Get Mystery Box with random crypto!

Migrant.uz axborot-xizmat portali

Telegram kanalining logotibi migrantuz — Migrant.uz axborot-xizmat portali M
Kanaldagi mavzular:
Реклама
Telegram kanalining logotibi migrantuz — Migrant.uz axborot-xizmat portali
Kanaldagi mavzular:
Реклама
Kanal manzili: @migrantuz
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 41.29K
Kanalning ta’rifi

Migrant.uz axborot-xizmat portali
👉 youtube.com/@migrantuzb
👉 instagram.com/migrantuzb
👉 https://www.tiktok.com/@migrantuzb
👉 ok.ru/migrantuz
👉 fb.com/migrantuz
Админ: @migrantuzb_admin
Реклама: @migrantreklama

Ratings & Reviews

2.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar 3

2024-04-22 09:04:58
#imtihonlar #Rossiya
Migrantlar uchun rus tili imtihonlari o‘tkaziladigan joylar cheklanadi

1-maydan boshlab migrantlar uchun rus tili, Rossiya tarixi va qonunchilik asoslaridan imtihonlar faqat oliygohlarda o‘tkaziladi. Imtihonlar har bir shaharning oliygohlarida o‘tkazilishi belgilandi.

Xususiy test markazlari rus tilidan imtihon o‘tkazishlari taqiqlangan. Avval rus tilidan migrantlar uchun imtihonlar oliygohlarda o‘tkazilishidan tashqari ular bilan shartnomasi bor xususiy markazlarda ham bo‘lib o‘tardi.

Barcha xohlovchilar uchun imtihon o‘tkazishga imkoni yetmagan oliygohlar xususiy markazlar bilan shartnoma tuzib, ularning xodimlarini imtihon o‘tkazish uchun o‘qitar edi.

Biroq 22-mart kuni “Crocus City Hall”dagi teraktdan so‘ng rus tili imtihonlari sohasi qattiq tekshiruvga tushdi. Ko‘plab xususiy markazlarning xodimlariga “Noqonuniy migratsiyani tashkillash” moddasi bo‘yicha jinoiy ish ochildi. A.S.Pushkin nomidagi davlat rus tili instituti xodimlari ham korrupsiya va imtihonlarni tashkillashdagi kamchiliklar tufayli jinoiy javobgarlikka tortildi, institutning rektori esa ishdan olingan.

Obuna bo‘ling
@migrantuz
13.4K viewsedited  06:04
Ochish/sharhlash
2024-04-22 06:04:33
O‘zbekistonning doimiy aholisi soni 37 milliondan oshdi!

Statistika agentligi Matbuot xizmati 24-aprelga kuni O‘zbekistonning doimiy aholisi soni 37 milliondan oshganini xabar qildi.

Avvalroq, O‘zbekistonda hududlar kesimida doimiy aholi soni haqida ma’lumot berilgandi. Unga ko'ra, hududlar kesimida doimiy aholi soni bo‘yicha Samarqand viloyati yetakchilik qilmoqda – 4,2 mln kishi.

Obuna bo‘ling
@migrantuz
15.5K views03:04
Ochish/sharhlash
2024-04-21 19:32:21 Migrantlarga taqiqlar, taʼqiblar, millatchilik, Qozogʻistonda toshqinlar - hafta dayjesti



13.7K viewsedited  16:32
Ochish/sharhlash
2024-04-21 17:09:58
SalamPay Onlayn

O‘zbekiston banklari va pul o‘tkazish tizimlaridan pul yuborishdagi valyuta kurslari 21.04.2024
Toshkent 19:00
Moskva 17:00 MSK


PUL O‘TKAZISH PLATFORMALARIDAGI AQSH DOLLARINING RUBLGA NISBATI

• Kwikpay - 95,69 (0) rubl
• AkaPay - 96,41 (0) rubl
• Мир Привилегий - 96,63 (0) rubl
• Золотая Kорона - 96,88 (0) rubl

