Get Mystery Box with random crypto!

utopia

Telegram kanalining logotibi meningcha — utopia U
Telegram kanalining logotibi meningcha — utopia
Kanal manzili: @meningcha
Toifalar: Iltimoslar , Ish
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 4.11K
Kanalning ta’rifi

muallifni lozim topsangiz kuting,
bir oylik ta'tilda)

Ratings & Reviews

1.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 3

2021-02-02 02:04:01 Ey dil, qay holda bo'lmagil rizo birla bo'l.
1.8K views23:04
Ochish/sharhlash
2021-02-01 23:01:01 Iltimos, boshqalarning qarorini va javobini xafa bo'lib emas, shunchaki chiroyli qarshilasangiz!
2.0K views20:01
Ochish/sharhlash
2021-02-01 22:00:05 Mehr berish uchun tanish shart emas.
2.1K views19:00
Ochish/sharhlash
2021-02-01 19:21:01
2.6K views16:21
Ochish/sharhlash
2021-02-01 18:20:05
2.8K views15:20
Ochish/sharhlash
2021-02-01 16:18:01 Avvalo, o'z hayotingiz markazida yashang, boshqalarning hayoti atrofida emas!

Inson zotiga ko'p narsa kerak emas aslida. Siz bermasangizda, hayotdan oladigani ham yetarligina va eng zaruri: havo, suv, tiriklik. Ochiqsa ovqatlanadigan, yupun bo'lsa, o'ranadigan ongni ham shu bizni o'rab turgan borliqdan olgan. Shu sababli, insonlarga biror narsa berish shart emas! Avval o'zingizga bering — o'zingizni seving!

Men bu bilan, boshqalar hayotiga o'ralashmang demoqchi emasman yo'q (!). Demoqchimanki, oldin Siz istagan hayotda bir o'zingiz yashab ko'ring. O'sha hayot, yashashga arziydimi? Mamnunmisiz o'zingizdan? Agar javobingiz yo'q bo'lsa, uni kengaytiring. Bitta hayotingizni emas yuragingizni kengaytiring! Men bugun bir qiz bilan gaplashdim, hayotda yuzma-yuz. Bir narsaga tan berdimki, shu qiz Toshkentga o'qishga kelib, hatto, shunday vaziyatga to'g'ri kelgan ekanlarki, universitet qorovulxonasida tunashiga majbur bo'libdi... Menga bularni gapirayotganda, Meni ichimda qaysidir tomirlarim uzilib ketdi joyidan. Bilmadim, ularning yuragida o'sha payt uzilmagan tomir qoldimikan?! Qarang, taqdir bunchalar ayovsiz ezib tashlamasa... Men hayotda har qanday daxshatli narsalar sodir bo'lishiga ishongan bo'lsam, inson irodasi (ayol irodasi) shunchalar ihotalanganiga, yana bir bor to'liq ishonch hosil qildim!

Peshonaga yozilgan taqdirdan, bilaman hech kim qochib qutila olmaydi. Biroq, biz hayotga bir bor kelamiz! Aynan men, ota-onamning hozirgi Madina qizlari bo'lib, bu kurrai zaminga bir bor kelyapman. Bu borliqni o'z ko'zlarim bilan bir bora ko'ryapman. Hayot nafasini, odamiylik omilini hozir his qilyapman! Ertamni qayerdan ham bilar edim? Yashashni istayman! Men axtargan borliqdan, shunchaki o'chib ketgim yo'q! Men o'zim uchun yashayapman. Kimdir men uchun yashashga kelmagan. Bu hayotda o'zim uchun Men nafas olyapman ekan, demak, nafasimning har qanday og'ir badalini ham o'zim to'layman! Kutmang hech kimdan hech narsa. Nega biz, insonlardan nimadir kutishdan oldin, o'ylab ko'rmayapmiz: biz o'zimizdan, o'zimiz kutgan narsani olyapmizmi? O'zimizga o'zimizni keraklicha beryapmizmi?'. Agar ha shunday desangiz, qattiq yanglishdingiz! Menimcha, inson o'ziga-o'zini to'liq bersa, boshqalardan nimadir kutish haqida, hayolining bir burchiga ham keltirib o'tirmasdi. Yo'q, afsuski biz unday emasmizda.

Aslida, Sizlarda va Menda birorta tashvish yo'q (dod-voy soladigan). Shunday tashvishli odamlar, yuragi urib turgani uchun shukrda... Avval o'zingizda bo'lsa, keyin uni boshqalardan topa olasiz. Hali o'zingizda yo'q, boshqalarda borini qanday payqaysiz?! Birinchi, o'zimizdagi Men'ni shakllantiraylik, o'zimizni ozuqalantiraylik. Qanday ozuqalantiraman? Osonda gapirishga qabilidagi fikrlar chiqishi mumkindir, balkim. Ha oson! Judalar oson! Tegrangizning kengligini ko'rmoqchimisiz? Unda yuragingizni keng qiling. Yurakning kengligi, dengiz-u samolardan ham keng! O'sha kenglikda suzib ko'ring, o'sha kenglikda uchib ko'ring!

Osmonimiz o'ngdan-chapga qarab harakatlansa ham, chapdan o'ngga qarab harakatlansa ham, uni bir muvozanatda saqlab turish, faqat o'zimizning qo'limizda, shundoqqina osmonga qarab turgan kaftlarimizda! Baxt ijtimoiy tarmoq xizmat sahifalarida emas, balki chaqnab turgan ko'zlarda bo'lsin. Sodiqlik quruq va'dalarda emas, harakatda bo'lsin. Xushmuomalalik so'zda emas, amalda bo'lishi kerak. Do'stlik qo'llab-quvvatlashda bo'lsin, shunchaki xursandchilikda emas! Mehr uzoq muloqotlarda emas, yurakda bo'lsin! O'ylashimcha, insoniylik tomirlarimizda mavj urib oqayotgan qip-qizil qonlarimizda. Shunchaki, payqamayapmiz.

Siz o'zingizni topgan kuningizoq, boshqalarni ham topasiz! Boshqa tirik yuraklarni ham ko'rasiz! O'sha kundan boshlab, faqat qaldirg'och emas, qarg'a tovushini ham yoqib boshlaydi. O'sha kundan boshqa oq va qorani birdek ko'rasiz! Daraxtlarning shivirlashini, yerga birma-bir to'kilayotgan xazonlarni payqab boshlaysiz! O'sha kundan boshlab, mana bu chap tarafdagi turgan jajji qizillik, nima xohlayotganini o'zingizga ochiq-a'yon aytib boshlaydi!

Yo'qlikdan o'zlikni topish safarida, Sizlar bilan Sizlarning Utopian'!
2.9K views13:18
Ochish/sharhlash
2021-02-01 04:06:01
12.3K views01:06
Ochish/sharhlash
2021-01-31 23:01:01
3.2K views20:01
Ochish/sharhlash
2021-01-31 18:20:04 E'tibor. E'tibor. E'tibor.
3.4K views15:20
Ochish/sharhlash
2021-01-31 17:19:01 Yo'q, shunchaki ho'p de, Seni-da himoya qilishsin.
3.5K views14:19
Ochish/sharhlash