Get Mystery Box with random crypto!

QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI

Telegram kanalining logotibi minstroyuz — QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI Q
Telegram kanalining logotibi minstroyuz — QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
Kanal manzili: @minstroyuz
Toifalar: Avtomobillar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 10.24K
Kanalning ta’rifi

O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining rasmiy kanali

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 97

2022-09-30 11:13:51 #MUNOSABAT

Toshkent shahar Uchtepa tumani 14-mavze 30 va 31-uylar oralig’ida joylashgan “Construction Global Company” MChJga tegishli ko’p xonadonli turar-joy binosini 2021-yil dekabrda qurilish-montaj ishlari to’liq yakunlanganligi munosabati bilan foydalanishga topshirilgan.
Ma’lumot o'rnida ta'kidlash o'rinliki, “Construction Global Company” MChJ va fuqarolar o‘rtasidagi oldi-sotdi shartnomasida ko’rsatilgan shartlarni nazorat qilish Toshkent shahar Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi vakolatiga kirmaydi.
Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan murojaat yuzasidan joriy yilning 22-sentabr kuni joyiga chiqib o’rganildi hamda lift quruvchi tomonidan vaqtinchalik to’xtatib qo’yilganligi aniqlandi. Qurilishga mas’ullar buning sababini aholi tomonidan qurilish materiallarini liftda tashilganligi bilan izohladilar. Shu bois liftning elektr mexanizmi ishdan chiqqan. Quruvchi tashkilotning mas’ul xodimi lift mexanizmi almashtirilgandan so’ng, qayta ishga tushirilishini bildirdi. Shuningdek, obodonlashtirish ishlari bajarilganligi va bolalar maydonchasi mavjudligi ham aniqlandi.


Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
|Web | Instagram| Facebook |Telegram | Youtube|
245 views08:13
Ochish/sharhlash
2022-09-30 11:00:02
#PRESS_TUR

Ayni paytda Samarqand viloyat qurilish bosh boshqarmasi tomonidan press-tur oʻtkazilmoqda. Tadbirda jurnalist va blogerlar Imom Buxoriy majmuasidagi qurilish-bunyodkorlik ishlari bilan tanishtirilmoqda. Viloyat bosh arxitektori S. Narziqulov OAV xodimlariga viloyatdagi qurilishlar haqida maʼlumot bermoqda.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
|Web | Instagram| Facebook |Telegram | Youtube|
404 views08:00
Ochish/sharhlash
2022-09-30 08:00:01 «O‘zbekiston bunyodkori» газетасининг 2022 йил 30 сентябрь кунги 80-81-сонларии мутолаа учун ҳавола қилинади.

Газетада берилаётган материаллар билан https://t.me/uzbunyodkor телеграм канали ва uzbunyodkor.uz сайти орқали танишиб боришингиз мумкин.

Kanalga ulanish
https://t.me/uzbunyodkor
1.0K views05:00
Ochish/sharhlash
2022-09-30 07:18:29 https://uza.uz/uz/posts/shaharsozlik-yonalishidagi-sohaviy-ekspertiza-tashkilotlari-faoliyati-tugatilmoqda_411739
1.3K views04:18
Ochish/sharhlash
2022-09-29 19:24:14 #MUNOSABAT

Toshkent viloyati qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan Olmaliq shahar “Furqat” MFY Ipak yoʻli koʻchasi 48-sonli qoʻp qavatli uyning roʻparasidan fuqaro A.Abdurahmanov tomonidan Furqat MFYga mahalla idorasi binosi va zamonaviy mexmonxona majmuasi qurish uchun jami 0,40 ga yer maydoni ajratilgan, shundan 0,04 ga yer maydoniga mahalla idorasi qurilgan hamda mahalla idorasi inspeksiyadan roʻyxatdan oʻtkazilgan. Hozirgi kunda mahalla idorasi foydalanishga topshirilgan boʻlib, fuqaroga ajratilgan qolgan 0,36 ga yer maydoniga zamonaviy mehmonxona qurish uchun inspeksiyasidan roʻyxatdan oʻtmagan holda noqonuniy ravishda qurilish-montaj ishlari olib borilgan. Bundan tashqari obyektda qurilishga ruxsat beruvchi hujjatlar rasmiylashtirilmasdan, arxitektura va qurilish normalari hamda qoidalarini jiddiy buzgan holda oʻzboshimchalik bilan qurilish ishlari olib borilayotganligi aniqlandi.
Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 212-moddasiga asosan arxitektura va qurilish normalari hamda qoidalarini jiddiy buzgan holda qurilgan uy-joy, boshqa bino, inshoot yoki oʻzga koʻchmas mulk oʻzboshimchalik bilan qurilgan imorat hisoblanishi, bunday imorat  qurgan  shaxs, unga mulk huquqini ololmasligi  va  uni  sotishi,  hadya  etishi hamda  boshqa  bitimlar  tuzishga  qurilish-montaj ishlarini toʻxtatib, zudlik bilan tegishli shaharsozlik hujjatlarini belgilangan tartibda rasmiylashtirgandan soʻng davom ettirishi tushuntirildi.


Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
|Web | Instagram| Facebook |Telegram | Youtube
1.5K views16:24
Ochish/sharhlash
2022-09-29 19:23:24
Ўзбекистон ўқитувчи ва мураббийларига табрик

Поздравление учителям и наставникам Узбекистана

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
1.0K views16:23
Ochish/sharhlash
2022-09-29 13:53:54 #JARAYON

Statistikaga koʻra, mamlakatimizda qurilish ishlari hajmi 2020-yilda 65,5 trillion soʻmni, 2021-yilda 58,3 trillion soʻmni tashkil qilgan boʻlsa, joriy yilning avgust oyi yakunlari boʻyicha ushbu koʻrsatkich 38,9 trillion soʻmni tashkil etdi. Demak, bugungi kunda yurtimizda bunyodkorlik ishlari koʻlami yil sayin kengayib, arxitektura va qurilish sohasi iqtisodiyotning jadal surʼatlar bilan rivojlanib borayotgan sohalaridan biri boʻlib bormoqda. Qurilishni loyihalashtirish hamda loyiha hujjatlari ekspertizasi jarayonlari qayta koʻrib chiqilib, shaffof elektron tizimga oʻtkazildi. Mazkur ishlar vazirlik huzuridagi “Shaharsozlik hujjatlari ekspertiza” DUK tomonidan amalga oshirilib kelinmoqda. Qurilish vazirligida oʻtkazilgan  seminarda ham ayni masalalar ishtirokchilarning diqqat markazida boʻldi.
Eʼtirof etildiki, ekspertiza organlariga qogʻoz hujjatlar toʻplamini taqdim etish amaliyotidan toʻliq voz kechilgani ishdagi samaradorlikni birmuncha oshirdi. Natijada ekspertizaga loyiha-smeta hujjatlari onlayn topshirilyapti. Yaʼni bugunga qadar jami 46 mingga yaqin obyekt loyihasi ushbu tizim orqali ekspertizadan oʻtkazilishi tufayli mazkur obyektlar boʻyicha 12 trln soʻmdan smeta qismidan ortiqcha mablagʻ tejab qolindi. Ekspertiza yoʻnalishida faoliyat olib boruvchi yuridik shaxslarga guvohnoma berish orqali tizimda raqobat muhiti yaratildi. Obyektlarning murakkablik toifasidan kelib chiqib ekspertiza xulosasi berish tizimi tabaqalashtirildi. Tabaqalashgan toifadagi loyihalarga xulosa berish uchun ekspertiza tashkilotlari elektron reytingi yoʻlga qoʻyildi. Ekspert mutaxassislarni attestatsiyadan oʻtkazish va murakkablik toifasi boʻyicha loyihalarga tabaqalashgan holda xulosalar berish mexanizmi yaratildi.


Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
|Web | Instagram| Facebook |Telegram | Youtube|
1.2K views10:53
Ochish/sharhlash
2022-09-29 13:53:36
1.1K views10:53
Ochish/sharhlash
2022-09-29 13:53:35
1.0K views10:53
Ochish/sharhlash
2022-09-29 13:26:56
"Qurilish mexanikasi va inshootlar zilzilabardoshligi" kafedrasida ilmiy seminari bo‘lib o‘tdi.

Toshkent arxitektura-qurilish instituti Bino va inshootlar qurilishi fakulteti "Qurilish mexanikasi va inshootlar zilzilabardoshligi" kafedrasining 2022-2023-o‘quv yili uchun tasdiqlangan rejasiga muvofiq "Mexanika va inshootlar nazariyasining dolzarb masalalari" mavzusida navbatdagi ilmiy seminar bo‘lib o‘tdi.

Seminarga raislik qilgan professor Rustamxon Abdikarimov yangi o‘quv yilidagi dastlabki seminar ishini kirish so‘zi bilan ochib, kafedrada ilmiy muhit yaratilishida fikrlarini bildirdi.

Shuningdek, kafedra dotsenti Abdulaziz Buriyevga "Elastik muhitda to‘lqin tarqalishining nostatsionar masalalarida sonli dispersiyani minimallashtirish" mavzusida o‘tkazgan ilmiy tadqiqotlari natijalariga to‘xtaldi.

Seminarda kafedra professori Sayidislom Saidiy, katta o‘qituvchilar Botir Raxmonov va Dilmurod Axundjanov o‘zlarining taklif va tavsiyalari bilan o‘rtoqlashdilar.

TAQI Matbuot xizmati

#seminar
@taqi_uz
1.1K views10:26
Ochish/sharhlash