O‘ZBEKISTON KARTALARIGA SO‘M YUBORISHDA RUBL KURSI

• Solidarnost - 132,31 (0) so'm
• Kwikpay - 131,40 (0) so'm
• Unired Mobile - 130,60 (0) so'm Onlayn
• Sberbank - 129,65 (0) so'm

ROSSIYA KARTALARIGA RUBL YUBORISH KURSI

Unired Mobile - 136,00 (0) so'm Onlayn

#valyuta #soʻm #rubl #dollar

Obuna bo‘ling
@migrantuz
13.8K views14:09
Ochish/sharhlash
2024-04-21 17:02:20
#muhojirlar #migratsiya #Oʻzbekiston
3 yilda 600 000 kishi mehnat uchun chetga jo'natiladimi?

To'liq video Migrant.uz Youtube kanalida.

Batafsil

Obuna bo‘ling
@migrantuz
13.4K views14:02
Ochish/sharhlash
2024-04-20 08:21:47
#ksenofobiya #Rossiya #Qirgʻiziston
Sankt-Peterburgda qirg‘iz qiz do‘pposlandi. O‘qituvchi tomoshabin bo‘ldi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda sinfdosh yigitlar qiz bolani ko‘pchilik bo‘lib kaltaklaganini, voqea qolgan sinfdoshlar tomonidan xursandchilik bilan kuzatilganini va qizni do‘pposlash davomida “Rossiya ruslar uchun”, “Moskva moskvaliklar uchun” degan hayqiriqlar aytilganini eshitish mumkin.

Qirg‘izistonlik qizni kaltaklashganidan keyin u belidagi jarohat og‘rig‘idan turolmay qolgani videoda aks etgan. Unga hamroh millatdoshi bo‘lgan boshqa qiz bilan ikkisi polda yig‘lab qolgan vaqtda o‘qituvchi ko‘rinish berib, o‘quvchi yigitlarni tartibga keltirishga uringan. O‘qituvchi shunchaki tomoshabin bo‘lgan.

Voqeaga Rossiya Xavfsiz internet ligasi rahbari, siyosatchi Yekaterina Mizulina munosabat bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘qituvchining janjal davomida sinfda bo‘lgan va aralashmay kuzatib turgani yuzasidan huquq tartibot organlari xodimlari allaqachon maktabni tekshirishni boshlagan.

Bu Rossiyada millatchilik tufayli migrantlarning bolalari kaltaklangan birinchi holat emas. Avval ham “Сroсus City Hall”dagi teraktdan so‘ng Novosibirsk shahridagi maktablarning birida tojik millatiga mansub maktab o‘quvchisi maktabdoshlari tomonidan kaltaklangani videosi tarqalgan edi. Videoda tojik millatiga mansub bolakay maktab hojatxonasida vaxshiylarcha kaltaklanib, boshini hojatxonaga solishlari bilan tahqirlanganini ko‘rish mumkin. Mazkur voqea Rossiyada jamoatchilikning keskin noroziligini keltirib chiqarmagan edi.

Migrant.uz obunachilari bolalarga e’tiborli bo‘lishni eslatadi. Shu bilan birga Rossiya Konstitutsiyasi bolalarning dini, millati, fuqaroligidan qat’i nazar huquqlar borasida tengligini kafolatlashini ta’kidlab o‘tamiz. Bolalar bilan bog‘liq biror mudxish voqelik ro‘y berganda, albatta huquq-tartibot organlariga murojaat qilish kerak, jismoniy jarohatlarni travmpunktda yozdirib, bolalar huquqini himoya qilish uchun shikoyat bilan murojaat qilish lozim.

Obuna bo‘ling
@migrantuz
13.3K viewsedited  05:21
Ochish/sharhlash
2024-04-19 20:03:13
Ўзбекистондан Қозоғистонга пул юбориш мумкинми?

Албатта, буни бир зумда амалга ошира оласиз!

Сизга «Unired» иловаси ёрдам беради. Илова орқали Қозоғистоннинг исталган карталарига пул ўтказишингиз мумкин. Юқоридаги видеони охиригача кўрсангиз, буни тез ва ocoн ўрганиб оласиз. Танишларингизга видеони улашиб қўйинг!

