Get Mystery Box with random crypto!

#patent #Rossiya Migrantlarga patent berilishi kechikayotga | Migrant.uz axborot-xizmat portali

#patent #Rossiya
Migrantlarga patent berilishi kechikayotgani kuzatilmoqda

Rossiya qonunchiligiga ko‘ra patent olish uchun arizalar 10 kunda ko‘rib chiqilishi kerak (ч.2 п.4 ст.13.3 ФЗ «О правовом положении иностранных граждан и лиц без гражданства в России»)

Biroq ayni vaqtda tayyor patentlarning berilish muddati cho‘zilib ketayotgani kuzatilmoqda.

Sankt-Peterburgdagi muhojir hamyurtlarimiz Migrant.uz muxbiriga tayyor, ya’ni chiqqan patentlarni ikki oydan buyon ololmayotgani haqida xabar berbshgan. Ular hali olinmagan patentga hatto to‘lov ham qilib borishayotganini ma’lum qilishdi.

Biroq muddati tugab borayotgan “registratsiya”ni uzaytirish patent ololmayotgan migrantlar uchun haqiqiy muammoga aylangan. Chunki migrantlar patent hali berilmagani uchun “registratsiya”ni uzaytirishga hech qanday asos yo‘q bo‘lgan sharoitga tushib qolgan. Migratsiya markazlarida esa ularni hech kim e’tiborga olmayapti.

Moskva shahri va Moskva viloyatida esa patent tayyorligi haqida sms kelganidan keyin patentni olish uchun “Saxarovo”ga borgan migrantlar qaytarib yuborilayotgani haqida xabarlar kelmoqda.

Hamyurtlarimizdan biri patent tayyorligi haqida kelgan sms xabardan so‘ng uch marta borib, patent ololmay qaytganini so‘zlab berdi. O‘zbekistonlik muhojirning so‘zlariga ko‘ra unga o‘xshab, tayyor patentni ololmayotgan migrantlar soni juda ko‘p.

Qonun nuqtai nazarida, bunday holatda Prokuratura idorasiga shikoyat qilish kerak. Chunki qonunda belgilangan patent berish muddati buzilmoqda. Shikoyatni Prokuraturaning veb-sayti orqali yozish mumkin. Ommaviy ravishda shikoyatlarning kela boshlashi ijobiy natija beradi.

Batafsil

Obuna bo‘ling
@migrantuz