzusida maʼrifat soati tashkil etildi.

“Yangi Oʻzbekistonda el aziz inson aziz” shiori ostida oʻtkazilgan ushbu tadbirda Toshkent arxitektura-qurilish institutining “Falsafa va ijtimoiy-siyosiy fanlar” kafedrasi mudiri Nizomiddin Berdialiyev ishtirok etib, mamlakatimizda mustaqillik yillarida olib borilgan tub islohotlar, iqtisodiyotimizning barcha sohalaridagi ijobiy oʻzgarishlar, erishilgan yutuqlar va oldimizda turgan marralar haqida maʼruza qildi. Keng qamrovli va tahlillarga boy maʼruza tinglovchilarda katta qiziqish uygʻotdi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
|Web | Instagram| Facebook |Telegram | Youtube|
1.6K views10:45
Ochish/sharhlash
2022-09-06 08:31:42
#Munosabat

Bogʻot tumani qurilish bo‘limi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan murojaat yuzasidan quyidagilarni maʼlum qiladi:

Bogʻot shaharchasi “Oq tepa” mahallasi Oʻzbekiston koʻchasidagi yer maydoniga Kadastr agentligi, Xorazm viloyat boshqarmasi, Bogʻot tuman boʻlimi tomonidan 2022-yil 8-aprelda shakllantirilgan fuqaro B.Egamberdiyev nomiga berilgan 22:01:01:01:02:0665 kadastr raqamli “Yer uchastkasining kadastr pasporti”ni ijrosini taʼminlanmasdan qaytarib olinishi so‘ralgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil
31-iyuldagi 603-sonli qarorida tuman qurilish boʻlimining vazifalari koʻrsatib oʻtilgan boʻlib, qaror talablariga asosan fuqaro B.Egamberdiyev nomiga berilgan 22:01:01:01:02:0665 kadastr raqamli “Yer uchastkasining kadastr pasporti”ni ijrosi taʼminlanmasdan qaytarib olinish vazifasi tuman qurilish boʻlimining vazifalari va funksiyalariga kirmasligini bildiramiz.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
|Web | Instagram| Facebook |Telegram | Youtube|
1.0K views05:31
Ochish/sharhlash
2022-09-06 08:27:18
#Bu_qiziq
Xitoyning Chunsin shahrida Aedas me’morchilik studiyasi loyihasi asosida qayrilma fasadga ega Dance of Light (“Yorug‘lik raqsi”) osmono‘par ofis binosi foydalanishga topshirildi. 180 metr balandlikka ega 39 qavatli minora Szyanbey tumanida joylashgan.

Aedas me’morchilik studiyasi aniqlik kiritishicha, binoning har bitta qavati 8,8 darajagacha “qayrilish burchagi”ga ega bo‘lib, bu boshqa har qanday qayrilma osmono‘par binonikidan kattaroq ko‘rsatkichdir.

Binoning 34 ta qavatida ofislar joylashgan, yana beshta qavat esa konferens-zallar va tadbirlar zallari uchun ajratilgan.

“Dance of Light konsepsiyasi tabiatdagi shimol yog‘dusi hodisasidan ilhomlangan. Binoning har bitta burchagidagi ikkita qarama-qarshi burilishlarning integratsiyasi tufayli fasad shahar kontekstida muntazam o‘zgarib turadi”, — dedi Aedas bosh dizayneri Ken Vay.

Dance of Light — dunyodagi birinchi spiralsimon osmono‘par bino emas. Shunday shaklga ega eng baland bino Dubayda joylashgan Infinity Tower hisoblanadi.
2.6K views05:27
Ochish/sharhlash
2022-09-06 07:37:07
#OAV_NIGOHIDA

Inson qadri uchun

Toshkentda ish boshlagan birinchi Ipoteka markazi haqida

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
|Web | Instagram| Facebook |Telegram | Youtube|
1.3K viewsedited  04:37
Ochish/sharhlash
2022-09-05 18:38:00 “Qurilish sohasida innovatsion texnologiyalar haftaligi” anjumani oʻtkazilmoqda
Bugun Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligida “Qurilish sohada innovatsion texnologiyalar haftaligi” oʻz ishini boshladi. Mazkur haftalik joriy yilning 5-sentabridan 9-sentabriga qadar davom etadi.
  Tadbirda Qurilish vazirligi, “Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi masʼullari, Toshkent arxitektura-qurilish instituti, Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti olimlari innovatsion mahsulotlar hamda drayver loyihalari bilan ishtirok etmoqda.
Qurilish sohasida yangi texnologiyalarni joriy qilish va innovatsion mahsulotlarni ishlab chiqarish maqsadida ilmiy tadqiqotchilar, yetuk olimlar hamda qurilish tashkilotlari bilan oʻzaro hamkorlik qilish maqsadida ushbu innovatsion texnologiyalar haftaligining oʻtkazilayotganligi, mazkur sohada olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar va innovatsion ishlanmalarni ragʻbatlantirishga, yuqori tijorat salohiyatiga ega va amalga oshirishga tayyor boʻlgan istiqbolli loyihalarni tanlab olishga katta imkoniyatlarni yaratadi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
|Web | Instagram| Facebook |Telegram | Youtube|
1.1K views15:38
Ochish/sharhlash
2022-09-05 18:37:43
1.1K views15:37
Ochish/sharhlash
2022-09-05 09:47:42
#OAV_NIGOHIDA

Yangi Andijon afsonaviy shahar bo'ladi

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
|Web | Instagram| Facebook |Telegram | Youtube|
1.4K views06:47
Ochish/sharhlash