Get Mystery Box with random crypto!

#JARAYON Bugungi kunda joylarda kuz-qish mavsumiga tayyorga | QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI

#JARAYON

Bugungi kunda joylarda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari jadal ketmoqda. 2023-2024-yillar mobaynida respublikadagi 5 388 ta koʼp kvartirali uyni 251,2 mlrd soʼm mablagʼ hisobidan kuz-qish mavsumiga tayyorlash maqsadida mukammal va joriy taʼmirlash boʼyicha reja koʼrsatkichlari tasdiqlangan. Jumladan, 1 082 ta uyning tom qismini, 3 315 ta kirish yoʼlaklarni, 2 139 ta elektr taqsimlovchi shitlarni, 882 ta uyning yertoʼla qismini, 353 ta uyning muhandislik tarmoqlarini, 1 111 ta uyning fasad qismini taʼmirlash, hamda 1 568 ta temir eshik, 1493 ta kodli qulflar 3 191 ta framuga oyna romlar oʼrnatish ishlari olib borilmoqda.

Toshkent shahrida ham ishlar koʼlami keng, minglab uylarning kommunikatsiya tizimlari toʼliq yangilanyapti. Bugun vazir oʼrinbosari Ozoda Joʼraeva Uchtepa tumanida faoliyat yuritayotgan “Yosh avlod” BSK hamda Chilonzor tumanidagi “Yashil makon” BSKlarning kuz-qish mavsumiga koʼrilayotgan tayyorgarligini koʼzdan kechirdi. Аholi bilan muloqot qilib, keksalar holidan xabar olindi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
|Web| Instagram|Facebook|Telegram| Youtube|