Get Mystery Box with random crypto!

Medical Clinic course ©

Telegram kanalining logotibi medicalumdcourse — Medical Clinic course © M
Telegram kanalining logotibi medicalumdcourse — Medical Clinic course ©
Kanal manzili: @medicalumdcourse
Toifalar: Sogʻlom
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 1.10K
Kanalning ta’rifi

ADTI. Medical UMD (clinic) course darslari, diniy-ilmiy haqiqatlar, motivatsiya va tavsiyalar. Biz bilan rivojlaning!

Ratings & Reviews

4.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-08-30 19:40:19
Siz uchun qanday mavzular qiziq?
Anonymous Poll
46%
Farmakologiya
33%
Biokimyo
57%
Patologiya
28%
Fiziologiya
45%
Terapiya
112 voters192 viewsDr.Zokhidova, 16:40
Ochish/sharhlash
2022-08-30 19:33:13
Kanalni qaysi kurs talabalari kuzatmoqda?
Anonymous Poll
0%
1
5%
2
28%
3
30%
4
20%
5
7%
6
10%
Boshqa
122 voters200 viewsDr.Zokhidova, 16:33
Ochish/sharhlash
2022-08-30 19:09:19
Statistika:

Kanallarimizni qaysi OTM talabalari kuzatmoqdalar?
Anonymous Poll
16%
Toshkent tibbiyot akademiyasi
5%
Toshkent tibbiyot akademiyasi filiallari (TTA UF / TTA TF)
1%
Toshkent farmatsevtika instituti / Toshkent davlat stomatologiya instituti
7%
Toshkent pediatriya tibbiyot instituti
54%
Andijon davlat tibbiyot instituti
3%
Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti
7%
Samarqand davlat tibbiyot universiteti
4%
Buxoro davlat tibbiyot instituti
0%
Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti
2%
Davlat universitetlarining tibbiyot fakultetlari
147 voters229 viewsDr.Zokhidova, 16:09
Ochish/sharhlash
2022-08-30 19:08:10
Muvaffaqiyat

Kunlarning birida qurbaqalarning toʼdasidan ikki qurbaqa chuqurlikka tushib ketibdi. Barcha qurbaqalar chuqurlik tepasida jamlanib olib - «Boʼldi endi, shu yerda oʼlib ketasizlar.. hadib sakrayverishdan foyda yoʼq" der edilar. Uzoqqa bormay, ikki qurbaqaning biri qoʼrquv va qattiq tushkunlik oqibatida nobud boʼldi. Ikkinchi qurbaqa esa, tinmay sakrashda davom etar edi. Har safar sakraganda, ilgargisidan balandroq sakrar edi. Аmmo, yuqoridagi qurbaqalar hamon : "Boʼldi qil endi.! Foydasi yoʼq" deyaverar edilar. Koʼp oʼtmay, boyagi qurbaqa chuqurdan chiqishga muvaffaq boʼldi. Tepadagi qurbaqalar qattiq taajjubda edilar. Soʼng undan soʼrashdi: "Qanday buni uddalay olding ?!" U jim turardi. Keyin bilsalar, uning quloqlari eshitmas ekan. Har safar uni sakrashdan qaytarganlarida, qoʼllab-quvvatlamoqdalar deb oʼylab, bu mushkul ishni uddasidan chiqqan ekan.

«Balki, eng zoʼri boʼlishingizga insonlarning Siz haqingizdagi gaplari toʼsqinlik qilayotgandir?»
221 viewsDr.Zokhidova, 16:08
Ochish/sharhlash
2022-08-29 14:23:37 Assalomu alaykum doʻstlar. Tibbiyot kundaligining yangi dozasini qarshi oling.

Koʻpchilik tibbiyot talabalari chet tilini qachon oʻrganishni boshlash kerak degan savol oldida biroz ikkilanib qolishadi va odatda bu jarayonni keyinga surishadi. Videoda men aynan shu boradagi oʻz tajribamga oid samarali va foydali maʼlumotlarni berib oʻtishga harakat qildim.

Video sizga maʼqul boʻlsa, uni doʻstlaringiz bilan boʻlishishni unutmang.

@bizning_tibbiyotkundaligi



322 viewsМуслимбек Эсоналиев, 11:23
Ochish/sharhlash
2022-08-29 10:16:38
Yuqori qon bosimi analoglari - nifedipin

Nifedipin ta'sirida hujayralarda kaltsiy kamayadi va bu qon tomirlarining kengayishiga olib keladi.

