Get Mystery Box with random crypto!

utopia

Telegram kanalining logotibi meningcha — utopia U
Telegram kanalining logotibi meningcha — utopia
Kanal manzili: @meningcha
Toifalar: Iltimoslar , Ish
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 4.11K
Kanalning ta’rifi

muallifni lozim topsangiz kuting,
bir oylik ta'tilda)

Ratings & Reviews

1.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2022-08-09 19:21:01 bugun menda men istagan, izlagan kitoblarning ko‘p qismi bor. o‘qishda davom etyapman. bugun menda eng kitobxon do‘stlar bor, hammasi bir-biridan kitobxon, mutolaani sevishadi.

bugun menda shaxsiy kitoblarim, kitoblarimning esa pechati bor: «ism-familyam.ning shaxsiy kutubxonasi» deb yozilgan (shu o‘rinda rahmat aytib ketmoqchiman pechatni yasattirib sovg‘a qilgan insonimga! necha yillardan beri ishlataman, har safar ishlatganimda esa sizni eslayman...). shu paytgacha kimgaki kitob sovg‘a qilgan bo‘lsam kitobning birinchi va 17-betlariga albatta pechat bosilgan.

bugungacha men bir qancha yozuvchilar, tahrirchilar, muharrirlar bilan ko‘rishib-tanisha oldim... choylashdim, qahvalashdim, fikr almashdim, muhokama qildim. imzolangan kitob sovg‘alari oldim.

bugungacha toshkentdagi barcha nashriyot do‘konlariga, imkonim qadar ko‘plab kitob do‘konlariga va albatta kutubxonalarga borib ko‘rganman: muhit va sharoitni solishtirib ko‘rganman. yana nashriyotlarga rahmat aytib o‘tmoqchiman borsang iliq kutib olishadi, kitob sovg‘a qilishadi, fikringni so‘rashadi (hech esimdan chiqmaydi «hali o‘qib chiqmadim-ku» deb uyalsang, normal qabul qilishadi ham).

2015-yil bir videoda «kindle» degan narsani ko‘rib qolganman bitta qizning qo‘lida. bu nima ekan deb o‘ylab izlashga tushgandim, ungacha hech kimda ko‘rmaganman va eshitmaganman bunaqa e-book reader borligini. keyin bilgach men: «olaman! menda ham bo‘ladi shunaqasi!» deb, endi mana bir hafta bo‘ldi olganimga. o‘ylab qarasam, mana bugun menda shaxsiy «kindle» ham bor. okie, bu kim uchundir kichik narsadir lekin men uchun emas, men uchun emas! 2007-yil yaratilingan narsani 2015-yil ko‘rib olishni xohlab, 2022-yil olgan odam uchun bu oddiy narsa emas.

shu paytgacha o‘qigan kitoblarimni sanamaganman. bilganim kam o‘qiganman, yo‘q bu kamtarlik emas(!) haqiqatda kam ochiq aytaman buni. qancha o‘qisangiz tushunasiz qanchalik kam o‘qib kelganimizni. aytishga uyalib boshlar ekansiz, g‘alati hislar kelib boshlaydi. keyin, men hozir kitob tanlamayman va hammaning tanlovini o‘ta hurmat qilaman ularni muhokama qilmayman.

«mana shu kitobni o‘qing» deb hech kimni majburlamayman, kitob tavsiya qilmayman. istagimni (mumkin bo‘lsa) va biror kitob haqida fikrimni so‘rashsa aytishim mumkin.

kim o‘zarga kitob o‘qimayman, tezlikka ham o‘qimayman, majburlab o‘qimayman o‘zimni. qachon o‘qigim kelsa, xohish bo‘lganda o‘qiyman. chalg‘iyotganim sezsam yoki noqulaylik his qilsam shunchaki kitobni yopiq qo‘yaman, shu qadar uzayib ketganki oylab kitob o‘qigim kelmagan paytlar ham bo‘lgan hayotimda. keyin iziga tushib ketar ekan, o‘tkinchi hislar ekan buning bari.

nima uchun kitob o‘qishimni bilaman, nimaga kerak ekanligini ham bilaman, uzoqlashsam sayozlashib borayotganimni ham his qilaman. bularni tushunish uchun esa vaqt kerak bo‘lgan. hammasi oddiy va oson. vaqt.

keyin yana bir narsa, hozirgacha biror kitobdan biror «qahramon»ni sevib qololmaganman. odatda qizlarning birinchi muhabbati janob Darsi bo‘larkan «g‘urur va andisha»dan. hehee menda unday bo‘lmagan. lekin, boshqa qahramonlarni sevib qololmadimda qiziq-qiziq. yoki bog‘lanib qolishni xohlamaganman yoki «keyin hayotda ko‘p narsa kutib yuborishim, solishtirib qo‘yishim mumkin», deb o‘ylaganmanmi bilmasam.

lekin kitoblardan minnatdorman menga gapirishni o‘rgatgan, his qilishni ham. katta sabab shu deb o‘ylayman, ichimdagi hislarimni va gaplarimni odamlarga gapirganimda o‘zimga g‘alati tuyilmaydi, erish tuyilmaydi. yozgan narsamni so‘zda ham ayta olaman: «qanday bo‘lsam hayotda ham shundayman, borim shunday oddiy».

