Get Mystery Box with random crypto!

Medical Clinic course ©

Telegram kanalining logotibi medicalumdcourse — Medical Clinic course © M
Telegram kanalining logotibi medicalumdcourse — Medical Clinic course ©
Kanal manzili: @medicalumdcourse
Toifalar: Sogʻlom
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 1.10K
Kanalning ta’rifi

ADTI. Medical UMD (clinic) course darslari, diniy-ilmiy haqiqatlar, motivatsiya va tavsiyalar. Biz bilan rivojlaning!

Ratings & Reviews

4.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 3

2022-08-27 19:52:26 Davomi.

* * *
Latofat opa bilan bir bemorni davoladik. Juda qiyin holat. Bemor 30 yoshli qiz, jigar sirrozi, assit, yuragida parok ham bor. Juda ozib ketgan. Yo assitni yo‘qotib bo‘lmaydi, yo parokni operatsiya qilishga ruhsat yo‘q.

* * *
Endokrinolog ustozimiz bilan bir bemor ko‘rdik. U eko tug‘ruqni tanlagan va davolanayotgan edi. Qizig‘i shundaki u eri bilan yashamas ekan.

* * *
Ustozim Sarvinoz opa kardio revmatolog bo‘lganliklari uchun ko‘p bemorlari revmatizm, poliartritdan og‘riydigan bemorlar. "Ustoz bemorlaringizga achinib siqilib qolmaysizmi", dedim. Ustoz: bunaqa holatga tushib turaman, dedilar. Ko‘ngli toza shifokorlar shunday bo‘lsa kerak a?

* * *
Asosiy praktikani Gemotologiyada qilardim. Afsus klinika remont qilinadigan bo‘lib, praktika ham to‘xtadi. Men uchun qimmatga tushdi bu ta'mir. Tag‘in bilmadim...

* * *
Gemotologiyada. Bir kuni darsdan so‘ng bemor ko‘rgani kirdim. Palatada bir hola oh-voh qilaverib sheriklarini bezor qilgan ekan. Holani qon bosimi oshib ketibdi ekan, hamshiralar hech tomiriga tusholmasdi. Tomirlari ingichka ekan. Hola esa ukoldan zerikkanini aytib injiqlik qilardi. Rostda, bechorani qo‘llari ko‘karib ketibdi.

Shu payt koridorda baqir-chaqir bo‘lib ketti, buyog‘da hola voy-voylayapti, koridorda bitta mast " onam qani " deb, og‘zidan bodi kirib, shodi chiqib baqiryapti. Bo‘lim boshlig‘i chiqib tinchlantirmoqchi bo‘ldi, mast bo‘lim boshlig‘iniyam haqorat qildi shekilli Aziz aka halegi mastga tashlanib qoldiyu. Zo‘rg‘a halegi mastni chiqarib yuborishdi. Bir oz o‘tib gvardiyachilar keldi.

Buyog‘da bemorimizga ukol ham qilib oldik. Hamshira holam esa, bemorlarni kuldirib raqs tushib berdilar. Juda qizig‘ holat bo‘lganidi...

* * *
Gastroenterolog ustozimga 30 yoshli kelin opani olib kelishdi. Bechora bolalik bo‘lmayotgan ekan, qaynonasi vaginaga achchiq tosh qo‘yib yurishga va achchiq toshni eritib har kuni ertalab ichishga buyuribdi. Kelin bir oyda 10 kg ga ozib ketibdi. "Rahmat shunaqa dono qaynonalarga". Juda tibbiy madaniyatimiz balandda bizni

* * *
Oblastnoyga НЦД juda ko‘p kelar ekan. Zerikib ketasan ekan. Bittasini vohimani uyasini qilib olib kelishdi. Vrach bemorga birinchi yordam ko‘rsatib boshqa tinchroq honaga kiritib qo‘ydi. Birozdan keyin bemorni ayasi koridorda shunaqa baqirdi... Yuragim shuv etib ketti. "Проститутки, болам ўляпти, қараларинг...". Bemordan ham oilasidagilar vahima qilib yuborar ekan.
415 viewsМуслимбек Эсоналиев, edited  16:52
Ochish/sharhlash
2022-08-26 20:11:42 Birinchi marat ustozim Mahbuba opa bilan jigar sirroziga uchragan bemorni o‘rgandim, birinchi marta aortal anevrizmasi bor bemorni ko‘rdim, birinchi marta ustozim kardioxirurg Muhammadjon aka bilan yurak parogi operatsiyasida qatnashdim, birinchi marta ustoz Sarvinoz opa bilan poliartrit ni o‘rgandim, birinchi marta ustoz Latofat opa bilan juda kam uchraydigan kardiomiopatiya turini ko‘rdik. Bu birinchi martalardan yana nechtasini yozsa bo‘ladi a?!

