Get Mystery Box with random crypto!

Migrant.uz axborot-xizmat portali

Telegram kanalining logotibi migrantuz — Migrant.uz axborot-xizmat portali M
Kanaldagi mavzular:
Реклама
Telegram kanalining logotibi migrantuz — Migrant.uz axborot-xizmat portali
Kanaldagi mavzular:
Реклама
Kanal manzili: @migrantuz
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 41.29K
Kanalning ta’rifi

Migrant.uz axborot-xizmat portali
👉 youtube.com/@migrantuzb
👉 instagram.com/migrantuzb
👉 https://www.tiktok.com/@migrantuzb
👉 ok.ru/migrantuz
👉 fb.com/migrantuz
Админ: @migrantuzb_admin
Реклама: @migrantreklama

Ratings & Reviews

2.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar 2

2024-04-30 16:01:50 #tavsiya #patent #Rossiya
Agar patent ololmasangiz…

Rossiyada migrantlar faqat patent bilan yuradimi? Agar Rossiyada qandaydir sabablar bilan patent ololmayotgan bo‘lsangiz, bu tavsiyalar sizga qo‘l kelishi mumkin.

. Talaba bo‘ling

Rossiyada kunduzgi bo‘limda o‘qiydiganlar patentsiz ishlashlari mumkin. Patent olish imkoniyati bo‘lmasa o‘qishga kirishni o‘ylab ko‘ring. Ham ishlab, ham o‘qimoqchi bo‘lganlar kollejga ham, universitetga ham kirsa bo‘ladi.

. “Rvp” oling

“RVP” (разрешение на временное проживание) olish uchun patentingiz bo‘lishi shart emas. “RVP” olganlar uch yil Rossiyada patentsiz yashab, ishlashi mumkin. “RVP” kvota olganlarga, Rossiya fuqarosi bilan rasmiy nikohdan o‘tganlarga, Rossiyada o‘qiydigan talabalarga beriladi.

. “Pereseleniye” dasturida qatnashing

Agar oliy ma’lumotingiz bo‘lsa va patent olishda qiyinchilikka uchragan bo‘lsangiz, vataningizga qaytib, Rossiya elchixonasi orqali “Государственная программа по оказанию содействия добровольному переселению в Российскую Федерацию соотечественников, проживающих за рубежом” dasturida qatnashing. Dasturda oliy ma’lumoti, kasbi borlarga imkoniyatlar katta.

. Bir yil tanaffus

Va albatta, patentni keyingi yil olish imkoniyati ham bor. Ya’ni patent berishda rad javobi olganlar bir yildan so‘ng qaytadan patentga topshirishlari mumkin. Balki musofirchilikdan bir yil tanaffus olish shaxsiy rivojlanishingizga yangi imkoniyatlarga e’tibor berishingizga sababchi bo‘lar.

Obuna bo‘ling
@migrantuz
12.7K views13:01
Ochish/sharhlash
2024-04-30 08:29:24
#isiriq #Rossiya
Rossiyaga isiriq olib kelayotganlar javobgarlikka tortilmoqda

Rossiya Xavfsizlik xizmatining Chegara boshqarmasi isiriq olib kelayotgan yo‘lovchi va haydovchilarni jinoiy javobgarlikka tortmoqda.

17-aprel kuni Rossiyaga kirishda 51 yoshli markaziy osiyolik ayolning yuklari orasidan 120 gramm isiriq topilgan. Ayolga Rossiya JKsining 229.1 moddasi giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar, ularning prekursorlari yoki analoglari, tarkibida giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning prekursorlari bo‘lgan o‘simliklar kontrabandasi bo‘yicha jinoiy ish ochilgan. Bu haqida Rossiya xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Yana bir xabarda, 24-aprel kuni katta yuk mashinasi tekshirilib, 50 gram isiriq topilgani haqida ma’lumot berilgan. 37 yoshli markaziy osiyolik bo‘lgan yuk mashinasining haydovchisi isiriq unga tegishli ekanini bildirgan. Shundan so‘ng haydovchiga RF JKning 229.1 moddasining uchinchi qismi bilan jinoiy ish ochilgan (giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar, ularning prekursorlari yoki analoglari, tarkibida giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning prekursorlari bo‘lgan o‘simliklar kontrabandasi) va 12-yilgacha qamoq jazosi tayinlanishi mumkin.


