Get Mystery Box with random crypto!

«xalqaro kitobsevarlar kuni» bilan! bilaman biz boshqa davlat | utopia

«xalqaro kitobsevarlar kuni» bilan!

bilaman biz boshqa davlatlarga nisbatan juda kam kitob o‘qiymiz. ko‘rsatkichlarimiz shu qadar kamki statiska bilan qaralganda, pastdan topamiz o‘zimizni. o‘sha pastki raqamlarda men ham borman, siz ham borsiz.

lekin, buni o‘ylab vaqt ketkizgandan shunchaki mutolaani boshlagan, 10 bet bo‘lsa ham nimadir o‘qib qo‘ygan afzal.

yoshligimda bir ustozim aytgan gapni sizlarga ham aytmoqchiman: «sen kitob sotib olasan, pul sarflab. senga kitob sovg‘a qilganda suyunasan. sening javoningdan o‘qilmagan kitoblaring bisyor. xonangga kirganda kitob varoqlarining hidi anqib turadi. sen vaqtida o‘qimaysan. ammo, sen kitoblarni yoqmaysan, axlatga tashlamaysan, «xojatxonada ishlatmaysan». har o‘qilmagan kitoblarni ko‘rganingda vijdoning qiynaladi. bitta ushlab: «shuncha kitobim bor o‘qishga qunt qilmayman» deb, o‘zingdan noliysan lekin to‘ymaysanda yana kitob olib kelasan uyga va qo‘shib qo‘yasan.

qaysi biri senda bor qizim?
qaysi hisni sen his qilib ko‘rgansan?

agar birortasi ko‘nglingdan o‘tgan bo‘lsa, demak hali ham kech emas. shunchaki kitobni ol va o‘qi. qiziqolmasang o‘zingni qiziqtirgan mavzuni topib o‘qi. xohlasang rasmli bo‘lsin, xohlasang ma'nosi bo‘lmasinu kitobning usti yoki ko‘rinishi chiroyli bo‘lsin. lekin o‘qi, o‘zingni shunday qilib aldab bo‘lsa-da to‘g‘ri kitoblarga... ma'noli kitoblarga yetib borguncha vaqt kerak. ungacha esa har qanaqa oddiy sabab yaratib berish kerak odam o‘ziga! o‘qi qizim, o‘qi!».

taxminan shunaqa gap eshitgan edim men. mana qarang, haligacha esimda, men shu yo‘lni bosib o‘tganman haqiqatda. rasmi uchun olganman ba'zi kitoblarni, ba'zilarini nomi uchun, ba'zilarini esa shunchaki nomi uchun.

sizning ruhingizga mos kerakli kitoblarni topib olguncha, ba'zan keraksiz yo‘ldan yurishga to‘g‘ri kelarkan... keraksiz kitoblarni o‘qib ko‘rishga...

imkoningiz bo‘lsa, bugun o‘zingizga biror kitob sovg‘a qiling mening nomimdan. imkoningiz bo‘lsa biror hikoya o‘qib bering o‘zingizga mening nomimdan. tanlash imkonini menga bersangiz, har bir uyda har bir odam «kichkina shahzoda»ni olib o‘qishini, aynan o‘sha kitob har bitta ulg‘aygan «kichkina» siz-u bizda bo‘lishini juda istar edim.

mazza qilib, xotirjam, hech narsaga chalg‘imasdan kitob o‘qishingiz uchun bir «maskan», shaxsiy kitoblar va albatta muhokama qilishingiz uchun yoningizda sevimli inson tilab, sizlarning utopian. #mood