* * *

Gastroentrologiyada amaliyot qilyapman. Qabulimizda bir xola quyuq so‘rashgandan keyin, o‘g‘lim "halegindaqa'' videolardan ko‘rgan ekan boshi og‘riyapti, nima qilsin deb gastroentrologdan so‘rayapti. Do‘xtr hayron, nevropatologga chiqarib yubordi...

* * *

Ustoz reanimatsiyaga kirib kechagi peritonit bilan operatsiya bo‘lgan bemordan xabar olib chiqing dedilar. Bu bemorning diabet 2-tipi ham bor bo‘lib, diabetik to‘piq sindromi, bir oyoq boldirdan apmutatsiya qilingan edi. Kirib "xola yaxshimisiz", dedim. Xola esa boshini yo‘q degandek qilib silkitib qo‘ydi. Ichim uzilib ketay dedi.
Xolaning ahvoli og‘ir edi, ertansi kuni vafot etdi...

* * *

Oblastnoydamiz. Shoshilinch. Bir xolani jichcha nevrozchasi bor ekan. O‘zim qon bosimini o‘lchab, gaplashib, ertaga nevropatolog bilan endokrinologga uchrang deb jo‘natvordim. Ha o‘zi aytib qoldi gipoteriozim bor, bir necha oydan beri dori ichmayapman deb...

* * *
Bir opa hayotini gapirib berdi. Bundan 7 yil avval 3-etaj balkondan yiqilib, belidan qattiq jaroxat olgan, natijada ikkala oyoqlarda sezgi va harakat yo‘qolgan, eri ko‘p o‘tmay boshqaga uylangan edi. Opa bilan din haqida biroz gaplashdim, tariqatga qiziqar ekanlar. Gapdan gap chiqib, birorta savobmand odam uchrasa turmushga chiqishini aytdi...

* * *

FTEK haqida gapirmay qo‘yaveray

* * *

Oblastnoydamiz. Chamasi 80 yoshli kampirni uchirtirib reanimatsiyaga olib kirib ketildi. Men ham kirdim. Nafas va ko‘krak mashqi, nafas va ko‘krak mashqi. Bo‘lmadi. Defibiriliyatorni ishlatishdi, ko‘o‘p urinishdi, bo‘lmadi... Xolaning o‘g‘liga "aka qo‘ldan kelganini qildik, Allohdan, qulog‘lariga kalima ayting" deyishdi...

* * *

Gastroentrolog ustozim meni haydab yubordi.
Yo‘q. Yomonlik qilmadim, kasal ham juda ko‘p, ustoz Qo‘qonda birinchi raqamli gastroenterolog. "Siz mendan o‘rgana olmeysiz, ko‘ryapsiz kasallar bir xil. Siz ekstrenniyga boring",- deyishdi.

* * *

Farg‘onadagi shifoxonada. Koridorning televizor ko‘radigan joyida ikki tarafga ham yumshoq kreslo qo‘yilgan, o‘rtada yo‘l. 3 ta yosh bemor qizlar o‘tirib olgan. O‘tib ketmoqchi bo‘lib borsam menga shunaqa tikilishdiki, orqaga qaytib kettim. Ular pichirlashib kulishdi. Chiroyliroq yigit bo‘lsam ham boshqa gap. Majbur orqa tarafdagi eshikdan chiqib kettim... Eh, yomon qizlaree.

(Davomi bor)
482 viewsМуслимбек Эсоналиев, edited  17:11
Ochish/sharhlash
2022-08-26 19:22:51 Assalomu alaykum, do‘stlar shu kungacha men amaliyotimda guvohi bo‘lgan ba'zi voqealar haqida yozmoqchiman.

Agar bularga o‘xshash holatlar sizda ham bo‘lgan ersa, komment qismida yozishingiz mumkin. Bu barchamizga yangi o‘quv yili oldidan motiv bo‘lishi mumkin va qiziq bo‘lsa ham kerak.
458 viewsМуслимбек Эсоналиев, edited  16:22
Ochish/sharhlash
2022-08-25 08:17:01 ADTI talabalariga diqqatiga!
Barcha leveldagi ingliz tili kurslari taklif qilamiz.

