Get Mystery Box with random crypto!

#migratsiya #Tojikiston Tojikiston hukumati o‘z fuqarolarini | Migrant.uz axborot-xizmat portali

#migratsiya #Tojikiston
Tojikiston hukumati o‘z fuqarolarini rossiyaga bormaslikka chaqirmoqda

Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi Rossiyaga hech qaysi transport turi bilan bormaslikni tavsiya qiladi, deyiladi Tojikistonning Tashqi ishlar vazirligi ma’lumotida. Bunday keskin tavsiyaga Tojikiston fuqarolari Rossiyada asossiz qiyinchiliklarga uchrayotgani sabab bo‘lgan.

22-mart kuni Moskva shahrida “Crocus City Hall”gi teraktdan so‘ng Tojikiston fuqarolari bosim ostida qoldi. Reydlarda aynan Tojikiston fuqarolari qattiq tekshirila boshladi. Rossiya jamiyatida tojikistonliklarga nisbatan yomon munosabat rivojlana boshladi. Maktablarda tojikistonlik bolalar tengdoshlari tomonidan tahqirlanib kelmoqda.

Qolaversa, Orenburgdagi Rossiya va Qozog‘iston chegarasida minglab tojikistonliklar sababsiz mamlakatga kiritilmasligi kuzatildi.

Batafsil

Obuna bo‘ling
@migrantuz