Bularni inobatga olib, muhojirlarga Rossiyada isiriq tarkibida giyohvand moddasi bor o‘simlik deb topilganini va qonunan taqiqlanganini eslatib o‘tamiz. Rossiya hududiga isiriq olib kelish, ishlatish, sotish, xarid qilish va tarqatish mumkin emas. Bu uchun 12 yilgacha jinoiy javobgarlik mavjud.

Obuna bo'ling
@migrantuz
17.1K viewsedited  05:29
Ochish/sharhlash
2024-04-28 19:00:08 Oʻzbek Jeyms Bond, qotil ona, poraxoʻr politsiyachi, qiyinlashgan imtixonlar - DAYJEST


13.1K views16:00
Ochish/sharhlash
2024-04-28 18:14:15
#patent #Rossiya
Migrantlarga patent berilishi kechikayotgani kuzatilmoqda

Rossiya qonunchiligiga ko‘ra patent olish uchun arizalar 10 kunda ko‘rib chiqilishi kerak (ч.2 п.4 ст.13.3 ФЗ «О правовом положении иностранных граждан и лиц без гражданства в России»)

Biroq ayni vaqtda tayyor patentlarning berilish muddati cho‘zilib ketayotgani kuzatilmoqda.

Sankt-Peterburgdagi muhojir hamyurtlarimiz Migrant.uz muxbiriga tayyor, ya’ni chiqqan patentlarni ikki oydan buyon ololmayotgani haqida xabar berbshgan. Ular hali olinmagan patentga hatto to‘lov ham qilib borishayotganini ma’lum qilishdi.

Biroq muddati tugab borayotgan “registratsiya”ni uzaytirish patent ololmayotgan migrantlar uchun haqiqiy muammoga aylangan. Chunki migrantlar patent hali berilmagani uchun “registratsiya”ni uzaytirishga hech qanday asos yo‘q bo‘lgan sharoitga tushib qolgan. Migratsiya markazlarida esa ularni hech kim e’tiborga olmayapti.

Moskva shahri va Moskva viloyatida esa patent tayyorligi haqida sms kelganidan keyin patentni olish uchun “Saxarovo”ga borgan migrantlar qaytarib yuborilayotgani haqida xabarlar kelmoqda.

Hamyurtlarimizdan biri patent tayyorligi haqida kelgan sms xabardan so‘ng uch marta borib, patent ololmay qaytganini so‘zlab berdi. O‘zbekistonlik muhojirning so‘zlariga ko‘ra unga o‘xshab, tayyor patentni ololmayotgan migrantlar soni juda ko‘p.

Qonun nuqtai nazarida, bunday holatda Prokuratura idorasiga shikoyat qilish kerak. Chunki qonunda belgilangan patent berish muddati buzilmoqda. Shikoyatni Prokuraturaning veb-sayti orqali yozish mumkin. Ommaviy ravishda shikoyatlarning kela boshlashi ijobiy natija beradi.

Batafsil

Obuna bo‘ling
@migrantuz
13.7K views15:14
Ochish/sharhlash
2024-04-28 12:32:13
#migratsiya_va_oila #pisxologiya
Ko'ngli yarim muhojir farzandlari

To'liq video Migrant kanalining YouTube sahifasida.

Batafsil

Obuna bo‘ling
@migrantuz
13.1K viewsedited  09:32
Ochish/sharhlash
2024-04-28 11:54:48
#migratsiya #Tojikiston
Tojikiston hukumati o‘z fuqarolarini rossiyaga bormaslikka chaqirmoqda

Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi Rossiyaga hech qaysi transport turi bilan bormaslikni tavsiya qiladi, deyiladi Tojikistonning Tashqi ishlar vazirligi ma’lumotida. Bunday keskin tavsiyaga Tojikiston fuqarolari Rossiyada asossiz qiyinchiliklarga uchrayotgani sabab bo‘lgan.

22-mart kuni Moskva shahrida “Crocus City Hall”gi teraktdan so‘ng Tojikiston fuqarolari bosim ostida qoldi. Reydlarda aynan Tojikiston fuqarolari qattiq tekshirila boshladi. Rossiya jamiyatida tojikistonliklarga nisbatan yomon munosabat rivojlana boshladi. Maktablarda tojikistonlik bolalar tengdoshlari tomonidan tahqirlanib kelmoqda.

Qolaversa, Orenburgdagi Rossiya va Qozog‘iston chegarasida minglab tojikistonliklar sababsiz mamlakatga kiritilmasligi kuzatildi.