Darslar sentabrdan boshlanadi.
Ro'yhatdan o'tish 25 avgustdan boshlanadi.


Yuqori kurs talabalariga (magistratura uchun) ,,Rapid " kurslar mavjud ( davomiyligi 9-10 oy)

Manzil: ADTI asosiy binosi
Mo'ljal: Klinika qarshisida

Teacherlar :
Khadirov Azamjon (IELTS 7.0)
Sotvoldiev Odilkhan (IELTS 7.0)

Ma'lumot uchun

@team7_ielts

Bog'lanish uchun:
@Odilkhan_fox
@AlRazes

Tel:+998934175515
Tel:
+998999072811
408 viewsМуслимбек Эсоналиев, 05:17
Ochish/sharhlash
2022-08-24 18:44:39 Musulmon aldamaydi, barakAlloh
614 viewsМуслимбек Эсоналиев, 15:44
Ochish/sharhlash
2022-08-24 18:44:39
"Bavariya" klubi "Boxum" ustidan yirik hisobdagi g'alaba qozonayotganda, Mane beixtiyor qo'li bilan gol urdi, biroq u buni qabul qilishni istamadi va yon hakamga qarab qo'llarini ko'rsatgan holda, ko'z qisib qoydi. Keyin esa gol bekor qilindi.

@stadium_live
617 viewsМуслимбек Эсоналиев, 15:44
Ochish/sharhlash
2022-08-21 20:43:43
#ophtalmology

Nega odam kechqurun uxlaydi va erta tongda uyqudan uyg'onadi , shuning teskarisi bo'lishi ham mumkinku . Bunday bo'lmasligiga sabab organizmdagi circadian rhythm borligida . Tibbiyot nuqtai nazaridan olib qarasak to'rpardaga yorug'likning tushish ta'siri optik nerv orqali harakatlanib suprachiasmatic nucleusga boradi va shu yadro orqali organizmning kunning qaysi qismi ekanligiga asosan nerv va gumoral tomondan boshqarilishiga asos bo'ladi.

Umidjon Mukarramov
859 viewsМуслимбек Эсоналиев, 17:43
Ochish/sharhlash
2022-08-21 20:40:39 "O‘tkir qorin" sindromi.
Ruscha zo‘r yozilgan prezentatsiya.

Join us: @medicalUMDcourse
652 viewsМуслимбек Эсоналиев, 17:40
Ochish/sharhlash
2022-08-21 16:16:46
#ADTI_Ziyolilari

Ba'zi insonlar bo‘ladi og‘zidan faqat yaxshi gaplarni eshitasiz, faqat pozitiv tomonda bo‘ladi. Akam shunaqa insonlar. Alloh rozi bo‘lsin.
805 viewsМуслимбек Эсоналиев, edited  13:16
Ochish/sharhlash
2022-08-21 14:48:51
Ko'zlar uchun gimnastikani bajaramiz:

Har kuni smartfon va noutbuklar ekranlari orqali biz shunchalik ko'p ma'lumot olamizki, kun oxiriga kelib charchagan, quruq ko'zlar ko‘pchiligimzni qiynaydi.

Yaxshiyamki, buni yaxshilash mumkin. Biz siz bilan ko‘zdagi qiyinchilik va noqulaylikni bartaraf etish kafolatlangan oddiy mashqni baham ko'ramiz:

* Oʻtirgan holatda 3-5 soniya davomida koʻzingizni mahkam yuming, soʻngra bir vaqtning oʻzida koʻzingizni oching, buni 6-8 marta takrorlang.

Ushbu mashqlar ko'z qovoqlarining mushaklarini kuchaytiradi, ko'zlardagi qon aylanishini yaxshilaydi va mushaklarini bo'shashtiradi.

* Shuningdek, oʻtirib ko‘zni tez miltillatishni boshlang va buni 1-2 daqiqa davomida bajaring - bu ham qon aylanishini yaxshilaydi.

* Qorachiqlarni tepaga- pastga, o‘ngga- chapga, qirg‘oqlarga qarating, buni ham 1-2 daqiqa davom ettiring.

* Qorachiqlarni o‘rtaga yo‘naltiring.

* Soat sterlasi bo‘ylab aylantiring.

* * * KO‘ZINGIZNI ASRANG! * * *

Manba: @medical_secrecy
583 viewsМуслимбек Эсоналиев, 11:48
Ochish/sharhlash