Хозироқ «Unired» иловасини юклаб олинг
юклаб олиш

Илованинг расмий телеграм канали: @uniredmobile

#reklama
12.9K views17:03
Ochish/sharhlash
2024-04-19 19:32:50 O‘zbekistonda byudjet defitsiti oshib boryapti. Iqtisod qanday xavflar bilan yuzlashishi mumkin? – Iqtisodchi Jamshid Muslimov bilan intervyu

O‘zbekiston Iqtisodiyot va moliya vazirligi taqdim qilgan ma'lumotlarga ko‘ra, 2024-yilning birinchi choragida davlat byudjeti taqchilligi qariyb 20 trln.ni (19 trln 884,8) tashkil qildi.

2024-yil uchun davlat byudjeti haqidagi qonunga ko‘ra, byudjet daromadlari 270,4 trln so‘mni, xarajatlar esa 280,7 trln so‘mni, ya’ni 10 trln.lik taqchillikni tashkil etishi prognoz qilingan edi. Natija kutilmadan deyarli 10 trln.ga yomonroq.

Nuqtalarda navbatdagi tahliliy intervyu O‘zbekiston iqtisodiyotidagi ana shu murakkab vaziyatni bu borada jamiyatda mavjud oddiy savollar asosida tahlil qilish ustiga qurildi. Shuningdek, intervyu davomida elektr energiyasi va gaz uchun 1-maydan boshlab to'lov ta'riflari o'zgarishi, buning sabablari masalasini ham tahlil qildik.

Intervyu mehmoni iqtisodchi Jamshid Muslimov.





@vatandosh_tv
12.7K views16:32
Ochish/sharhlash
2024-04-19 18:32:34 #layfxak
Patentni MVD saytida tekshirayotganingizda pasport seriya raqamini ajratmay bir qatorga kiriting. Shunda patentingiz haqida aniq ma’lumot olasiz. Pasport ma'lumotlari kiritiladigan qator — Номер паспорта ИГ (ЛБГ) — deb nomalanadi.

Obuna bo‘ling
@migrantuz
13.1K viewsedited  15:32
Ochish/sharhlash
2024-04-19 18:02:25
#qotillik #Rossiya #Oʻzbekiston
O‘zbekiston fuqarosi 8-sinf o‘quvchini o‘ldirishga uringanlikda gumonlanmoqda

Moskvada 36 yoshli Ilyos 8-sinf o‘quvchisini derazadan tashlab yuborishga uringan. Erkak yomg‘irdan qochib ko‘pqavaili uy kirish qismiga (podyezd) yashiringan maktab o‘quvchilarini ta’qib qilgan.

Baza telegram kanalining xabar berishicha, 15-aprel kuni Petya maktabdan qaytayotib (ismi o‘zgartirilgan) sinfdoshlari bilan yomg‘ir tinishini kutish uchun podyezdga kirgan. Podyezdning uchinchi qavatida oyna oldida o‘tirishganida ularning oldiga noma’lum erkak keladi va bolalarning millatini, bu yerda nima qilishayotganini so‘raydi.

Erkak o‘zini mast yoki giyohvand modda ta’sirida bo‘lgandek tutadi. Bolalar unga ketishini aytishadi. Bu so‘zlardan keyin erkak Petyani bo‘ynidan ushlab, oynadan itarishga harakat qiladi. Qolgan sinfdoshlari qo‘rqib, qochib ketadi. Qo‘shnilar baqir-chaqir tufayli politsiya chaqiradi.

Petya esa erkakning changalidan qutilib, uyga boradi va otasiga bo‘lgan voqeani so‘zlab beradi. Otasi bilan birga politsiyaga murojaat qilgani Petyaning bo‘ynida zo‘ravonlik izlari topiladi.

Voqea joyiga yetib kelgan politsiya podyezd oldida 36 yoshli O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan Ilyosni uchratishadi. Erkak mast bo‘lib, o‘zini axloqsiz tutgan. Politsiya tekshiruv olib bormoqda.

Obuna bo‘ling
@migrantuz
13.1K views15:02
Ochish/sharhlash