Get Mystery Box with random crypto!

#ONLAYN   Ozoda Joʻrayeva Namangan shahri Davlatobod tumani | QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI

#ONLAYN

  Ozoda Joʻrayeva Namangan shahri Davlatobod tumani “Toʻquvchi” mahalla fuqarolar yig’inida mahalla raisi, faollari, koʻp qavatli uylarning uy boshilari hamda boshqaruv tashkilotlari vakillari bilan uchrashdi.
      Unda mahalla faollari bilan boshqaruv tashkilotlarining hamkorligi sohani yanada takomillashtirilishda qoʻl kelishi ta’kidlandi.
      Ozoda Joʻrayeva mahalla raisi boshqaruv tashkilotlari faoliyatida muhim ahamiyat kasb etishini aytib oʻtdi.
     - Mamlakatimizda kommunal soha, xususan, koʻp qavatli uylarga xizmat koʻrsatish orqali aholiga qulay sharoit yaratish maqsadida keng islohotlar amalga oshirilmoqda. Sir emas, yillar davomida aholining kommunl sohaga boʻlgan ishonchi kamayib ketgan edi. Siz mahalla raisi va faollarini aholi saylaydi. Ular sizga ishonadi, sizning koʻp qavatli uylar taqdirida rolingiz katta. Shu bois koʻp qavatli uylarga xizmat koʻrsatuvchi boshqaruv tashkiloti faoliyatini qoʻllab-quvvatlab, aholi orasida amalga oshirilayotgan ishlar boʻyicha tushuntirish ishlarini olib borishingiz maqsadga muvofiq boʻlardi,- dedi Ozoda Joʻrayeva.
    
Shuningdek, uchrashuvda sohani takomillashtirish boʻyicha amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar yuzasidan taklif va mulohazalar qabul qilindi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
|Web | Instagram| Facebook |Telegram | Youtube|