so‘nggida, kitoblar bilan nimani xohlagan bo‘lsam hammasiga birin-ketin erishyapman. bugungacha odamlarga kitob o‘qib berib kelganman, ammo o‘zim tinglamaganman. shu niyatni olib qo‘yganman baribir chekaga «o‘sha yuqorida aytganim sevimli odam kelsa, vaqti kelib albatta menga kitob o‘qib berishini istayman va jim eshitaman». bu oddiy biroq yoqimli niyatlardan bittasi.

sizlarni yaxshi ko‘raman yolg‘iz bo‘lib yolg‘iz emaslar, ovunchni va borliqni kitoblardan izlab, dardini mutolaaga to‘kkanlar. qadrlayman deb, sizlarning utopian.
9.3K views16:21
Ochish/sharhlash
2022-08-09 08:10:38 «xalqaro kitobsevarlar kuni» bilan!

bilaman biz boshqa davlatlarga nisbatan juda kam kitob o‘qiymiz. ko‘rsatkichlarimiz shu qadar kamki statiska bilan qaralganda, pastdan topamiz o‘zimizni. o‘sha pastki raqamlarda men ham borman, siz ham borsiz.

lekin, buni o‘ylab vaqt ketkizgandan shunchaki mutolaani boshlagan, 10 bet bo‘lsa ham nimadir o‘qib qo‘ygan afzal.

yoshligimda bir ustozim aytgan gapni sizlarga ham aytmoqchiman: «sen kitob sotib olasan, pul sarflab. senga kitob sovg‘a qilganda suyunasan. sening javoningdan o‘qilmagan kitoblaring bisyor. xonangga kirganda kitob varoqlarining hidi anqib turadi. sen vaqtida o‘qimaysan. ammo, sen kitoblarni yoqmaysan, axlatga tashlamaysan, «xojatxonada ishlatmaysan». har o‘qilmagan kitoblarni ko‘rganingda vijdoning qiynaladi. bitta ushlab: «shuncha kitobim bor o‘qishga qunt qilmayman» deb, o‘zingdan noliysan lekin to‘ymaysanda yana kitob olib kelasan uyga va qo‘shib qo‘yasan.

qaysi biri senda bor qizim?
qaysi hisni sen his qilib ko‘rgansan?

agar birortasi ko‘nglingdan o‘tgan bo‘lsa, demak hali ham kech emas. shunchaki kitobni ol va o‘qi. qiziqolmasang o‘zingni qiziqtirgan mavzuni topib o‘qi. xohlasang rasmli bo‘lsin, xohlasang ma'nosi bo‘lmasinu kitobning usti yoki ko‘rinishi chiroyli bo‘lsin. lekin o‘qi, o‘zingni shunday qilib aldab bo‘lsa-da to‘g‘ri kitoblarga... ma'noli kitoblarga yetib borguncha vaqt kerak. ungacha esa har qanaqa oddiy sabab yaratib berish kerak odam o‘ziga! o‘qi qizim, o‘qi!».

taxminan shunaqa gap eshitgan edim men. mana qarang, haligacha esimda, men shu yo‘lni bosib o‘tganman haqiqatda. rasmi uchun olganman ba'zi kitoblarni, ba'zilarini nomi uchun, ba'zilarini esa shunchaki nomi uchun.

sizning ruhingizga mos kerakli kitoblarni topib olguncha, ba'zan keraksiz yo‘ldan yurishga to‘g‘ri kelarkan... keraksiz kitoblarni o‘qib ko‘rishga...

imkoningiz bo‘lsa, bugun o‘zingizga biror kitob sovg‘a qiling mening nomimdan. imkoningiz bo‘lsa biror hikoya o‘qib bering o‘zingizga mening nomimdan. tanlash imkonini menga bersangiz, har bir uyda har bir odam «kichkina shahzoda»ni olib o‘qishini, aynan o‘sha kitob har bitta ulg‘aygan «kichkina» siz-u bizda bo‘lishini juda istar edim.

mazza qilib, xotirjam, hech narsaga chalg‘imasdan kitob o‘qishingiz uchun bir «maskan», shaxsiy kitoblar va albatta muhokama qilishingiz uchun yoningizda sevimli inson tilab, sizlarning utopian. #mood
7.9K views05:10
Ochish/sharhlash
2022-08-08 17:19:01 kel, baxtli bo‘lamiz qanoat bilan.
6.8K views14:19
Ochish/sharhlash
2022-08-07 19:21:01 ko‘ngling og‘riganda ayt unga.
7.0K views16:21
Ochish/sharhlash
2022-08-06 20:22:01 men baxtliman.
endi, kindle bor menda. #mood
7.4K views17:22
Ochish/sharhlash
2022-08-05 19:21:01 ey, xudo! o‘ldirsang meni muhabbat bilan o‘ldirgin-u... odamlarga, insoniyatga mehr-muhabbatim yo‘qolmay o‘layin.
8.6K views16:21
Ochish/sharhlash
2022-08-04 13:15:09 salom, sirdaryo!
9.5K views10:15
Ochish/sharhlash