Batafsil

Obuna bo‘ling
@migrantuz
13.1K viewsedited  08:54
Ochish/sharhlash
2024-04-27 19:17:08 #intervyu #migrant #Rossiya
Rossiya, migrant ayol: Farzandlarimiz muhojir bo‘lmasin!

Samarqandlik Gulshanoy Sodiqovaning Rossiyada ishlayotganiga 10 yildan oshdi.

Uni 16 yoshida turmushga berishdi. Ketma-ket 2 farzandli bo‘ldi. 5 yil kelinlikdan keyin turmush o‘rtog‘i bilan birga Rossiyaga ishlashga ketdi.
Sartaroshlik qildi, uy xizmatchisi, enagalik kabi ishlarda ishladi. Shu bilan birga o‘qib, o‘zi istagan kasbni egallash harakatidan to‘xtamadi.

Gulshanoy bilan she’rlar orqali tanishdik, ammo suhbatimiz asosan muhojirlik hayoti haqida bo‘ldi.





Obuna bo‘ling
@migrantuz
15.7K views16:17
Ochish/sharhlash
2024-04-27 17:02:54
#muhojirlar #Rossiya #Oʻzbekiston
Muhojirlar farzandlarining ruhiy jarohatlari

To'liq video Migrant.uz Youtube kanalida.

Batafsil

Obuna bo‘ling
@migrantuz
13.4K views14:02
Ochish/sharhlash
2024-04-27 16:23:18
SalamPay Onlayn

O‘zbekiston banklari va pul o‘tkazish tizimlaridan pul yuborishdagi valyuta kurslari 26.04.2024
Toshkent 18:10
Moskva 16:10 MSK


PUL O‘TKAZISH PLATFORMALARIDAGI AQSH DOLLARINING RUBLGA NISBATI

• Kwikpay - 94,37 (+0,21) rubl
• AkaPay - 95,31 (+0,08) rubl
• Золотая Kорона - 95,86 (+0,39) rubl
• Мир Привилегий - 96,49 (+0,85) rubl

O‘ZBEKISTON KARTALARIGA SO‘M YUBORISHDA RUBL KURSI

• Solidarnost - 134,05 (+0,05) so'm
• Unired Mobile - 134,01 (+0,24) so'm Onlayn
• Kwikpay - 133,37 (0) so'm
• Sberbank - 131,54 (0) so'm

ROSSIYA KARTALARIGA RUBL YUBORISH KURSI

Unired Mobile - 139,00 (+0,43) so'm Onlayn

#valyuta #soʻm #rubl #dollar

Obuna bo‘ling
@migrantuz
13.6K views13:23
Ochish/sharhlash
2024-04-22 11:01:34
#qotillik #Rossiya #Oʻzbekiston
Nijniy Novgorodda o‘zbekistonlik ayol yangi tug‘ilgan chaqalog‘ini o‘ldirib qo‘ydi

Nijniy Novgorodning Kstov shahrida 23 yoshli O‘zbekiston fuqarosi o‘z chaqalog‘ini bo‘g‘ib, jasadini kir mashinaning orqasiga yashirgan. Ammo uy sharoitida o‘tgan tug‘ruqdan so‘ng qon ketishi boshlangani uchun ayol tez tibbiy yordamga murojaat qiladi.

Shifokorlar ko‘rikda nima bo‘lganini tushunib, politsiyaga xabar bergan. Ayol politsiyaga bor haqiqatni aytib, chaqaloq jasadini kir mashina orqasiga yashirganiga iqror bo‘lgan.

Aniqlanishicha, ayol Kstovda turmush o‘rtog‘i bilan dvornik bo‘lib ishlab kelishgan. O‘zbekistonda qarindoshlari qaramog‘ida ularning 2 nafar farzandi qolgan.

Vafot etgan qizaloq oila uchun uchinchi farzand bo‘lgan.

Jurnalistlar savollariga javob berishni istamagan ayol ona tilida homiladorligini tuqqan vaqtigacha bilmaganini aytgan.

Ayolga nisbatan Rossiya Jinoyat Kodeksining 106-moddasi bilan jinoiy ish ochilib, 5-yilgacha qamoq jazosi tayinlanishi mumkin. Ayni vaqtda tergov davomida ayolning hibsda qolishi haqida sud hukmi eshittirilgani ma’lum.

Obuna bo‘ling
@migrantuz
12.8K viewsedited  08:01
Ochish/sharhlash