Get Mystery Box with random crypto!

#ONLAYN Ayni daqiqalarda Qurilish va uy-joy kommunal x | QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI

#ONLAYN

Ayni daqiqalarda Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari Ozoda Joʻrayeva Namangan viloyatida koʻp qavatli uylarga xizmat koʻrsatish sohasida  faoliyat yurituvchi boshqaruv tashkilotlari vakillari hamda sohaga daxldor mas’ullar bilan tizimda mavjud muammolar, ularni bartaraf etish yechimlari yuzasidan uchrashuv oʻtkazmoqda. Vazir oʻrinbosari ikki kun davomida viloyatdagi eng muammoli hududlarda boʻlib, boshqaruv tashkilotlari faoliyatida uchrayotgan muammoli holatlarni bartaraf etdi. Shuningdek, ularning faoliyatida aniqlangan kamchiliklar, xususan, boshqaruv tizimining yoʻlga qoʻyilmaganligi, aholi orasida targʻibot-tashviqot ishlari olib borilmaganligi, qoʻshimcha servis xizmatlar yoʻlga qoʻyilmaganligi, BSKlar moddiy-texnika bazasining yetarli emasligini qat’iy tanqid ostiga oldi.
- Boshqaruv tashkilotlariga berilayotgan bir qator  imkoniyatlardan unumli foydalanish kerak. Namangan xalqi oʻzining tadbirkorligi bilan nom qozongan. Koʻp qavatli uylarga xizmat koʻrsatish sohasida  ham ana shu jihatlarni ishga solish kerak. Qoʻshimcha xizmatlarni yoʻlga qoʻying, aholi bilan samarali ishlang, tashkilotingizni rivojlantiring,- dedi vazir oʻrinbosari.
       Uchrashuvda BSK rahbarlarining xizmat koʻrsatish sohasini rivojlantirish boʻyicha qator taklif va murojaatlari qabul qilindi. Xususan, noqonuniy qurilmalarni bartaraf etish, moddiy-texnika bazasini xarid qilishda imtiyozli kredit olish, chiqindi bilan bogʻliq muammolarni hal etish, aholining majburiy badal toʻlov tushumlarini oshirishning qonuniy asoslarini ishlab chiqish kabi soʻrovlariga tegishli tartibda javob berildi, takliflar yozib olindi.
      Ochiq va samimiy ruhda oʻtkazilgan uchrashuvda kommunal sohani rivojlantirishdagi istiqbolli vazifalar belgilab olindi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
|Web | Instagram| Facebook |Telegram | Youtube|