Bundan tashqari, preparatning ta'siri 24 soat davom etadi, shuning uchun shifokorlar uni kuniga bir marta qabul qilishni tavsiya etadilar.
351 viewsМуслимбек Эсоналиев, edited  07:16
Ochish/sharhlash
2022-08-28 21:07:19
391 viewsМуслимбек Эсоналиев, 18:07
Ochish/sharhlash
2022-08-28 21:07:00
392 viewsМуслимбек Эсоналиев, 18:07
Ochish/sharhlash
2022-08-27 21:20:45 @namozvaqtiuz_bot

Bu bot juda yaxshi ishlar ekan. Osongina, o‘zingiz yashaydigan mintaqaning kunlik namoz vaqtlarini har kuni bilib olasiz.
420 viewsМуслимбек Эсоналиев, edited  18:20
Ochish/sharhlash
2022-08-27 20:29:24 * * *
Latofat opa bilan urologiyadagi bemorlarni ko‘rgani kirardik. Bitta opa chamasi yoshi 34 larda yig‘lab o‘tirardi. Buyrakda kistlari bor ekan, hajmi kattagina. Ustoz zo‘rg‘a yupatib, motivatsiya o‘laroq yaxshi gaplarni aytib, tuzalishiga umid berdilar. Psixolog ham bo‘lish kere ekan do‘xtr.

* * *
Yana urologiyadamiz. Bir bemorni ko‘rgani kirdik. Chamasi 48-50 yosh atrofida. Qon bosimini o‘lchayapmiz puls yo‘q. Bemorning ko‘zi olazarak, o‘lib qolaman, o‘lib qolaman deydi. Darrov reanimatolog chaqirtirdik. Reanimatolog reanimatsiyaga oldimi yo‘qmi bilmiman, lekin uyiga javob berilgan ekan. Olamdan o‘tibdi, bachadonda katta havfli o‘smasi bor ekan.

* * *
Bizni genetikadan bo‘lim boshlig‘i nevropatolog Dilnoza opa o‘qitganlar. Bitta firmachi yigit opaga krem tavsiya qilyapti: opa iltimos shuni bemorlarizga yozing, deb. Ustoz kulyaptilar: axir bu kremizi nerv o‘tkazuvchanligiga umuman ta'siri yo‘qku, yo terini shuncha qavatidan singib o‘tib nervga yetib borishiga o‘ziz ham ishonmeysizku, deyaptilar.

* * *
Qo‘qonda Temiryo‘lchilar shifoxonasida Nodiraxon degan zo‘r nevropatolog borlar. Bir muddat shogird bo‘lib yurganman.
Bir kuni ishemik insult o‘tkazgan bemorning MRT sini ko‘rsatdilar, holati og‘irroq, miyyaning kattagina sohasida edi. O‘zini ko‘rib chiqing dedilar. Kirib bemorni savol-javob qilaveribman, o‘zi zo‘rg‘a imo ishora bilan gapirayotgan ekan, qo‘li bilan bo‘ldi-bo‘ldi deb yubordi.

* * *
Birichi kurs amaliyotida. Hamshira bir opaga sistema uladi va tugasa pirasetamni sistemani rezinasidan jo‘natib qo‘yavering deb chiqib ketti. Sistemani flakonida dori tugadi, shprisni sistema rezinasiga ulayapman deb bosaveriban, opa voy qo‘lim deb yubordi, igna uyog‘idan teshib chiqibdi... Tugadi.
Yana bir kuni sistemaning flakoniga ampuladagi dorini shprisga tortib qo‘shayotgandim, shpris ignasi yaxshi qotmagan ekan yuzimga, xalatimga sachrab kettiyu. Qimmatroq dori ekan... Tugadi

Amaliyot baribir yaxshi, inshaAlloh bu yil Umida opa degan gepatologiyadagi ustozimizga shogird bo‘lib yurishni niyyat qilganman. Umida opani menga ilgargi ustozlar tavsiya qilishdi. Haqiqatta Umidaxon ustoz 2 marta leksiya o‘tgan bo‘lsalar ham, leksiyalari o‘ta zo‘r bo‘lgan. Deyarli hamma tushungan.
Ustoz yaxshi terapevtlar. Tavsiya qilaman.

Bu yuqorida yozgan narsalarim esimda qolganlari, Hudo hohlasa bundan ham qiziq kunlar bizni kutib turibdi. Faqat nazariyani ham, ingliz tilini ham tashab qo‘ymay, hammasiga ulgurish kere. Tibbiyotdan ko‘ngil sovib qolmasin. Bizni kasb halollikni, o‘z ustida ishlashni talab qilarkan. Muhimi to‘xtab qolmasak bo‘ldi. Barchaga Alloh madadkor bo‘lsin.Yangi o‘quv yilida hammangizga Allohdan omad va zafarlar, manfaatli ilm tilayman.
427 viewsМуслимбек Эсоналиев, edited  17:29
Ochish/sharhlash